Isroilda 400 mingdan ortiq odam urushni to‘xtatishga qaratilgan namoyishlarda qatnashmoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar qildi.
“Bugun urushni HAMAS mag‘lubiyatisiz tugatishga chaqirayotgan odamlar nafaqat HAMASning pozitsiyasini kuchaytirmoqda, balki garovga olinganlarning ozod bo‘lish muddatini ham cho‘zmoqdalar. G‘azo Isroil uchun xavf tug‘dirmasligini taʼminlash uchun HAMASni mag‘lub etishimiz kerak”, degan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu.
Norozilik kuni isroillik garovga olingan oilalar tarafdorlari tomonidan chaqirilgan bo‘lsa-da, namoyishlar ko‘lami keskin oshib ketdi.

Plakatlarda o‘tgan yilning oktyabr oyida garovga olinib, vafot etgan Hersh Goldberg-Polinning o‘limiga ishora qiluvchi belgilarni chizilgan. Belgilarda Polinning otasi tomonidan aytilgan “Xotirangiz inqilob bo‘lsin” yozuvini ko‘rish mumkin.
G‘azodagi urush jinoyatlari ayblovlari bilan xalqaro jinoiy sud tomonidan qidirilayotgan Netanyaxu esa Isroil muxolifati yetakchisi Yair Golan tomonidan aytilganidek “nafas olayotganda yolg‘on gapiradigan” odam sifatida qattiq tanqid qilindi.
“Netanyaxu qanday g‘alaba qozonishni bilmaydi va garovga olinganlarni ozod qilish niyati ham yo‘q. Unga o‘z o‘rindig‘iga yopishib olish va tergov komissiyasidan qochish uchun abadiy urush kerak”, degan muxolifat yetakchisi.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi dushanba kuni G‘azodagi 22 oylik urushda 62 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lganini maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, oxirgi 24 soat ichida kamida 60 kishi halok bo‘ldi, 2023-yil 7-oktyabrda boshlangan Isroil-HAMAS urushi qurbonlari soni 62 004 kishiga yetdi. Yana 156 230 kishi yaralangan.
Taʼkidlash joiz, namoyishlar shu oy boshida Isroil Vazirlar mahkamasining G‘azo shahrida yangi harbiy operatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori ortidan bo‘lib o‘tmoqda.
Izoh (0)