• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yashil” energetika, savdo uyi, turizm haftaliklari: Shavkat Mirziyoyev Kuvayt amiri bilan muzokara o‘tkazdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev va Kuvayt amiri Shayx Mishʼal as-Saboh 17-fevral kuni Al-Kuvayt shahridagi “Al-Bayan” saroyida tor doirada uchrashuv hamda rasmiy delegatsiyalar aʼzolari ishtirokida muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Suhbat avvalida O‘zbekiston yetakchisi ko‘rsatilayotgan samimiy qabul va yuksak eʼtibor uchun Amirga minnatdorlik bildirib, Kuvayt yetakchisi va do‘st xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayramlar bilan dildan qutladi.

    O‘zbekiston bilan Kuvayt o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Prezident Kuvaytda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan, maqsad va vazifalari Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining uzoq muddatli ustuvor yo‘nalishlariga hamohang bo‘lgan “Nigoh 2035” davlat dasturini alohida qayd etdi.

    Faol siyosiy muloqotlar va idoralararo almashinuvlar, o‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi barqaror ortib borayotgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi. O‘tgan yili Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi samarali o‘tkazildi, qator muhim ishbilarmonlik tadbirlari tashkil etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion va moliyaviy-texnik sohalardagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. “Yashil” energetika, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, infratuzilma, shaharsozlik, sog‘liqni saqlash, turizm sohalari amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

    Qo‘shma loyihalarni ilgari surish maqsadida Investitsiya platformasi va Ishbilarmonlar kengashi kabi mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Al-Kuvayt shahrida savdo uyini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Yangi sheriklik dasturi doirasida Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot fondi bilan loyihalar portfelini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

    Bundan tashqari, O‘zbekiston va Kuvaytda madaniyat va turizm haftaliklarini o‘tkazish, ikki mamlakat vakillarining sanʼat, musiqa, kino, taʼlim va sport sohalaridagi madaniy-gumanitar tadbirlarda faol ishtirok etishiga ko‘maklashishga kelishib olindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Uchrashuvda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Qo‘shilmaslik harakati va boshqa nufuzli tuzilmalar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish muhimligi qayd etildi. 2025-yil may oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” muloqoti sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilindi.

    Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi. Muzokaralar yakunida ikki davlat rahbarlari keng qamrovli sheriklikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaror qildi.

    Muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Kuvayt amirini O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif etdi.

    O‘zbekiston—Kuvayt munosabatlari

    Kuvayt O‘zbekiston mustaqilligini 1991-yil 30-dekabrda tan olgan. Ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1994-yil iyulda o‘rnatilgan. Kuvayt elchixonasi Toshkentda 2001-yilda, O‘zbekistonning Al-Kuvaytdagi elchixonasi esa 2004-yilda ochilgan.

    Ikki mamlakat xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar, jumladan, BMT va IHT doirasida yaqindan hamkorlik qilmoqda. Ikki davlar Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning ikkita davrasi o‘tkazilgan.

    2004-yil 19-yanvarda imzolangan savdo, iqtisodiy, ilmiy va texnik hamkorlikka oid bitimga asosan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyasi tuzilgan. Uning hamraislari etib ikki davlat moliya vazirlari tayinlangan.

    2024-yil 16—21-oktyabr kunlari Toshkent shahri, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlarida O‘zbekiston—Kuvayt biznes-forumlari o‘tkazilgandi. O‘sha yilning may va avgust oylarida Kuvaytda biznes forumlar va Made in Uzbekistan ko‘rgazmalari o‘tkazildi.

    Shavkat Mirziyoyevning Kuvaytga rasmiy tashrifi arafasida 15-fevral kuni ushbu mamlakat poytaxtida O‘zbekiston—Kuvayt biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda qisqa vaqt ichida ikki davlat aloqalarini sezilarli darajada kengaytirish va tovar ayirboshlash hajmini oshirish imkonini beradigan yangi investitsiyaviy bitimlar va savdo shartnomalari imzolandi.

