O‘zbekiston hududida 6-iyul kuni soat 20:16 da zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Zilzila episentri Toshkentdan 533 km janubiy-g'arbda. Episentrda sezilish kuchi 4 ballni, magnituda 3,7 ballni tashkil etgan. Buxoroda sezilish kuchi quyidagicha:
- Gazli shahrida 2 ball, 36 km.
- Qorakol tumanida 2 ball, 49 km.
- Peshko‘ tumanida 2 ball, 52 km.
O‘zbekistondan bundan avval 19-iyun kuni yer silkinishi qayd etilgandi. O‘shanda zilzila Uchqo‘rg‘on tumanida qayd etilib, 2 ballni tashkil etgan, Magnituda esa 2,9 bo‘lgandi.
Izoh (0)