Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 2-iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 22,17 so‘mga ko‘tarilib, 12 790,43 so‘m bo‘ldi;
- yevro 86,40 so‘mga oshib, 14 486,44 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,03 so‘mga pastlab, 162,60 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar rasmiy kursi ketma-ket uch kun pastlab, 12 768,26 so‘m bo‘lgandi.
Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning yozishicha, so‘nggi 4-5 oydagi global tendensiyalardan ko‘rish mumkinki, dollarning umumiy qadrsizlanishi kuzatilmoqda. Yil boshidan buyon dollar indeksi 9 foizdan ko‘proq qadrini yo‘qotdi.
Izoh (0)