Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Prognozlarga ko‘ra, 12—13-iyul kunlari ko‘pchilik viloyatlarda kunduzgi harorat 35-38 darajani tashkil etadi. Kechalari harorat asosan 18-23 daraja bo‘ladi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 20-23 daraja, kunduz kunlari 12—13-iyulda 35-38 daraja bo‘ladi.
Oy oxirigacha harorat asosan 36-39 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)