Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq va quruq havo oqimlari kirib kelishi davom etadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Prognozlarga ko‘ra, 18—20-iyul kunlari kunduzi harorat 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 44-45 darajagacha ko‘tariladi.
Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida dam olish kunlari issiq biroz pasayishi kutilmoqda. Yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kunduzi 35-38 darajani tashkil etadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda asosan bulutsiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kechalari 24-27 daraja, kunduz kunlari 40-43 daraja atrofida bo‘ladi.
“O‘zgidromet” haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayishini prognoz qilgandi. 18—19-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi davom etishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli, Taxiatosh va Qorao‘zak tumanlarida jazirama issiq tufayli maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi.
Izoh (0)