• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12777.52
    • RUB161.54
    • EUR14590.65
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda uy-joylar asl narxidan 17 foiz qimmatligi maʼlum qilindi

    Markaziy bank 2024-yilga oid Moliyaviy barqarorlik ko‘chmas mulk bozori qanday o‘zgarayotganini tahlil qildi. Qayd etilishicha, mamlakatda uy-joylar narxi o‘sishi to‘xtagan bo‘lsa-da, qiymat hali ham yuqori.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Uylar asl narxidan qimmatligicha qolmoqda

    2024-yilda O‘zbekistonda uylar narxlari keskin o‘smadi, lekin bozordagi narxlar hali ham uylarning asli (fundamental) qiymatidan 17 foiz yuqori. O‘tgan yili uy narxlari yillik o‘sish surʼati 18,2 foizni tashkil etdi, biroq bu 2023-yildagidan 14,2 foizga kam.

    Tahlil qilinishicha, banklarda ipoteka krediti berish shartlari qiyinlashgani va aholining real daromadiga mos narxlar shakllana boshlashi tufayli talab pasaygan.

    Yil davomida ipoteka kreditlari qimmatlashib, foizlari oshdi. Qarzni to‘lash muddati qisqartirilgani hisobiga ipoteka kreditlari uchun xizmat ko‘rsatish xarajatlari o‘sgan. Natijada oylik to‘lov qiymati ko‘tarilib, odamlarda kreditga uy olish imkoni toraygan.

    Yil davomida o‘rtacha ish haqi 17,8 foiz o‘sgan bo‘lsa, ipoteka to‘lovlari miqdori 44 foizga ko‘tarilgan. Buning taʼsirida odamlarning uy olish qobiliyati 27 foizga pasaygan.

    Uy-joy sotib olish kamaydi

    O‘tgan yili respublikada jami 329 mingta uy sotilgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yildagiga qaraganda 2,2 foiz kam. Mazkur pasayishga ipoteka olishdagi cheklovlar va bozordagi narxlarning qisman reallashuvi sabab bo‘lgan.

    2023-yil yakunida O‘zbekistonda jami 7,5 millionta uy-joy bo‘lgan. Bu aholining har 5 nafariga 1 ta uy to‘g‘ri kelishini anglatadi.

    2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, banklardagi kreditlarning 13 foizi ipotekaga to‘g‘ri kelgan. Markaziy bank sharhiga qaraganda, bu ko‘rsatkich banklar uchun katta xatar yaratmaydi.

    Ipoteka kreditlari bilan bog‘liq vaziyat

    O‘tgan yili aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari miqdori 17,1 trln so‘mni tashkil etdi. Shundan 92 foizi uy-joy sotib olishga sarflangan. Yil davomida ajratilgan ipoteka kreditlari soni 58,9 mingtani tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 14 foizga kamaygan.

    “Mamlakatning mehnatga layoqatli yoshdagi doimiy aholisi tarkibida ipoteka krediti mavjud jismoniy shaxslar ulushining o‘sish surʼatida ham sekinlashish kuzatilgan. Jumladan, 2024-yil yakunida har mingta mehnatga layoqatli yoshdagi doimiy aholiga to‘g‘ri keladigan ipoteka krediti oluvchilar soni 18 kishini tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 7 foizga o‘sgan. Shuningdek, 2024-yilda har mingta mehnatga layoqatli yoshdagi doimiy aholiga to‘g‘ri keladigan ipoteka krediti oluvchilar sonining o‘sish surʼati 2023-yilga nisbatan 4 foiz bandga kamaygan”, deya maʼlum qilgan Markaziy bank.

    O‘tgan yilda aholiga ajratilgan ipoteka kreditlarining o‘rtacha miqdori 291 mln so‘mni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 18 foizga oshdi. Bunda uy-joy bozor narxlarining o‘sishi ajratilgan ipoteka kreditlari o‘rtacha miqdorining ortishiga taʼsir ko‘rsatdi.

    “Banklar tomonidan ipoteka krediti ajratish standartlari biroz qatʼiylashdi. 2024-yilda ajratilgan ipoteka kreditlarining o‘rtacha tortilgan so‘ndirish muddati 16,6 yilni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 0,8 yilga qisqardi”, deya qayd etgan regulyator.

