Toshkent shahrining Sergeli tumani Jaloyir ko‘chasida 18–19–20-aprel kunlari avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bunga asfaltlashtirish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.
Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga boshqa aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.
Avtomashinalar harakati cheklanayotgan ko‘chalar
Yunusobod tumanining Asomov ko‘chasi (KHAY)dagi yo‘lning bir yo‘lagi 10-apreldan 6-maygacha, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi chorrahasidan Cho‘pon ota chorrahasigacha bo‘lgan KHAY yo‘nalishida joylashgan yo‘l 10-apreldan 22-aprelgacha yopilishi haqida xabar berilgan edi.
Shuningdek, CAEX ko‘rgazma majmuasidan Yangi O‘zbekiston bog‘i kirishigacha bo‘lgan yo‘l 13-apreldan 1-sentyabrgacha transport vositalari harakati uchun yopiladi.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasi 7/24 ko‘chaga aylanmoqda. Shu munosabat bilan 27-mart kuni soat 7:00 dan 30-aprelgacha O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Shastri ko‘chasi bilan kesishmasidan Yahyo G‘ulomov ko‘chasiga qadar qismi vaqtincha avtomashinalar harakati uchun yopilishi aytilgandi.
Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi ko‘cha yarim yilga yopilishi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)