• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yashil” iqtisodiyot, energetika manbalari, iqlim o‘zgarishi: Shavkat Mirziyoyev “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammitida nimalar haqida gapirdi?

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtida o‘tayotgan “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammitida nutq so‘zladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Sammitda BAA prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Italiya bosh vaziri Jorja Meloni, Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim, Finlyandiya bosh vaziri Petteri Orpo hamda qator boshqa mamlakatlarning davlat va hukumatlari, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

    Forumning kun tartibiga muvofiq, barqaror taraqqiyotni ta’minlash, innovatsiyalar, “yashil” iqtisodiyot va mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

    Davlat rahbari o‘z nutqida bugungi kunda energetika manbalarini diversifikatsiya qilish, ulardagi uglevodorod ulushini keskin kamaytirish – iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, barqaror rivojlanish va global xavfsizlikni ta’minlashning asosiy sharti ekanini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

    Avvalambor, ushbu sammitga taklif qilganlari uchun aziz birodarim, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon A’lo Hazratlariga samimiy minnatdorlik izhor etaman.

    Nufuzi yil sayin oshib borayotgan “Abu-Dabi Barqaror rivojlanish haftaligi” Amirliklarning jadal taraqqiyot, innovatsiyalar, “yashil” iqtisodiyot va mintaqaviy bog‘liqlikni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro muloqot markazlaridan biriga aylanib borayotganining o‘ziga xos ifodasidir.

    Bu go‘zal diyorda “COP-28” – Jahon iqlim sammiti g‘oyat sermahsul va muvaffaqiyatli o‘tgani ham buning yana bir yaqqol tasdig‘idir.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

    Bugungi kunda energetika manbalarini diversifikatsiya qilish, ularning balansida uglevodorod ulushini keskin kamaytirish – iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, barqaror rivojlanish va global xavfsizlikni ta’minlashning asosiy shartidir.

    Yangi O‘zbekistonning strategik maqsadi – ekologik barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sishning resurslar tejamkorligiga asoslangan “yashil” rivojlanish modeliga o‘tishdir.

    Shu bois 2025-yilni O‘zbekistonda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qildik.

    Kam uglerodli rivojlanish bo‘yicha uzoq muddatli strategiya va “yashil” moliyalashtirish milliy dasturini ishlab chiqdik. Investitsiya loyihalarida “yashil” komponentlarni kelgusi besh yilda 50 foizgacha ko‘paytiramiz.

    Shuningdek, Zararli gazlarni monitoring qilish va Milliy emissiya savdo tizimlarini joriy etamiz. 2030-yilgacha zararli chiqindilarni 35 foizga qisqartirish va bu majburiyatni doimiy oshirib borishni reja qilganmiz.

    “Yashil makon” dasturi doirasida shaharlar hududlarining kamida 30 foizi ko‘kalamzor maydonlarga aylantiriladi. Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni 100 foiz tatbiq etish bo‘yicha tizimli ishlar qilyapmiz.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Hurmatli sammit ishtirokchilari!

    Tez sur’atlarda o‘sib borayotgan iqtisodiyotimizning energetikaga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish uchun biz “yashil” quvvatlarni jadal rivojlantiryapmiz.

    O‘tgan 5 yilda energetika sohasiga qariyb 20 milliard dollar xorijiy investitsiyalar jalb qilindi va 9,6 gigavatt zamonaviy energiya quvvatlari ishga tushirildi. Jumladan, 3,5 gigavattli 14 ta quyosh, shamol elektr stansiyalari va 300 megavattli 2 ta saqlash tizimlari ishga tushirildi.

    Hozirda xorijiy hamkorlar bilan qiymati 26 milliard dollardan ziyod va umumiy quvvati 24 gigavatt bo‘lgan 50 dan ortiq yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. 2030-yilga qadar mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni reja qilganmiz.

    Bugungi kunda “yashil” taraqqiyot O‘zbekistonda umummilliy harakat darajasiga ko‘tarildi.

    Mazkur yo‘nalishda mintaqaviy hamkorlikni yanada kuchaytirib, Markaziy Osiyoni “yashil” iqtisodiy rivojlanish va “toza energiya” markazlaridan biriga aylantirish niyatidamiz.

    Qadimgi Buyuk ipak yo‘lini o‘zaro energetik bog‘liqlik orqali tiklash yo‘lida ham ilk qadamlarni tashladik. Yaqinda “COP-29” doirasida qozog‘istonlik va ozarbayjonlik hamkorlarimiz bilan imzolangan ko‘p tomonlama bitim Yevropaga “yashil” energiyani eksport qilish imkoniyatini beradi.

    Shuni alohida qayd etmoqchimanki, “yashil” energiya sohasida Birlashgan Arab Amirliklari bizning ishonchli va strategik hamkorimizdir. So‘nggi yillarda Amirliklar bilan investitsiyalar portfeli 26 milliard dollardan oshdi. Ular orasida qayta tiklanuvchi energetika loyihalari asosiy lokomotiv bo‘lmoqda.

    Bugungi global sammit tashkilotchisi – “Masdar” kompaniyasi bilan umumiy quvvati 1,5 gigavatt bo‘lgan 5 ta elektr energiya obyektini ishga tushirdik. Yana 1,6 gigavattga teng 3 ta generatsiya loyihasi va qariyb 520 megavatt soat energiya saqlash tizimlari barpo etiladi.

    Bu kabi loyihalarni Amirliklarning boshqa yetakchi kompaniyalari hamda Saudiya Arabistoni, Qatar, Turkiya, Xitoylik sheriklarimiz bilan ham amalga oshiryapmiz.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

    Biz Markaziy Osiyoning quyosh, suv, shamol energiyasi hamda “yashil” vodorodni ishlab chiqarish bo‘yicha ulkan salohiyatini birgalikda rivojlantirishdan manfaatdormiz.

    Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, faqat O‘zbekistonning o‘zida 500 gigavatt quyosh, 100 gigavatt shamol va 10 gigavatt gidroenergetika ishlab chiqarish salohiyati mavjud.

    Mintaqamiz ulkan uran va o‘ta muhim strategik xomashyo zaxiralariga boy. Bu yo‘nalishda har bir xorijiy hamkorimizga barcha qulay shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz.

    Anjumanimizda ishtirok etayotgan nufuzli ilmiy markazlar, ekspert va olimlarni Toshkentda ochilgan “Yashil” universitet bilan tadqiqotlar va innovatsiya dasturlarini amalga oshirishda faol hamkorlikka chaqiramiz.

    Mazkur Universitet negizida Yer degradatsiyasi va cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro ilmiy tadqiqot tarmog‘ini yaratishni taklif etmoqchiman.

    Shu bilan birga, biz Dubay va Bokuda bo‘lib o‘tgan “COP-28” va “COP-28” sammitlari va xalqaro forumlarda global iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun Iqlim tufayli yo‘qotish va zararlarni baholash bo‘yicha xalqaro markazni ta’sis etish, daryo ekotizimlari xavfsizligini ta’minlash, Suv tejovchi texnologiyalar mintaqaviy xabini tashkil qilish, O‘simliklar genetik resurslari bankini yaratish tashabbuslarini ilgari surdik va barcha hamkorlarimiz bilan amaliy ishlarni boshlashga tayyormiz.

    Joriy yil O‘zbekistonda o‘tishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyoning global iqlim muammolariga bag‘ishlangan konferensiyada umummintaqaviy Yashil taraqqiyot konsepsiyasini taqdim etamiz.

    Shuningdek, 15-may – Xalqaro iqlim kunida Orolbo‘yi mintaqasida bo‘ladigan Raqamli “yashil” tashabbuslar global yoshlar festivaliga vakillaringizni taklif etamiz.

    Hurmatli do‘stlar!

    Yangi O‘zbekiston barqaror rivojlanish va “yashil” taraqqiyot yo‘lida butun dunyoga ochiqdir va barchangizni keng ko‘lamli amaliy hamkorlikka chaqiramiz.

    So‘zimning yakunida anjuman ishiga katta muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

    14 yanvar, 16:54   Izoh (0)   3066
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Shavkat Mirziyoyev

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda tadbirkorlarga elektr energiya limiti bo‘yicha yengillik berildi

    3 yanvar, 10:43

    Shavkat Mirziyoyev Yangi Orleandagi hodisa munosabati bilan AQSH prezidentiga ta’ziya maktubi yo‘lladi

    3 yanvar, 17:05

    Prezident bilan suhbat, “Monako”dan qiziqish, ota-onasining orzusi. Qanday qilib 21 yoshli Abbosbek Fayzullayev RPL yulduziga aylandi?

    4 yanvar, 19:03

    Sud zalidan ozod qilingan G‘ayrat Do‘stov, tadbirkorlarga elektr energiya limiti bo‘yicha berilgan yengillik, elektromobillarni quvvatlantirish uchun joriy etiladi...

    3 yanvar, 23:15

    Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi

    6 yanvar, 17:34

    Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi zilzila yuzasidan Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi

    7 yanvar, 19:02

    Yangi avtobuslar, elektron to‘lovlar, tramvay: 2025-yili O‘zbekiston transport tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

    9 yanvar, 22:29

    Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilini yakunladi

    10 yanvar, 18:06

    Shavkat Mirziyoyev 13-16-yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘ladi

    11 yanvar, 09:10

    Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sohasidagi natijalar va galdagi vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi 

    11 yanvar, 20:15

    Donald Trampning "xarxasha"lari borasida AQSHdagi o‘zbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?

    12 yanvar, 23:02

    Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni so‘roq qildi (video)

    13 yanvar, 09:13

    O‘zbekiston Qurolli kuchlarining qudrati yanada oshiriladi

    13 yanvar, 10:42

    KXDR hukumati asirlikka tushmaslik uchun askarlaridan o‘zini portlatishni so‘ramoqda — Reuters

    13 yanvar, 12:30

    Paynet Humo to‘lov tizimini sotib oldi

    13 yanvar, 15:34

    Bayden G‘azoda o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi 

    13 yanvar, 16:25

    Sukerberg Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi 

    13 yanvar, 18:49

    Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan BAAga jo‘nab ketdi

    13 yanvar, 17:31

    Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi

    13 yanvar, 19:50

    Shavkat Mirziyoyev BAAga yetib bordi (foto)

    13 yanvar, 22:05

    Trampga Grenlandiyani sotib olish vakolatini beruvchi qonun loyihasi tayyorlandi

    14 yanvar, 10:10

    AQSHning Grenlandiyani sotib olish tahdidiga Rossiya sababchi — Daniya razvedkasi

    14 yanvar, 14:15

    Toshkent Prezident maktabi o‘quvchilari BAAda nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi (video)

    14 yanvar, 13:19

    “Xalaqit bermasa, javobgar bo‘lmasligi kerak” — deputat avtobus yo‘laklarida harakatlangan avtomobillarni jarimaga tortish haqida (video)

    14 yanvar, 15:24

    Shavkat Mirziyoyev “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammiti ochilish marosimida ishtirok etdi (foto)

    14 yanvar, 14:40
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50

    “Turmushga chiqishimni o‘ylab bunday rollarni rad etyapman”. Aktrisa Nozanin Gaffarova kasbidan voz kechmasligi va katta tanqidga uchragani haqida

    Layfstayl | 12 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.