Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi “Benfika” — “Chelsi” uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqarli va gollarga boy kechgan bellashuvda londonliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvdagi hisob 64-daqiqada Ris Jeyms tomonidan ochildi. 90+5-daqiqada esa Anxel Di Mariya penaltidan gol urib, muvozanatni tikladi. Natijada o‘yin qo‘shimcha bo‘limlarga cho‘zildi.
108-daqiqada Kristofer Nkunku “Chelsi”ning ikkinchi golini kiritdi. 114-daqiqada esa Pedru Netu hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Kirnan Dyusberi-Hol to‘rtinchi golga mualliflik qilib, londonliklarning yirik hisobdagi g‘alabasini mustahkamladi.
Mazkur natija o‘yin yakunigacha o‘zgarmadi va “Chelsi” chorak final bosqichiga yo‘l oldi.
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati
1/8 final bosqichi
29-iyun, yakshanba
“Benfika” — “Chelsi” 1:4
Gollar: 0:1 — Jeyms (64), 1:1 — Di Mariya (90+5, penalti), 1:2 — Nkunku (108), 1:3 — Pedru (114), 1:4 — Hol (117).
Izoh (0)