Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi O‘zbekiston maktablarida qishki ta’til 29-dekabrdan boshlanishini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, ota-onalar, o‘quvchilar va pedagoglarga qulaylik yaratish hamda o‘quv jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash maqsadida qishki ta’til kunlari 2024-yil 29-dekabrdan boshlanib, 2025-yil 11-yanvarga qadar davom etadi.
Bunda maktablarda 2025-yil 11-yanvar (shanba) kuniga belgilangan darslar 2024-yil 28-dekabr (shanba) kuniga o‘tkaziladi hamda o‘quv yilining 3-choragi 2025-yil 13-yanvar (dushanba)dan boshlanadi.
Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar o‘quvchilariga 2024/2025-o‘quv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi. Darslar 8-yanvar, chorshanbadan boshlanadi.
Izoh (0)