    17 fevral, 17:22   Izoh (0)   1746
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Shavkat Mirziyoyev#Kuvayt

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ramazon oyi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakat rahbarlari, taniqli davlat va din arboblaridan qutlovlar kelmoqda

    28.03.2023, 16:40

    Shavkat Mirziyoyev nomiga Ramazon hayiti munosabati bilan davlat va hukumatlar rahbarlari hamda ulamolardan qutlovlar kelmoqda

    23.04.2023, 20:39

    Shavkat Mirziyoyev Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi sammitida qator takliflarni ilgari surdi

    20.07.2023, 08:11

    “Rekord natija barchamizni quvontiradi”. Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarga tabrik yo‘lladi

    09.10.2023, 08:37

    Shavkat Mirziyoyev Kuvayt amiri vafoti munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi 

    17.12.2023, 18:25

    Shavkat Mirziyoyev nomiga Ramazon hayiti munosabati bilan xorijiy davlat va hukumatlar rahbarlari hamda din arboblaridan qutlovlar kelmoqda

    09.04.2024, 21:20

    O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida qo‘shma hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi mumkin

    15.04.2024, 17:30

    Qurbon hayiti munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga qutlovlar kelmoqda

    16.06.2024, 13:20

    “Qo‘shning tinch, sen tinch”. O‘zbekiston dunyo yakkalagan Afg‘onistondan nima kutmoqda?

    06.11.2024, 15:48

    O‘zbekistonda endi sportchilarni yetishtirib chiqargan birinchi murabbiylar ham mukofotlanadi 

    13 fevral, 14:58

    O‘zbekistonda Prezident olimpiadasi tashkil etiladi

    13 fevral, 13:58

    “Hammaga qahramon qizim bor, deb aytganman” – prezident paralimpiya chempioni Asila Mirzayorova bilan muloqot qildi

    13 fevral, 22:30

    Buxorodagi uyda portlagan gaz, Samarqandda 22 kishi jarohatlangan avtobus halokati, kitob o‘qigan mahbusning jazo muddati qisqartirilishi: 13-fevralning eng muhim

    13 fevral, 23:46

    O‘zbekiston va Rossiya adaptiv sport sohasida hamkorlik qilishga kelishdi

    14 fevral, 10:07

    O‘zbekistonda hokimlar endi har oy tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan uchrashadi 

    14 fevral, 16:33

    O‘zbekistondagi har bir mahallada yoshlar o‘rtasida “Shijoat va g‘ayrat” sport o‘yinlari o‘tkaziladi

    14 fevral, 17:05

    Prezident yoshlarga: “Sizlar bilan maslahat va muloqotni o‘z faoliyatimizda asosiy mezonlardan biri deb bilamiz”

    14 fevral, 17:36

    Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Kuvaytga boradi 

    16 fevral, 05:27

    O‘zbekistonda xususiy o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga 6 oylik o‘qish puli qoplab beriladi

    16 fevral, 09:26

    O‘zbekistonning barcha hududlarida kreativ parklar tashkil etiladi

    16 fevral, 11:28

    Trampning maxsus vakili urushni 180 kunda tugatish haqida gapirdi

    16 fevral, 18:10

    Zelenskiy AQSHga Ukraina minerallaridan foydalanishga ruxsat bermagani sababini tushuntirdi

    16 fevral, 21:15

    Argentinada kriptovalyuta reklamasi sabab prezidentga impichment e’lon qilishmoqchi

    16 fevral, 22:35

    Putin harakatlanadigan Aurus avtomobilining yangi versiyasi ishlab chiqildi (foto) 

    16 fevral, 23:42

    Netanyaxu: “AQSH yordamida Eronga qarshi ishni tugatamiz”

    17 fevral, 10:05

    Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Kuvaytga jo‘nab ketdi 

    17 fevral, 11:12

    AQSH, Ukraina va Rossiya vakillari muzokaralar uchun Saudiya Arabistoniga yetib keldi

    17 fevral, 11:16

    Trampning maslahatchisi Ukrainadan “kompensatsiya” talab qildi

    17 fevral, 12:02

    O‘zbekistonda mehnat ta’tiliga haq to‘lashda endi yakshanba hisobga olinmaydi

    17 fevral, 13:14

    Shavkat Mirziyoyev Kuvaytda kutib olindi (foto)

    17 fevral, 15:41
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.