• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Musiqa Shou-biznes

    Ozoda Nursaidova, Hamdam Sobirov va Lola. “O‘zbegim — 2024” mukofoti qaysi san’atkorlarga nasib etdi? (video)

    Kuni kecha muhtasham “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida “O‘zbekkonsert” tomonidan ilk marotaba o‘tkazilgan “O‘zbegim — 2024” milliy taqdimotining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

    “O‘zbegim — 2024” taqdirlash marosimi yosh va iqtidorli ijrochilarni, estrada xonandalarini qo‘llab-quvvatlash, qo‘shiqlarning badiiy saviyasini ham oshirishga qaratilgan qadam bo‘ldi. Yil davomida o‘z ijodi bilan xalq qalbidan joy olgan bir qator ijodkorlar 11 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlandi. Bundan tashqari maxsus rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar bo‘yicha ham mukofotlar topshirildi.

    Foto: “O‘zbekkonsert” matbuot xizmati
    Foto: “O‘zbekkonsert” matbuot xizmati

    Yorqin lahzalarga boy o‘tgan tadbirda Jamshid Umrzoqov va Laziza Nozimxonova boshlovchilik qildi.

    Foto: “O‘zbekkonsert” matbuot xizmati
    Yilning “eng yaxshi”lari muxlislar yo‘llagan bevosita ovozlar orqali ma’lum bo‘lgan.

    “Yilning eng faol ijodkori”

    Nomzodlikka uch san’atkor qo‘yilgan — Ulug‘bek Rahmatullayev, Hamdam Sobirov, Muhammadziyo. Taqdirlash marosimida muxlislarining bergan ovozi orqali “Yilning eng faol ijodkori” nominatsiyasi Muhammadziyoga nasib qildi.

    Foto: “Daryo” / Avaz Avlayev

    “Yilning eng yaxshi ayol xonandasi”

    Nomzodi qo‘yilgan uchala xonanda ham mukofotga loyiq, albatta, — Rayhon, Ozoda Nursaidova hamda Munisa Rizayeva. Muxlislarning e’tirofi bilan mazkur nominatsiyani Ozoda Nursaidova qo‘lga kiritdi. Shubhasiz, bu yil xonanda uchun sermahsul va omadli yil bo‘lib, qator taronalari xit darajasiga yetdi.

    Foto: “O‘zbekkonsert” matbuot xizmati
    Foto: “Daryo” / Avaz Avlayev

    “Yilning eng yaxshi erkak xonandasi”

    Nomzodlar ro‘yxatida ijodda bir-biridan o‘tuvchi xonandalar joy olgan — Botir Qodirov, Shohruhxon va Hamdam Sobirov. Mukofot qo‘shiqlari xalq qalbidan joy olib kelayotgan, estradada retro uslubida ijod qilishni boshlab bergan Hamdam Sobirovga nasib etdi. 

    Foto: “O‘zbekkonsert” matbuot xizmati
    Foto: “Daryo” / Avaz Avlayev

    “Yilning eng yaxshi so‘z ustasi”

    Taqdirlash marosimlarida ilk bora so‘z ustalari uchun ham nominatsiya tashkil etilgani alohida e’tirofga loyiq, albatta. Mazkur nominatsiyadagi so‘z ustalari va qiziqchilarni siz yaxshi taniysiz — Jamshid Normatov, Avaz Oxun va Elmurod Haqnazarov. Muxlislarning e’tirofi bilan bu mukofotga ijodiga 11 yil to‘lgan so‘z ustasi Avaz Oxun loyiq deb topildi.

    Foto: “O‘zbekkonsert” matbuot xizmati
    Foto: “Daryo” / Avaz Avlayev

    “Yilning eng yaxshi shou-konserti”

    Xonandalar orasida shou-konsert berish anchayin ommalashgan. Yil boshida Rayhon va Shohruhxon shou-konsertini muxlislar e’tiboriga taqdim etgan bo‘lsa, kuz oylarida 6 yillik ijodiy tanaffusdan so‘ng Lola “bomba” atmosferada o‘z konsertini o‘tkazdi. Mukofot ham eng yaxshi shou uchun Lolaga nasib etdi. Xonandaga mukofotni ustoz san’atkor Yodgor Sa’diyev topshirdi.

