• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida yangi investitsiyaviy bitimlar va savdo shartnomalari imzolandi

    Shavkat Mirziyoyevning Kuvaytga rasmiy tashrifi arafasida 15-fevral kuni ushbu mamlakat poytaxtida O‘zbekiston—Kuvayt biznes-forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tadbirda ikki davlatning tegishli vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari rahbarlari hamda 100 dan ko‘proq yirik kompaniya va moliya institutlari rahbarlari ishtirok etdi. Forumda delegatsiyalarga O‘zbekiston tomonidan — O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, Kuvayt tomonidan — Kuvayt Savdo-sanoat palatasi rahbari Rabah al-Rabah boshchilik qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Forumning ochilish marosimida qutlov so‘zi bilan so‘zga chiqqan Laziz Qudratov so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Kuvayt o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, mehmonxona biznesi, farmatsevtika va ko‘chmas mulk sohalarida loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan yirik kompaniyalar qatorida Gulf Care, Al Tijaria, Al Imtiaz, Fouad Al Ghanim, Agility va boshqalar bor.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun eng qulay sharoitlar yaratilgani ta’kidlandi. Xususan,imtiyozlar va preferensiyalar joriy etildi, tadbirkorlar duch kelayotgan to‘siqlar olib tashlanmoqda, xususiylashtirish dasturi amalga oshirilmoqda, infratuzilmasi rivojlangan o‘nlab EIZlar tashkil qilindi, MDH va Yevropa Ittifoqi bozorlariga bojsiz kirish ta’minlandi. Natijada so‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti qariyb ikki baravar oshdi. Birgina 2024-yilda YaIM 6,5 foizga o‘sib, 115 milliard dollarga yetdi. Xorijiy investitsiyalar hajmi 1,6 barobar ko‘payib, 34,9 milliard dollarni tashkil etdi.

    Shu bilan birga, ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va sanoat sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha foydalanilmayotgan ulkan salohiyatga eʼtibor qaratildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shu o‘rinda, agrosanoat tarmog‘i, to‘qimachilik sanoati, tog‘-kon sanoati, energetika va neft-kimyo, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika, xususiylashtirish, logistika, aloqa va turizm kabi hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari sanab o‘tildi.

    O‘z navbatida, Kuvayt Savdo-sanoat palatasi rahbari Rabah al-Rabah O‘zbekistonning ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi hamda Kuvayt va O‘zbekiston tadbirkorlarini hamkorlikni chuqurlashtirishga chaqirdi, ularni tomonlarning yangi loyihalar va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga o‘zaro tayyor ekaniga ishontirdi.

    Biznes-forum doirasida “B2B” va “G2B” muzokaralari tashkil etildi. Tadbirkorlar yangi aloqalarni o‘rnatish, qo‘shma loyihalarning muhimjihatlari va tovarlarni o‘zaro yetkazib berish masalalarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shuningdek, forum doirasida O‘zbekiston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda tadbirkorlar tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni namoyish etdi.

    Tadbir yakunlari bo‘yicha qator investitsiyaviy bitimlar va savdo shartnomalari imzolandi. Biznes doiralari vakillariga ko‘ra, imzolangan hujjatlar qisqa vaqt ichida O‘zbekiston—Kuvayt aloqalarini sezilarli darajada kengaytirish va ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish imkonini beradi.

    O‘zbekiston prezidentining Kuvaytga tashrifi

    Shavkat Mirziyoyev Kuvayt amiri Mish’al as-Sabohning taklifiga binoan 17—18-fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Al-Kuvayt shahrida oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar hamda ushbu mamlakat hukumati a’zolari, yetakchi kompaniyalari va bank-moliya tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

    O‘zbekiston—Kuvayt munosabatlari

    Kuvayt O‘zbekisyon mustaqilligini 1991-yil 30-dekabarda tan olgan. Ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1994-yil iyulda o‘rnatilgan. Kuvayt elchixonasi Toshkentda 2001-yilda, O‘zbekistonning Al-Kuvaytdagi elchixonasi esa 2004-yilda ochilgan.

    Ikki mamlakat xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar, jumladan, BMT va IHT doirasida yaqindan hamkorlik qilmoqda. Ikki davlar Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning ikkita davrasi o‘tkazilgan.

    2004-yil 19-yanvarda imzolangan savdo, iqtisodiy, ilmiy va texnik hamkorlikka oid bitimga asosan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyasi tuzilgan. Uning hamraislari etib ikki davlat moliya vazirlari tayinlangan.

    2024-yil 16—21-oktyabr kunlari Toshkent shahri, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlarida O‘zbekiston—Kuvayt biznes-forumlari o‘tkazilgandi. O‘sha yilning may va avgust oylarida Kuvaytda biznes forumlar va Made in Uzbekistan ko‘rgazmalari o‘tkazildi.

    16 fevral, 16:40   Izoh (0)   2995
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #O‘zbekiston#Kuvayt

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kuvayt kompaniyasi Farg‘onada Markaziy laboratoriya va diagnostika markazini quradi

    30.04.2024, 21:40

    Kuvayt O‘zbekistondan bir tonna gilos va shaftoli sotib oladi 

    29.05.2024, 22:40

    Kuvayt kompaniyasi Namanganda tibbiyot sohasida laboratoriyalar va farmatsevtika bo‘yicha loyiha amalga oshiradi

    10.08.2024, 19:55

    O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida haftalik aviaqatnovlar soni 28 taga oshirilmoqda 

    28.10.2024, 21:40

    O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

    22.12.2024, 18:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.