• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda OTB ishtirokida 3,6 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

    O‘zbekistonda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokida 23 ta yangi loyihani amalga oshiriladi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

    Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo taraqqiyot banki boshqaruvchilar kengashining 58-yillik yig‘ilishida 2025–2026-yillar uchun umumiy qiymati 3,6 milliard dollar bo‘lgan 23 ta yangi loyihani amalga oshirish dasturi imzolandi.

    Loyihalar ta’lim, ichimlik suvi ta’minoti, transport va moliyaviy-texnik yordam sohalari kabi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi.

    Xabarda qayd etilishicha, tashrifning asosiy natijasi — 2025–2026-yillar davomida OTB Boshqaruvchilar kengashi raisi vakolati O‘zbekistonga o‘tishi haqida rasmiy e’lon qilinishi bo‘ldi. Tadbirda qatnashgan Jamshid Xo‘jayev kengash raisi sifatida tasdiqlandi, bu esa O‘zbekistonga yetakchi xalqaro moliya institutlari tomonidan bildirilayotgan yuqori ishonchning yorqin tasdig‘i bo‘ldi.

    Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, OTB boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishi 2026-yil may oyida Samarqand shahrida o‘tkazilishi haqida yakdil qaror qabul qilindi.

    O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankiga 1995-yilda aʼzo bo‘lgan va o‘shandan beri bank mamlakatga qarz, grant va texnik ko‘mak taqdim etib kelmoqda. 

    OTB O‘zbekistonga ajratgan so‘nggi mablag‘lar

    2024-yil iyulida OTB O‘zbekistonga homilador ayollar va ularning yangi tug‘ilgan chaqaloqlari uchun perinatal sog‘liqni saqlash xizmatlarini yaxshilashga ko‘maklashish uchun 100 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni maʼqulladi. 

    O‘sha yilning avgustida OTB O‘zbekiston hukumatining mamlakat moliya bozorlarini mustahkamlash va barqaror bozorga yo‘naltirilgan energetika sektorini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun umumiy qiymati 400 million dollar bo‘lgan ikkita qarz ajratdi.

    Noyabr oyida OTB O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishiga moslashish va yashil iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 250 million dollar miqdorida kredit ajratdi. 

    2025-yil fevralida OTB O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarishni modernizatsiya qilish uchun 125 million dollar miqdorida kredit ajratdi. Loyiha doirasida “O‘zsuvta’minot” AJ va uning hududiy filiallari uchun suv ta’minoti va kanalizatsiya infratuzilmasi raqamlashtiriladi, bu esa suvdan foydalanish samaradorligini oshiradi va energiya sarfini kamaytiradi.

    11 may, 15:00   Izoh (0)   4330
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #OTB#Osiyo taraqqiyot banki

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    OTB O‘zbekiston energiya taqsimlash tizimini raqamlashtirishga 200 mln dollar qarz ajratadi

    20.09.2023, 19:53

    Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi O‘zbekistonga 100 mln dollar ajratadi

    06.03.2024, 12:37

    OTB O‘zbekistonning 2024 va 2025-yil uchun iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi

    12.04.2024, 15:20

    O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki 3,5 mlrd dollarlik memorandum imzoladi

    13.05.2024, 10:58

    Markaziy Osiyoda mintaqalararo tovar aylanmasi 11 mlrd dollardan oshdi

    04.06.2024, 16:22

    Markaziy Osiyoda fuqaro aviatsiyasidagi islohotlar: arzon aviakompaniyalar misolida 

    10.07.2024, 19:26

    OTB O‘zbekistondagi tug‘uruq markazlarini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratadi 

    17.07.2024, 09:51

    Ko‘p qutbli dunyoda SHHTning o‘rni va Turkmanistonning energetika diplomatiyasi: Afg‘oniston iqtisodiyotini o‘zgartirish uchun yetarlimi?

    19.07.2024, 20:25

    OTB Markaziy Osiyo uchun iqtisodiy o‘sish prognozini yaxshiladi

    25.07.2024, 15:25

    Mustaqillikka erishgandan so‘ng Qozog‘iston va O‘zbekistonda YIM o‘sishining qiyosiy tahlili

    26.07.2024, 23:45

    Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 400 mln dollar qarz ajratdi

    31.07.2024, 18:37

    “O‘zsanoatqurilishbank” Osiyo taraqqiyot banki mukofotiga sazovor bo‘ldi

    10.09.2024, 16:30

    “O‘zbekistonning Yevrosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shilishi potensial investitsiyalar kalitidir” — rais Nikolay Podguzov

    04.10.2024, 16:40

    “AIIBning O‘zbekiston bilan yo‘lga qo‘ygan loyihalari ichida ekologik energiya loyihalari yetakchilik qilmoqda” — Lyudger Shuknext

    04.10.2024, 17:59

    Jahon banki Rog‘un GES qurilishi uchun 350 mln dollarlik grantni ma’qulladi  

    19.12.2024, 23:57

    Gruziya bosh vazirining Toshkentga safari: O‘zbekiston “Kavkaz yuragi” orqali nimalarni reja qilmoqda?

    6 mart, 15:56

    “Urushda qatnashgan emas, qatnashmagan yutadi”. Ukraina inqirozi Markaziy Osiyo davlatlariga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

    19 mart, 11:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda elektromobillar yillik sotuvi keskin o‘sdi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 19:05

    Pitsa va pasta mumkin emas: Britaniya monarxiyasining eng noodatiy ovqatlanish qoidalari

    Layfstayl | 15 iyul, 18:55

    Surxondaryoda bo‘g‘ma va kobra ilonlar tabiatga qo‘yib yuborildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 18:45

    Velosipedlar uchun ilk simsiz quvvatlash moslamasi taqdim etildi

    Texnologiyalar | 15 iyul, 18:30

    AQSHda Minneapolis meri lavozimiga nomzod somalilik senator internetda diskriminatsiyaga duch keldi

    Dunyo | 15 iyul, 18:25

    “Klublar o‘rtasidagi JCH kubogining asl nusxasi Oq uydagi Oval kabinetda turibdi” — Donald Tramp

    Sport | 15 iyul, 18:25

    O‘zbekistonliklar tovarlarni bojsiz olib kirish uchun xorijda endi kamida 2−3 kun bo‘lishi kerak

    O‘zbekiston | 15 iyul, 18:05

    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

    Reklama | 15 iyul, 18:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.