    Hisob-kitoblarga qaraganda, 2024-yilda o‘rtacha tortilgan ipoteka krediti foiz stavkasi 0,5 foizga ortib, 19,8 foizni tashkil etgan.

    Sharhlanishicha, banklar ipoteka berish talablarini qatʼiylashtirgani ikki tomonlama taʼsir qilmoqda. Bir tomondan, kredit olish va uni to‘lash qiyinlashgani uchun odamlar uchun uy olish imkoniyati kamaydi. Ikkinchi tomondan, shunday qatʼiy talablar banklar uchun xavfni (yaʼni odamlar kreditni to‘lamay qo‘yishi ehtimolini) kamaytiradi.

    7 iyun, 11:16   Izoh (0)   2221
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #uy-joy#ipoteka kreditlari#Moliyaviy barqarorlik#narxlar#talab#taklif

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasini tasdiqladi

    07.02.2017, 19:41

    O‘zbekistonda uy-joy narxlari nega tez oshmoqda? Markaziy bank izoh berdi

    29.05.2024, 16:45

    O‘zbekistonda buzilayotgan uy-joyning bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi

    24 fevral, 12:55

    Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli sanasi e’lon qilindi

    24 fevral, 11:48

    Chet elda vaqtincha ishlayotganlarga ham O‘zbekistonda ipoteka olish imkoni beriladi

    25 fevral, 11:03

    Davlat ipoteka krediti foizi pasaydi

    5 mart, 18:15

    O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimi joriy etiladi 

    5 mart, 20:00

    Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga tengligi aniqlandi 

    14 mart, 16:28

    Toshkentda o‘rtacha ta‘mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari pasayishda davom etmoqda – tahlil

    15 mart, 18:50

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi 

    8 may, 22:05

    Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik aprel oyida barqaror tiklandi — tahlil

    17 may, 18:00

    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz

    20 may, 13:30

    O‘zbekistondagi jami “dom”lar soni maʼlum bo‘ldi

    20 may, 19:50

    Toshkent Markaziy Osiyodagi top-3 ta shahar qatoriga kirdi

    30 may, 14:35

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    31 may, 11:40

    Nigeriyada suv toshqini oqibatida kamida 88 kishi halok bo‘ldi

    30 may, 20:45

    Jarima ballari, talabalarga maxsus stipendiya, vizasiz rejim: 1-iyundan kuchga kirgan asosiy o‘zgarishlar

    1 iyun, 15:42

    “Dunyo go‘zali” tanlovida ilk bor tailandlik qiz Opal Suchatu Chuangstri g‘olib bo‘ldi

    2 iyun, 09:58

    Oylikning yarmi kreditga ketmoqda: Markaziy bank aholi qarz to‘lolmay qolishidan xavotir bildirdi

    2 iyun, 16:22

    Yaponiyaliklar 45 soatda uy qurishni o‘rganib oldi (video)

    3 iyun, 12:45

    “Buning uyatli joyi yo‘q”. Jamshid Qo‘chqorov davlat nega qarz olayotganiga izoh berdi

    3 iyun, 14:50

    O‘zbekistonda kadastr pasportlarini berish muddatlari uzaytirildi

    4 iyun, 10:33

    Byudjetdan nafaqa va ish haqiga to‘lovlar kamayib, davlat qarzi foizlari va boshqaruv chiqimlari ko‘paytirildi

    4 iyun, 14:01
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston va Shvetsiya onkologik kasalliklarga qarshi kurashishda hamkorlik qiladi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 09:15

    Fransiya Ukrainada dron ishlab chiqaradi

    Dunyo | 9 iyun, 08:54

    Millatlar Ligasi. Ronaldu va Portugaliya finalda Ispaniyani mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi (video)

    Sport | 9 iyun, 08:02

    Amerika aviakompaniyalari samolyotlarda Starlink xizmatini o‘chira boshladi

    Dunyo | 8 iyun, 23:55

    AQSH va Xitoy savdo bojlari borasida Londonda uchrashuv o‘tkazadi

    Dunyo | 8 iyun, 23:05

    Fransiya Germaniyani mag‘lub etib Millatlar Ligasi bronza medalini qo‘lga kiritdi

    Sport | 8 iyun, 22:38

    Fransiyada elektroskuter sabab yuzaga kelgan yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 8 iyun, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.