• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jurnalist Ruxsora G‘afurovaga oid sud ishi surishtiruv organiga qaytarildi

    Jurnalist Ruxsora G‘afurova o‘zgalar nomiga kredit olib, uni o‘zlashtirganlikda gumon qilinayotgan sobiq bank xodimi haqida material tayyorlagan va uni efirga uzatgani ortidan mahkamaga tortilgan edi. Sud bugun, 27-fevral kuni ishni surishtiruv organiga qo‘shimcha o‘rganish va kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytardi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

    Ruxsora G‘afurova
    Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

    Nima bo‘lgan edi?

    Jurnalist o‘zgalar nomiga isteʼmol krediti olib, uni o‘zlashtirganlikda gumon qilinayotgan sobiq bank xodimi haqida material tayyorlagan va uni efirga uzatgan. Surishtiruv keng muhokamalarga sabab bo‘lgan va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    O‘zgalar nomiga kredit olganlikda gumon qilinayotgan bank xodimi haqidagi surishtiruvi ortidan jurnalist Ruxsora G‘ofurovaga nisbatan maʼmuriy ish qo‘zg‘atilgan. Jurnalistga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 46−2-moddasi (shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilgan va to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudiga oshirilgan edi.

    Ish muddati o‘tgan

    Ruxsora G‘afurovani himoya qilayotgan advokat Amrullo Ahmedovning aytishicha, 2025-yil 25-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tumani IIBga himoyasidagi shaxs bilan borgan va o‘sha kuni qo‘zg‘atilgan maʼmuriy ish tugallangani maʼlum qilingan.

    Amrullo Ahmedov
    Foto: Shaxsiy arxiv

    Lekin menga, yaʼni advokatga garchi huquqim bo‘lsa ham, ish bilan tanishishga imkon berishmadi. IIB maʼmuriy ishni tamomlab, sudga yuborishi kerak edi. Lekin nomaʼlum sabablarga ko‘ra bu ish 27-fevralgacha cho‘zilib keldi.

    Qonunchilikka ko‘ra, jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan bo‘lsa-yu, lekin huquqbuzarning harakatlarida maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lsa, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay qo‘llanishi lozim. Shundan kelib chiqib, Ruxsora G‘afurova aybli, deb topilgan taqdirda ham uni ko‘rish muddati o‘tib ketgan, dedi Amrillo Ahmedov.

    Maʼmuriy javobgarlikka asos yo‘q

    Jurnalistning yana bir advokati Davronbek Ahmadovning aytishicha, Ruxsora G‘afurovaning xatti-harakatlarida maʼmuriy javobgarlik tarkibi mavjud emas.

    Davronbek Ahmadov
    Foto: Shaxsiy arxiv

    Jurnalistning vazifasi — jurnalistik surishtiruv natijasida tayyor bo‘lgan mahsulotni jamoatchilikka yetkazish. Agar jurnalist mahsulotini ommaga yetkazmaydigan bo‘lsa, maʼmuriy yoki jinoiy huquqbuzarlik, siyosiy-ijtimoiy holat haqida xabardor qilmaydigan bo‘lsa, jurnalistik surishtiruvning mazmun va mohiyati yo‘qoladi.

    Agar jurnalist surishtiruv natijasi bo‘yicha jinoyat haqida xabar berilsa va bu xabar orqali boshqa shaxslarning huquq va manfaatlari himoya qilinadigan bo‘lsa, bu holatda jinoyat sodir qilgan shaxs yoki huquqbuzarlik qilgan shaxs ism-sharifini identifikatsiya qilish maʼmuriy javobgarlik tarkibini bermaydi. Chunki u jinoyat haqida yoki boshqa ijtimoiy-siyosiy holat haqida xabar bermoqda. Yaʼni shaxsning ism va familiyasi ochiqlanishi shaxsga doir maʼlumotni buzish hisoblanmaydi.

    Bu holatda ichki ishlar organlari shoshma-shosharlik bilan, bir taraflama yoki boshqa subyektiv sabablarga ko‘ra ishni sudga olib chiqqan. Ko‘rinib turibdiki, shoshma-shosharlik bilan qaror qabul qilingani uchun ham bugun sud ishni surishtiruvga, qo‘shimcha o‘rganishga qaytardi, dedi advokat.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, agar ichki ishlar organlari sud tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etsa, ish yana qayta sudga olib chiqiladi. Aksincha, ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmasa, ish tugallanishi ham mumkin.

    Advokatlarning aytishicha, arizachi taraf (sobiq bank xodimi) sudga Ruxsora G‘afurovaga nisbatan daʼvosi yo‘qligi haqida xat bergan. “Daryo” muxbiri mazkur xat masalasida izoh olish uchun sud binosida ikkinchi tarafni yoki uning biror vakilini topolmadi. Agar shunday bo‘lsa, ish Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning “yarashilganligi munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish” moddasi bilan tugallanishi mumkin.

    Maʼlumot uchun, sud ishiga O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasining vakili va uning huquqshunosi jamoat himoyachisi sifatida hozir bo‘ldi.

    Oliy sud jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari Aziz Obidovning maʼlum qilishicha, ishni ko‘rib chiqishga tayyorlash vaqtida ish hujjatlari Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 303-303-1-moddalari talablari buzilgan holda sudga yuborilgani aniqlangan. Shu sababli ushbu ish materiali qayta rasmiylashtirish uchun Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga qaytarilgan.

    27 fevral, 20:35   Izoh (0)   8000
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Jurnalist#Ruxsora Gʻafurova#sud ishi#surishtiru#maʼmuriy ish#jurnalistik surishtiruv

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Erik ten Xagning isteʼfosi “Manchester Yunayted” uchun qancha pulga tushgani maʼlum bo‘ldi

    19 fevral, 21:53

    Rossiya Kursk viloyatining 64 foizini nazoratiga qaytarganini e’lon qildi

    20 fevral, 16:25

    HAMAS jasadni topshirishdagi “chalkashlik” sababini aniqlashga va’da berdi 

    21 fevral, 19:00

    Bibasning bolalari vahshiylarcha o‘ldirilgan — Isroil armiyasi 

    21 fevral, 22:31

    Sherzod Asadov BBC World Nеws’ning Yevrosiyo mamlakatlari bo‘yicha vakili bilan uchrashdi

    24 fevral, 22:15

    Uch yillik urushga nazar. Voqealar endi qanday rivojlanadi?

    25 fevral, 17:20

    Messi “Barselona”ga qaytishi mumkin — manba

    25 fevral, 17:31

    “Ilojsizlikdan bir oy toshbaqa sho‘rva ichganman”. 12 ta operatsiyani boshdan kechirgan aktrisa Odina To‘xtasinova 37 yoshda (foto)  

    26 fevral, 15:49

    “Real Madrid” yetakchisi Ispaniya Kubogi yarim finalida maydonga tushmaydigan bo‘ldi

    26 fevral, 16:46

    Jurnalist Alisher Ro‘zioxunov 32 yoshida vafot etdi

    26 fevral, 17:53

    Qor sabab yiqilgan daraxtlar, maktabdagi tomi qulagan stadion, Toshkentdagi “dom”lardan birida sodir bo‘lgan gaz chaqnashi: 26-fevralning eng muhim xabarlari

    26 fevral, 23:24

    AQSHning 36 ta shtatida Isroilni tanqid qilish taqiqlanadi

    27 fevral, 12:55
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.