Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 12-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 29,80 so‘mga tushib, 12 880,35 so‘m bo‘ldi;
- yevro 125,30 so‘mga pastlab, 14 535,47 so‘m bo‘ldi;
- rubl 3,10 so‘mga pastlab, 156,68 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun pastlab, so‘m bo‘lgandi. Ushbu valyuta kursi so‘nggi marta 23-aprel kuni 12 900 so‘mdan tushgandi.
2024-yilda so‘m nominal kursi dollarga nisbatan 4,7 foizga qadrsizlangan. 2023-yilda so‘m AQSH valyutasiga nisbatan 9,7 foizga, 2022-yilda 3,94 foizga zaiflashgandi.
Izoh (0)