“SSKA” sharafini himoya qilayotgan Abbosbek Fayzullayev Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada ishtirok etishi haqidagi savolga javob berdi.
“Bu O‘zbekiston uchun tarixiy natija. Jamoaning bir qismi ekanligimdan faxrlanaman. Odamlarga katta quvonch olib keldik.
Finalda o‘ynamadim? Federatsiya va klubning o‘zaro kelishuvini hurmat qilaman. O‘ynashni xohlagandim, lekin bitimda bunday band yo‘q edi.
Olimpiadada ishtirok etamanmi? Hozircha buni muhokama qilmadik. Hozir bor e’tiborimni “SSKA”ga qaratganman. Kubokni yutmoqchimiz, “Zenit”ni mag‘lub eta olamiz. Kubok yoki chempionat, farqi yo‘q. Muhimi, finalga chiqa olish, albatta, chempionatni unutmagan holda”, — deydi Abbosbek.
Fayzullayev U-23 Osiyo Kubogining guruh bosqichi 3-turi oldidan terma jamoa ixtiyoriga borib qo‘shilgandi. Shundan so‘ng Vyetnam (3:0), Saudiya Arabistoni (2:0) va Indoneziyaga (2:0) qarshi o‘yinlarda maydonga tushib, final oldidan “SSKA” tarkibiga qaytib ketgan edi.
Izoh (0)