• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Salomatlik

    Kredit va qarzlar aslida ruhiyatingizga qanday taʼsir qiladi?

    Moliyaviy majburiyatlar bu shunchaki bank hisobvarag‘idagi raqamlar emas. Ular sizning kayfiyatingizga, o‘z-o‘zingizga bo‘lgan bahoga va hatto jismoniy salomatligingizga taʼsir qilishi mumkin bo‘lgan ko‘rinmas hamrohlarga aylanadi. Muddatlari o‘tib ketgani uchun doimiy stress, yaqinlaringiz oldidagi aybdorlik hissi, qarzlar haqida tinmay o‘ylash — bular vaqtinchalik qiyinchiliklar emas, balki haqiqiy psixologik yukdir.

    Foto: Theday

    Nima uchun bankka ariza topshirishdan oldin o‘ylab ko‘rish kerak? Pul va ruhiy holat o‘rtasidagi nozik aloqa haqida psixolog Yuliya Sinutina so‘zlab beradi.

    Nima uchun kredit olamiz va bu nimalarga olib keladi?

    Ko‘pchilik qarzlar bizning ruhiy salomatligimizga zararli taʼsir qilishini biladi. Shu bilan birga, banklar tomonidan beriladigan kreditlar hajmi kamaymaydi, aksincha o‘sib boradi. Buni tushuntirish oson: odamlar isteʼmol qilishga o‘rganib qolgan va bu odatdan voz kechishga tayyor emas. Yangi narsalarni sotib olish, masalan, kurortlarga sayohatlarni to‘lash, qimmatbaho kurslarga qatnashish yoki g‘oyatda hashamatli to‘ylarni tashkil qilish va zavqlanish kayfiyatni juda ko‘taradi.

    Foto: Theday

    Lekin ko‘pincha bu yoqimli lahzalar uchun pul yetarli bo‘lmaydi. Ammo har doim kredit va mikroqarz taklif qiladigan banklar bor. Narsa harid qilish vasvasasi kuchli, qarz olish tartibi esa haddan tashqari soddalashtirilgan — natijada odamlar banklardan pul olib, tezroq to‘lash umidida qarzga botishadi.

    Baʼzilar nafaqat kreditni ertaroq qaytara olmaydi, balki vaqtida har oygi majburiy to‘lovlarini ham to‘lay olmaydi. Banklar darhol barcha yo‘llar bilan qarzdorlikni eslatib turadi: telefon orqali qo‘ng‘iroq qiladi, SMS yuboradi, messenjerlar, elektron pochta va ijtimoiy tarmoqlar orqali xabarlar yuboradi.

    Bu asab tizimiga juda katta taʼsir qiladi. Va bunday bank “g‘amxo‘rligi” muntazam takrorlanganda, qarzdorlar bezovta va xavotirli bo‘lib qoladi. Ular o‘z tanlovini qilgani aniq, ammo bu haqiqatni anglashdan kelib chiqadigan psixologik bosim zaiflashmaydi. Agar banklardan keladigan bezovta qiluvchi eslatmalar kreditlar bilan bog‘liq yagona noxushlik bo‘lganda, bu yaxshi bo‘lardi. Ammo “aks taʼsirlar” ancha ko‘p bo‘lishi mumkin.

    Foto: Theday

    Kreditlarning ruhiy salomatlik uchun xavfi nimada?

    Qarzdorlikning og‘ir hissi

    Eng muhim yoqimsiz oqibat — bu qarzdorlikning og‘ir hissidir. U ongli ravishda ich-etimizni yemiradi va bir daqiqaga ham dam olishga imkon bermaydi. Inson emotsional jihatdan bog‘lanib qoladi va erkin bo‘lolmaydi. Bu subyektiv, ammo juda kuchli his. Abadiy qarzdorlik va erkinlik yo‘qligini anglash organizmga buzg‘inchi psixosomatik taʼsir ko‘rsatadi, bu oxir-oqibat kasallikka olib keladi.

