Futbol bo‘yicha jahon chempioni Bastian Shvaynshtayger hamda sobiq dunyoning birinchi raqamli raketkasi Ana Ivanovich to‘qqiz yillik turmushdan so‘ng ajrashgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Spiegel nashri xabar berdi.

Ushbu ma’lumotni Ivanovichning yuristi tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ajrimga asosiy sabab — “bartaraf etib bo‘lmaydigan kelishmovchiliklar” bo‘lgan. Boshqa tafsilotlarni esa oshkor qilishdan bosh tortgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 37 yoshli Ivanovich va 40 yoshli Shvaynshtayger 2025-yilning fevral oyida rasman ajrashgan bo‘lib, Ana hozirda o‘zining vatani Belgradda uch nafar o‘g‘li — Luka, Leon va Teo bilan birga hayot kechirmoqda. Shvaynshtayger esa so‘nggi paytlarda ish yuzasidan ko‘plab safarlarda bo‘lib turgan bo‘lsa-da, bo‘sh vaqtlarida Myunxenda istiqomat qiladi.
Sportchilar 2016-yil iyul oyida turmush qurishgan edi. Ularning o‘g‘illari: Luka — 7 yoshda, Leon — 4 yoshda va kenja farzand Teo — 1 yoshda.
Izoh (0)