• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tosh va boshqa narsalarni otish futbolchilarga yordam emasligini yodda tuting”. Milliy gvardiya final oldidan muxlislarga murojaat bilan chiqdi

    Milliy gvardiya 19-iyun kuni “Bunyodkor” stadionida 23 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi-2022 musobaqasining final o‘yini bo‘lib o‘tishi munosabati bilan futbol muxlislariga murojaat bilan chiqdi.

    Qayd etilishicha, Milliy gvardiya stadionga keladigan muxlislarga o‘zini tutish madaniyatini yodda tutishni, hakamlarga, futbolchilarga, jumladan, raqib jamoaga, stadion texnik xodimlariga hurmat ko‘rsatish zarurligini, tozalik va jamoat tartibini saqlashni eslatib o‘tgan.

    “Stadionga taqiqlangan narsalarni: qurol-yarog‘, tez yonuvchi moddalar va buyumlar, dori vositalari (retsept yoki uning nusxasi ko‘rsatilganda shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha belgilangan miqdorda dori vositalaridan tashqari), oziq-ovqat va idishlarni; texnik jihozlar (mobil telefonlardan tashqari), himoya vositalari, xizmat asboblari va sport anjomlarini olib kelmang”, — keltiriladi xabarda.

    Bundan tashqari, ishqibozlardan shubhali narsalar, shuningdek, jamoat tartibini buzish holatlari aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari xodimlariga yoki Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga xabar berish so‘ralgan.

    “Hurmatli muxlislar! Sizlarni madaniyatga chaqiramiz: o‘yinning borishidan, urilgan gollar yoki o‘tkazib yuborilgan gollar sonidan qat’i nazar, odobsiz so‘zlarni ishlatmang va bundan tashqari tartibsizliklarga olib keladigan chaqiriqlar, o‘yinning boshqa ishtirokchilariga nisbatan hurmatsizlik qilmang.

    Jamoat tartibini buzish, tosh va boshqa narsalarni otish, haddan tashqari his-tuyg‘ularni ushlab turolmaslik va bundan tashqari, hujum bilan nizo qo‘zg‘atish sportchilar uchun yordam emasligini yodda tuting. Qolaversa, muxlislarning xulq-atvori sportchilarimizga va umuman davlatga bo‘lgan munosabatga bevosita ta’sir qiladi”, — deyiladi xabarda.

    Shuningdek, Milliy gvardiya axborot xizmati bezorilik, jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, Ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik tegishli tartibda javobgarlikka tortilishi haqida eslatib o‘tgan.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi U-23 Osiyo Kubogi finali “Bunyodkor” stadionida, 19-iyun kuni soat 18:00 da boshlanadi. Final uchrashuviga kirish 14:00 dan boshlanadi. Shu munosabat bilan stadioniga tutash ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi.

    Chiptalar sotuvidagi ajiotaj haqida

    17-iyun kuni “Daryo” muxbiri final o‘yiniga chipta xarid qilish uchun minglab muxlislar “Bunyodkor” stadioni atrofida to‘plangani haqida xabar bergandi. Chiptaxona oldida uzun navbatlar yuzaga kelgandi. Chiptaxona juda katta tanaffuslar bilan oz miqdordagi chiptalarni sotgan. Muxlislar yopiq chiptaxonaga navbatda turgan vaqtda chayqovchilar hech qanday taqiqsiz oldi-sotdi bilan shug‘ullandi. Kassada 25 ming so‘m bo‘lgan chiptalar “qo‘lda” 100—150 mingdan sotildi. Markaziy sektorlar uchun belgilangan chiptalar esa 400—500 ming so‘mdan sotildi.

    Shu kuni 19:00 larga yaqin chiptaxona yopilgani ma’lum qilindi va tartibsizlik kuchayib ketdi. Shundan so‘ng Milliy gvardiya xodimlari chiptaxona atrofini muxlislardan “tozaladi”. Milliy gvardiya xodimlari buning uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangani aytilgandi. Biroq Milliy gvardiya bunday ma’lumotlarni inkor etdi va “stadioni kassalari oldida tartibni saqlash uchun hech qanday kuch ishlatish yoki maxsus vositalardan foydalanilmaganini” ma’lum qildi.

    O‘FA media departamenti rahbari Davron Fayziyev holatga munosabat bildirib, iTicket.uz onlayn platformasi tomonidan va “Bunyodkor” stadioni kassalarida chiptalar sotuvi boshlangani, biroq stadion atrofida chayqovchilar tufayli tartibsizliklar yuzaga kelganini bildirgan.

    19.06.2022, 10:01   Izoh (0)   24054
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 19-iyun kuni shamol tezligi kuchayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    19.06.2022, 09:44

    Farg‘onada uyining tomorqasida 125 tup ko‘knori parvarishlab kelgan ayol ushlandi

    19.06.2022, 09:14

    Sergelida aholidan kommunal to‘lovlar uchun yig‘ilgan qariyb 100 mln so‘mni talon-toroj qilgan shirkat aniqlandi

    19.06.2022, 08:46

    Osmondagi super Oy, ochiq osmon ostidagi guruch ombori, ov qilayotgan chag‘alaylar. Hafta suratlari

    19.06.2022, 00:16

    O‘zbekistondagi bog‘cha bolalariga mo‘ljallangan ekologik ta’lim va tarbiya dasturi ishlab chiqildi

    19.06.2022, 00:03

    “Dehqonobodda xonadonlarga ichimlik suvi quvuri tortilyapti, ammo tumanda santexnik yo‘q”. Zoir Aliqulov kasb-hunar maktablari ehtiyojdan kelib chiqib kadr tayyorl...

    18.06.2022, 23:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03

    Og‘ir jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan 3 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 21:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.