    Ko‘pincha bu odamlarni asabiy tushkunlikka, nevrozlarga, chuqur, uzoq davom etadigan depressiyalarga, sog‘liq muammolariga olib keladi. Baʼzida inson o‘z kasalligining asl sababini tushunmaydi, ayniqsa, hayotida hamma narsa yaxshi bo‘lsa. Buning sababi esa yaqin, yuzaki — to‘lanmagan qarz. Shifokorlar taʼkidlashicha, ko‘pchilik kasalliklarning sababi asabdir. Ha, biz faqat kreditlar tufayli xafa bo‘lmaymiz — har birimizda qarzlardan tashqari boshqa sabablar ham yetarli. Ammo yopilmagan qarzlarning mavjudligi — bu xavotirni oshiradigan muhim omillardan biri.

    Foto: Theday

    Muammoning doimiy bosimi

    Qarzlarning yana bir xususiyati shundaki, ular bizga epizodik ravishda emas, balki doimiy ravishda — mavjud bo‘lgan va hal etilmagan muammo sifatida bosim o‘tkazadi. Miyamiz qarzni neytral majburiyat — “mahsulotlarni sotib olish” yoki “tartibga solish” sifatida emas, balki muammo sifatida qabul qiladi.

    Agar biz qarzdorlikka nisbatan oddiy munosabatda bo‘lsak, hayotimiz shubhasiz katta yukdan xalos bo‘lardi. Ammo bu oson emas — kamdan kam odam o‘z psixikasini alday oladi. “Birovnikini olib, o‘zingnikini berasan”, degan hikmatli gap bejiz aytilmagan. Buni anglash olovga yog‘ purkaydi va shundoq ham mushkul ahvolni yanada og‘irlashtiradi.

    Bir tomondan, kreditlar bizga quvonchni uzoq kuttirmasdan, hoziroq istagan narsamizni olish imkonini beradi. Boshqa tomondan, olingan kreditni keyinchalik biz faqat pul bilan emas, balki asablarimiz va sog‘lig‘imiz bilan ham to‘lashga majbur bo‘lamiz. Shunday ekan, bankka navbatdagi arizani topshirishdan oldin yana bir bor yaxshilab o‘ylab, barcha “ha” va “yo‘q”larni taroziga solib ko‘rish kerak. Shunda siz albatta to‘g‘ri qaror qabul qila olasiz.

    12 may, 16:40   Izoh (0)   1728
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Kredit#Qarz#Bank#Ruhiyat#Ipoteka#Qarzdorlik

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda o‘ziga kredit ajratilishini taqiqlash ko‘zda tutilgan qonun qabul qilindi

    16 yanvar, 09:16

    “O‘zbekistonda nega kreditlar juda qimmat?” — xalqaro iqtisodchi Qobiljon Isayev bilan suhbat

    18 yanvar, 13:20

    Visa versiyasi bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi bank-ekvayeri, 100 mingdan ortiq ochilgan virtual kartalar va Octobank’ning 2024-yildagi boshqa yutuqlari

    3 fevral, 13:26

    O‘zbekistonda mahalliy avtomobillar uchun kredit stavkasi pasayishi mumkin

    7 fevral, 13:45

    Shavkat Mirziyoyev onlayn kredit olish tartibini soddalashtirishni topshirdi

    7 fevral, 15:48

    Qaytarilmayotgan trillionlar: O‘zbekistonda kreditlar qanday qilib muammoga aylanmoqda? 

    10 fevral, 18:00

    “Xolamning qizi mehmonxonada ishlaymiz deb aldab chaqirib oldi” — Turkiyada 5000 liraga sotib yuborilgan o‘zbekistonlik qiz

    12 fevral, 13:01

    Xitoy qarz qopqoni: u qanday qilib mamlakatlarning hudud va infratuzilmasini egallab oladi?