    Foto: “O‘zbekkonsert” matbuot xizmati
    Foto: “Daryo” / Avaz Avlayev

    “Yil qo‘shig‘i”

    2024-yil o‘zbek estradasida anchayin sermahsul yil bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. O‘zbekcha kuy-qo‘shiqlar jahon arenalarida ham yangradi, YouTubeda eng ko‘p ko‘rishlar soniga ham ega bo‘ldi — bir so‘z bilan aytganda “trend” qo‘shiqlarning keti uzilmadi. “Yil qo‘shig‘i” nominatsiyasiga Botir Qodirovning “Sevgisi yolg‘onim” taronasi, Ozoda Nursaidovaning “Javohir”i hamda Otabek Muhammadzohidning “Sendaqasi yo‘q” qo‘shig‘i qo‘yildi. Yig‘ilgan ovozlar natijasiga ko‘ra “Javohir” qo‘shig‘i mukofotga loyiq deb topildi.

    Foto: “O‘zbekkonsert” matbuot xizmati

    “Yilning eng yaxshi estrada guruhi”

    O‘zbek estrada guruhlaridan kimlar e’tirofga loyiq deb hisoblaysiz? “Setora”, “Benom” hamda “Bojalar” — har birining o‘z tinglovchisi va muxlislari yetarlicha. 2024-yilda haqiqatdan ham tinmay ijod qilgan, jonli ijroda ikki marotaba konsert bergan “Benom” guruhi tomoshabinlar bergan ovozi orqali ushbu nominatsiya g‘olibi deya topildi.

    Foto: “Daryo” / Nurken Tursunov
    Foto: “Daryo” / Nurken Tursunov

    “Estradamiz nostalgiyasi”

    Bu noodatiy nominatsiyaga uch erkak san’atkor — Anvar Sanayev, “Sahar” guruhi solisti Anvar Jo‘rayev hamda Dj Piligrim taxallusi bilan ijod qiluvchi Ilhom Yo‘lchiyev nomzodi qo‘yildi. O‘zbek estradasi nostalgiyasi ruhini beruvchi san’atkor sifatida tinglovchilar ovozi orqali Dj Piligrim “Estradamiz nostalgiyasi” mukofotini qo‘lga kiritdi!

    Foto: Instagram

    “Yil yangi ovozi”

    Yosh va iste’dodli qo‘shiqchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Yil yangi ovozi” nominatsiyasi ta’sis etildi. Nomzodlikka qo‘yilgan Shahzod Ergashev, Ruxsora Otajonova va Akmalxo‘ja Xolxo‘jayev orasidan Shahzod Ergashev mukofotga loyiq deb topildi.

    Foto: “O‘zbekkonsert” matbuot xizmati

    “Vatanparvarlik tarannumi uchun”

    Ushbu nominatsiyaga uch nafar eng yaxshi xonandaning qo‘shiqlari bilan nomzodi qo‘yildi. G‘ulomjon Yoqubov, Sevara Nazarxon va Milena Madmusayeva vatan haqidagi eng yaxshi qo‘shig‘i uchun “bellashdi”. Mukofot noodatiy ijodiy yo‘li bilan ko‘plarning qalbidan joy olgan Sevara Nazarxonga nasib etdi.

    Foto: “O‘zbekkonsert” matbuot xizmati
    Foto: “Daryo” / Avaz Avlayev

    Shu jumladan, “O‘zbekkonsert” e’tirofi” bo‘yicha xonanda Imron, “Madaniy tadbirlardagi faolligi uchun” Jahongir Poziljonov, “O‘zbek estrada san’ati rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” Rayhon G‘aniyeva, “Millat kuychisi” e’tirofiga Farrux Zokirov va G‘ulomjon Yoqubov munosib deb ko‘rildi.

