Ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso kelasi mavsumdan boshlab Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Madridliklar yaqin vaqt ichida buni rasman e’lon qilishi kutilmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar bergan.
-VZ8lcHrx.avif)
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Bayer” jamoasining ustozi “qaymoqranglilar” bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi. “Real”ning ayni paytdagi ustozi Karlo Anchelotti esa Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga o‘tishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso 2022-yil kuzidan beri Leverkuzen klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda. Uning qo‘l ostida “Bayer” o‘tgan mavsum Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi, mamlakat kubogida zafar quchdi va Yevropa Ligasi finaliga qadar yetib bordi. Biroq finalda “Atalanta”ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Izoh (0)