• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    “Texnik xatolik”. Mubashshir Ahmad o’ta og’ir jinoyatda ayblanayotgani rad etildi

    “Daryo”da Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov qidiruvga berilgani haqida xabar berilgandi. Axborot manbasi — Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov qidiruvdagi shaxs Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi 1-qismi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bo‘yicha qidiruvda ekanini ochiqlagandi. Masʼul bugun OAVga axborot tarqatilishida xatolik bo‘lganini maʼlum qildi.

    “Daryo”ning bu haqdagi so‘roviga javob bergan G‘iyosov axborot bazaga kiritilayotganda texnik xatoga yo‘l qo‘yilganini aytib, “Uchni ikki deb yozib yuborishgan”, dedi.

    Shayxontohur tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan 2023-yil 11-avgust kuni Tursunov Alisher Ahmatovichga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-3- moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 29-avgust kuni unga nisbatan “munosib xulq-atvorda bo‘lish xaqidagi tilxat” ehtiyot chorasi qo‘llanishi sharti bilan qidiruv eʼlon qilingan. Shaxsga qidiruv eʼlon qilingani haqidagi axborot Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar bosh markaziga kiritish jarayonida Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi sifatida yozilgan bo‘lib, texnik xatoga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan. Hozirda axborot to‘g‘rilangan, deydi masʼul.

    Shohrux G‘iyosov “Daryo” jurnalistining “Texnik xatoga yo‘l qo‘ygan xodimga chora ko‘rildimi?”, “Xabar tarqatilganiga ikki kun bo‘ldi, shu vaqt oralig‘ida shu axborotdan xabardorlar, deylik, tergovchi noto‘g‘ri axborot ekanini aytmadimi?”, degan savollariga “So‘rab ko‘ramiz”, deya javob qaytardi.

    Yolg‘on axborot tarqatish

    Mamlakatning “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunida yolg‘on axborot tarqatishga qanday javobgarlik borligi maʼlum qilingan.

    Unga ko‘ra, shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa —bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.

    Eslatib o‘tamiz, Alisher Tursunov 2023-yilning 28-dekabr kuni Turkiya politsiyasi tomonidan o‘zi yashab turgan uyidan olib ketilgan va Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportatsiya markaziga joylashtirilgan edi. 2024-yil 21-fevral kuni u deportatsiya markazidan oilasi bag‘riga qaytgan edi.

    Mubashshir Ahmad 2023-yil avgustda O‘zbekistonda o‘zi asos solgan “Azon.uz” sayti o‘z faoliyatini to‘xtatganini maʼlum qilgan edi. Shundan so‘ng u noyabr oyida o‘zbek, rus, ingliz va turk tillarida faoliyat yurituvchi “Azon Global” portali faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

    Shuningdek, 2020-yil dekabr oyida Turkiyada Abdukarim Mirzayev hibsga olinib, uni deportatsiya qilish haqida qaror chiqarilgan, u 33 kun hibsda saqlangach, qo‘yilgan gumonlar tasdig‘ini topmagani sabab ozodlikka chiqarilgan, so‘ng bir necha oy o‘tib gumonlar rasman olib tashlangan edi.

    21 fevral, 14:29   Izoh (0)   13114
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Shohrux G‘iyosov#Mubashshir Ahmad#qidiruv#IIV#qamoq

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zo‘rTV jurnalistlarining kaltaklanishi bilan bog‘liq holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    15.08.2023, 08:16

    Ichki ishlar xodimlari bolali ayolni tepib, mashinaga majburan o‘tkazgan holati yuzasidan izoh berildi

    18.09.2023, 14:36

    Ichki ishlar vazirligi oyiga 10 ming dollar topishni “o‘rgatgan” biznes-trenerni qidiruvga berdi

    26.10.2023, 11:39

    O‘zbekiston IIV rasmiy sayti xakerlar hujumiga uchradi

    05.01.2024, 14:02

    Superliganing 4-tur o‘yinlari boshlanish vaqti va unda ishlaydigan hakamlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi 

    27.03.2024, 13:28

    “Favqulodda holat sifatida ko‘riladi” — IIV Bekobodda ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan fuqaro o‘limi haqida 

    21.06.2024, 15:39

    “Toshturma”da kuniga 4-6 soat suv berilayotgani haqidagi xabar yuzasidan izoh berildi

    01.08.2024, 17:40

    Salim Abduvaliyev vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi

    12.08.2024, 14:58

    Quruvchida pul yo‘q, qorovul qo‘shinlari tomoshabin, sobiq harbiy xizmatchilar esa sarson: Toshkentda yana uy mashmashasi

    23.08.2024, 18:19

    Virtual “valyutchik”: Buxoroda 17 yoshli o‘smir katta miqdordagi pulni kriptovalyutadan o‘zi ishlab topmagan bo‘lib chiqdi

    19.12.2024, 15:05

    Buxoroda virtual “valyutchik”lik qilgan 17 yoshli o‘smir javobgarlikka tortilmaydigan bo‘ldi

    5 yanvar, 17:02

    Ijtimoiy tarmoq faoli Qobil Dusov ozodlikni cheklash jazosi talabini buzgani uchun qamoqqa olingan bo‘lishi mumkin

    25 yanvar, 21:50
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.