Turk romantik komediyalari va melodramalari muxlislar sevadigan turdizilarning alohida toifasidir. Shu munosabat bilan Box Office Türkiye portali so‘nggi o‘n yil ichida eng ko‘p tomosha qilingan turdizi loyihalarining reytingini tuzdi.
“Ijaraga olingan sevgi” (2019)
- Turkiyadagi reytingi 8,3
- Bosh rollarda: Barish Arduch, Elchin Sangu, Solih Bademji va boshqalar.
Omer — muvaffaqiyatli biznesmen, u uylanishga shoshilmaydi va bu qarindoshlarini juda xafa qiladi. Shu sababli qahramonning ammasi Omer uchun go‘zal qiz bilan uchrashuv uyushtiradi, ammo qiz bo‘lajak kuyovni hayratda qoldira olmaydi. Omer bu yoqimsiz uchrashuvdan qochmoqchi bo‘lib, Defne ismli notanish ofitsiant qizni o‘pib qo‘yadi. Ayol Defnega bitim tuzishni taklif qiladi va jiddiy oilaviy muammolari tufayli u rozi bo‘ladi, buning oqibatlarini tasavvur ham qilmaydi.
“To‘rg‘ay” (2018)
- Turkiyadagi reytingi 7,9
- Bosh rollarda: Jan Yaman, Demet O‘zdemir, O‘znur Sercheler va boshqalar.
Sanem — kitob yozishni va orolda yashashni orzu qiluvchi yosh qiz. Biroq ota-onasi unga qat’iy talab qo‘yadi: yo ish topishi, yo turmushga chiqishi kerak. Sanem birinchi yo‘lni tanlaydi va opasi ishlaydigan agentlikka ishga joylashadi. Ayni shu paytda firma egasi nafaqaga chiqishga qaror qiladi va boshqaruvni o‘g‘illariga topshiradi. Sanem janob Azizning katta o‘g‘li — Jan bilan tasodifiy uchrashib qoladi.
“Olcha mavsumi” (2014)
- Turkiyadagi reytingi 6,5
- Bosh rollarda: O‘zge Gyurel, Serkan Chayog‘lu, Nilperi Shohinkaya va boshqalar.
Oyku dizayner bo‘lishni orzu qiladi, shuningdek, u bolaligidanoq dugonasining akasi Metega ko‘ngil qo‘ygan. Yigit unga e’tibor bermaydi va boshqa qiz bilan munosabat o‘rnatishga urinadi. Shunday vaziyatda Oyku birinchi ko‘rishdayoq unga mehr qo‘ygan tadbirkor Ayaz bilan tanishib qoladi. U bilan uchrashgach, bosh qahramonning hayoti butunlay o‘zgaradi va u Metega bo‘lgan hislarining shunchaki bolalikdagi muhabbat ekanini anglab yetadi.
“Gunesh qizlari” (2015)
- Turkiyadagi reytingi 6,2
- Bosh rollarda: Evrim Alasya, Xande Erchel, Burju O‘zberk va boshqalar.
Gunesh uch qizini yolg‘iz tarbiyalayotgan o‘qituvchi ayol. Taqdir uni tadbirkor Xaluk Mertog‘lu bilan uchrashtiradi. Ularning munosabatlari tez rivojlanib, Gunesh unga turmushga chiqishga rozi bo‘ladi va qizlari bilan birga Izmirdan Istanbulga, Xalukning uyiga ko‘chib o‘tadi. Biroq tez orada Xaluk yaxshi odam emasligi ma’lum bo‘ladi.
“Qulupnay hidi” (2015)
- Turkiyadagi reytingi 6,0
- Bosh rollarda: Demet O‘zdemir, Yusuf Chim, Ekin Mert Daymaz va boshqalar.
Asli bolaligidanoq muvaffaqiyatli va mashhur qandolatchi bo‘lishni orzu qilardi. Bir kuni taqdir uni badavlat oilaning erkatoy vorisi Burak bilan to‘qnashtiradi. Ularning birinchi uchrashuvidan so‘ng Asli yangi ish qidirishga majbur bo‘ladi. Yaxshiroq ish izlab, u dugonasi bilan Bodrumga yo‘l oladi va u yerda nufuzli mehmonxonada ishlashni rejalashtiradi.
“To‘lin oy” (2017)
- Turkiyadagi reytingi 5,9
- Bosh rollarda: Jan Yaman, Ozge Gurel, Xoqon Kurtash va boshqalar.
Ferit sevib qolishdan qo‘rqadigan muvaffaqiyatli tadbirkor. Bir kuni u o‘z restoranini ochish orzusidagi yosh talaba Nazlini oshpaz sifatida ishga oladi. Dastlab ular bir-biriga mutlaqo zid ko‘rinsa-da, vaqt o‘tishi bilan yaqinlasha boshlaydi va hatto sevgi rishtalarini bog‘laydilar. Biroq ularning muhabbati imkonsiz, ammo bu ijtimoiy mavqe tufayli emas.
Izoh (0)