Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 2-iyul kuni davlat tashrifi bilan Boku shahriga keldi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, Haydar Aliyev nomidagi aeroportda davlat rahbarini Ozarbayjon bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.





Tashrif dasturiga muvofiq, 2—3-iyul kunlari Boku shahrida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi va boshqa oliy darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston prezidenti 4-iyul kuni Xonkendi shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etadi va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti 2023-yil noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgandi.
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga so‘nggi marta 2024-yil noyabrida amaliy tashrif bilan borgandi. Davlat rahbari Boku shahrida BMTning Butunjahon iqlim sammitida ishtirok etgandi.
Izoh (0)