“Manchester Siti” himoyachisi Manuel Akanji yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Turkiyaning “Galatasaroy” klubi 30 yoshli shveytsariyalik futbolchini xarid qilish uchun inglizlarga rasmiy taklif yuborgan. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Manbada ta’kidlanishicha, “shaharliklar” Akanjini qo‘yib yuborishga tayyor, biroq “Galatasaroy” tomonidan taklif qilingan summa rahbariyatni qoniqtirmayapti. Agar istanbulliklar futbolchi uchun so‘ralgan summani taqdim etsa, “Manchester Siti” bu transferga ruxsat berishi mumkin.
“Galatasaroy” muzokaralarni davom ettirmoqda. Turkiyada transfer oynasi 12-sentyabr kuni yakunlanadi, ammo jamoa 2-sentyabrga qadar Chempionlar Ligasi uchun qaydnomasini topshirishi kerak. Shu sababli ular imkon qadar tezroq transferni yakunlashga harakat qilmoqda.
Manuel Akanji “Manchester Siti” safida 2022-yildan beri to‘p suradi. Himoyachi o‘tgan mavsum barcha musobaqalar doirasida jami 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
- Futbolchining “shaharliklar” bilan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.
- Transfermarkt portali Manuelning qiymatini 28 million yevroga baholagan.
Izoh (0)