O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga 13-iyun kuni ogohlantirish bilan chiqdi.

Unda fuqarolar tezkor ehtiyot choralarini ko‘rishi qat’iy tavsiya qilingan. Raketa hujumlari paytida tezlik bilan bomba boshpanalariga kirish, Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib borish, Isroil frontorti qo‘mondonligi bildirishnomalari va ogohlantirishlariga amal qilish, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va elchixonaning aloqa ma’lumotlarini doimo birga olib yurish so‘ralmoqda.
Shoshilinch yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qilish mumkin:
Favqulodda yordam telefonlari:
- 03-672-2466
- 03-672-2371
- 03-758-5075
- 03-758-5076
Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun:
- 054 485 1397
Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz
Isroil 13-iyunga o‘tar kechasi Eronga yirik ko‘lamda hujum uyushtirib, mamlakat yadroviy dasturining asosiy obyektlari va yuqori martabali harbiy rahbarlarini nishonga oldi. Isroil keyingi harakatlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘n minglab askarlarni jalb qilayotgani ta’kidlangan. Mamlakat favqulodda holat e’lon qilib, havo hududini yopdi. Isroil Erondan javob hujumini kutmoqda.
Eron Isroil hujumlariga qat’iy javob qaytarishni va’da berdi. “Dushmanlar qurolli kuchlardan qat’iy javob kutsin. Qurolli kuchlarimiz bunga har tomonlama tayyor va albatta qat’iy javob beradi”, degan Eron qurolli kuchlari generali Abolfazl Shekarchi.
Izoh (0)