Turkiya Superligasi 2-turi doirasida “Bashakshehir” o‘z maydonida “Kayserispor”ni qabul qildi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Hisob birinchi bo‘limda ochildi. 41-daqiqada “Bashakshehir”ning xorvatiyalik legioneri Ivan Brnich mehmonlar darvozasini ishg‘ol qilib, natijani 1:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 62-daqiqada mezbonlar ikkinchi golni ham urishga muvaffaq bo‘ldi, biroq hakam to‘p qo‘l bilan o‘ynalgani sabab golni bekor qildi.
69-daqiqada “Kayserispor” hisobni tenglashtirdi. Portugaliyalik futbolchi Migel Kardozu aniq zarba bilan jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
O‘yinning qolgan daqiqalari ham shiddatli o‘tdi, ammo boshqa gollar kiritilmadi.
Uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 70-daqiqada zaxiraga olindi. Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.
Turkiya Superligasi
2-tur
17-avgust, yakshanba
“Bashakshehir” — “Kayserispor” 1:1
Gollar: 1:0 — Brnich (41), 1:1— Kardozu (69)
Izoh (0)