    Foto: “O‘zbekkonsert” matbuot xizmati
    Foto: “O‘zbekkonsert” matbuot xizmati
    Foto: “O‘zbekkonsert” matbuot xizmati

    Tadbirga ishtirokchi va mehmon sifatida tashrif buyurgan har bir xonanda o‘z repertuaridagi eng sara qo‘shiqlari bilan yorqin chiqishlar qildi. Taqdirlash marosimi yuqori kayfiyat va bayramona ruhda o‘tdi.

    Taqdirlash marosimi to‘liq holda Daryo Lifestyle YouTube kanalida tomosha qilib, yilning eng yaxshilarini bilib olishingiz mumkin.

    26.12.2024, 21:11   Izoh (0)   24234
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #taqdirlash marosimi#Hamdam Sobirov#Ozoda Nursaidova#Lola#Rayhon#Shohruhxon
    Komila Qalandarova

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Isitmalagan holda sahnaga chiqqan Munisa, Liil Xurramovning ilk katta mukofoti. “Mavsum xitlari-2022” taqdimot marosimidan reportaj (video)

    18.12.2022, 15:05

    Hande Erchel AQSH sayohatida, Kivanch Tatlitug‘ Turkiyani tark etadimi? Turk kinosi yangiliklari

    08.11.2024, 15:28

    O‘zbekistonlik bir qator faollar “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

    15.11.2024, 17:55

    “Oskar”mukofotidan voz kechgan va taqdirlash marosimiga kelmagan jahon yulduzlari

    18.11.2024, 18:15

    Toshkentda 2027-yili qilichbozlik bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkaziladi

    03.12.2024, 16:58

    Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov “yilning eng yaxshi erkak sportchisi” deb topildi

    04.12.2024, 20:45

    2024-yilning eng yaxshi filmlari ro‘yxati e’lon qilindi 

    10.12.2024, 10:30

    Putin Ramzan Qodirovni yana orden bilan mukofotladi 

    13.12.2024, 22:04

    Abbosbek Fayzullayev — eng yaxshi o‘yinchi, Timur Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘FA yil laureatlarini aniqladi (foto)

    14.12.2024, 17:25

    Vinisius The Best sovrinini qo‘lga kiritishi aytilmoqda

    17.12.2024, 20:25

    Rejissyor Kristofer Nolan Britaniya qiroli tomonidan ritsarlik unvoni bilan taqdirlandi (video)

    23.12.2024, 11:35

    Abduqodir Husanov eng yosh, Hasanboy eng yaxshi erkak sportchi, Keldiyorova eng yaxshi ayol sportchi — o‘zbek sportida yilning eng yaxshilari aniqlandi

    23.12.2024, 16:38

    O‘zini 62 mln so‘m bilan mukofotlagan Yashnobod hokimi, o‘zbek sportida aniqlangan yilning eng yaxshilari, to‘lov miqdori kamaytirilgan ayrim ro‘yxatdan o‘tkazish

    23.12.2024, 23:21
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda 13 yoshli bola 3 yashar ukasini sho‘xligi uchun OLX’da sotuvga qo‘ydi (foto)

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:45

    Toshkentda uyida 1,5 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand vositalarni saqlayotgan fuqaro ushlandi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 26-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:01

    Fitch xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston kredit reytingini “BB-” dan “BB” darajasiga oshirdi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:45

    Markaziy Afrikada transformator portlashi oqibatida 29 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyun, 22:30

    Shavkat Mirziyoyev Belarusga yetib bordi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:22

    Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlanishi oqibatida qariyb yarim mlrd so‘m zarar yetkazildi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:10

    Superliga. “Andijon” kambek qilib, “Xorazm”ni mag‘lub etdi

    Sport | 26 iyun, 22:10

    Tramp Netanyaxuga qarshi ishni darhol to‘xtatishni talab qildi

    Dunyo | 26 iyun, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.