Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok mamlakatga ko‘proq migrantlarni jalb qilishga chaqirdi. Bu haqda Brussels signal xabar berdi.
-PlNufpuu.avif)
Vazir mamlakatda tug‘ilish darajasining pastligi bo‘shlig‘ini to‘ldirish uchun muhojirlarga ehtiyoj borligini aytdi. U Suriyaning Damashq shahridagi Germaniya elchixonasining qayta ochilishida shunday fikr bildirdi.
Germaniya tug‘ilish darajasi unchalik yuqori bo‘lmagan mamlakat, shuning uchun bizga migrantlar kerak, aks holda kelajakda mamlakatimiz faoliyat ko‘rsata olmaydi.
Bizga nemis tilida muloqot qila oladigan odamlar ham kerak. Afsuski, bu dunyodagi eng oson til emas. Shu sababli butun dunyo bo‘ylab nemis maktablari va nemis universitetlarini tashkil etishga qiziqish bildiramiz, dedi Berbok.
U 2025/26-yilda BMT Bosh assambleyasi prezidenti lavozimini egallashi kutilmoqda. Berbok bu lavozimga dastlab nomzod sifatida ko‘rilgan tajribali diplomat Xelga Shmidni chetlab, o‘z nomzodini ilgari surgan. Ba’zilar bu harakatni qoralagan.
Bu Berbokning qisqa vaqt ichida Suriyaga ikkinchi marta rasmiy tashrif buyurishi hisoblanadi. 2025-yilning yanvar oyida u tashrifi ortidan tanqidga uchragan edi. Bunga Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara’a Fransiya tashqi ishlar vazirining qo‘lini siqmay ko‘rishgani sabab bo‘lgan.
Apollo News nashrining yozishicha, ash-Shara’a ikkinchi davlat tashrifi chog‘ida Berbokning qo‘lini yana bir bor siqishdan namoyishkorona bosh tortgan.
Izoh (0)