    14 fevral, 16:12

    “Kiraga ishonib, kafansiz qolish hech gapmas”: O‘zbekistonda kreditga mashina olib, tirikchilik qilayotganlar hikoyasi

    14 fevral, 21:56

    O‘zbekistonda o‘ziga kredit ajratilishini taqiqlash ko‘zda tutilgan qonun ma’qullandi 

    20 fevral, 14:23

    Bloklanishi mumkin bo‘lgan Temu, 40 mlrd dollardan oshgan davlat qarzi, qimmat narxda beriladigan chiroyli raqamli ID karta va haydovchilik guvohnomalari: 27-fevra...

    27 fevral, 23:20

    Jizzaxda o‘zgalarning nomiga akkaunt ochib, ularning tanishlaridan pul undirgan talaba ushlandi

    3 mart, 22:46

    O‘zbekistonda davlat o‘zining yirik banklarini qo‘llab-quvvatlash ehtimoli yuqori

    4 mart, 22:00

    “Sumerki” filmi yulduzi Maykl Shin 900 nafar Angliya fuqarosining kredit qarzlarini to‘lab berdi

    13 mart, 13:57

    Davlat tashqi qarzi: O‘zbekistonga kimlar kredit bergan va pullar nimalarga sarflanmoqda? 

    14 mart, 20:00

    Magic City’ning investori yana o‘zgardi. Uning yangi egasi ham avvalgi ulushdor bilan bir manzilda joylashgan

    18 mart, 15:45

    AQSHda 120 yoshdan oshgan 3,2 mln hisob egasi vafot etgan deb qayd etildi

    18 mart, 19:25

    Prezident dunyo iqtisodiyotida hozir favqulodda vaziyat kuzatilayotganini aytdi

    9 aprel, 15:56

    O‘zbekistonning Jahon banki bilan loyihalar portfeli 12 mlrd dollardan oshdi

    10 aprel, 16:24

    BYD’dan yangi avtokredit takliflari

    11 aprel, 10:30

    Harbiy xizmatchilarga turar joyni ijaraga olganlik uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi

    10 aprel, 18:15

    AVO platinum yangilandi: kredit xarajatlarini qanday qilib daromadga aylantirish mumkin?

    11 aprel, 16:36

    Jurnalist Ruxsora G‘ofurovaga nisbatan qo‘zg‘atilgan maʼmuriy ish tugatildi

    11 aprel, 17:17

    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!

    14 aprel, 16:30

    Fransiya O‘zbekistonda uy-joylar “yashil” renovatsiyasiga 30 mln yevro ajratadi

    7 may, 09:15

    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

    7 may, 21:00

    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

    8 may, 12:00

    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 

    8 may, 18:00

    O‘zbekistonda OTB ishtirokida 3,6 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

    11 may, 15:00
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hajda issiq haroratga qarshi choralar ko‘rilmoqda

    Dunyo | 5 iyun, 14:25

    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa

    Reklama | 5 iyun, 13:30

    Sutkalab navbat, pul so‘rashlar, imtiyozli o‘tish: Navoiy chegara bojxona postidan reportaj

    O‘zbekiston | 5 iyun, 14:11

    “Bir oylik mehnatim uchun 500 ming so‘m gonarar berishdi” — aktrisa Zahro Mirzayeva vaynerlar sabab aktyorlar qadrsizlanayotgani haqida gapirdi (video)

    Shou-biznes | 5 iyun, 14:06

    Tramp Garvardning xorijiy talabalari uchun viza berishni rasman taqiqladi

    Dunyo | 5 iyun, 13:50

    Yevropa Ittifoqi chet eldagi foydali qazilmalarni o‘zlashtirishni boshlaydi

    Dunyo | 5 iyun, 13:41

    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi

    Reklama | 5 iyun, 12:00

    Jennifer Lopesning Toshkentdagi konserti chiptalari narxi ma’lum qilindi

    Musiqa | 5 iyun, 13:32

    “Real” yana bir transferni yakunladi — manba

    Sport | 5 iyun, 13:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.