Toshkent shahrida MIB orqali xodimlarning 5,1 milliard so‘m oyligi undirib berildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, hududiy bo‘limlar ish yurituvida fuqarolarga ish haqlari undirish bilan bog‘liq 410 ta jami 1,4 milliard so‘mlik ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, 44 nafar xodimga 5,1 milliard so‘mlik ish haqlari amalda undirib berilgan.
Shu kabi holatlardan birida Toshkent shahar sudining qaroriga asosan, qarzdor “T.Y.M.K” jamiyatining 9 nafar ishchi xodimi foydasiga jami 451,6 million so‘m ish haqlari to‘liq to‘lab berilgan.
Bundan tashqari, ishga tiklash bilan bog‘liq 227 ta ijro hujjatlaridan 96 tasi tugatilgan bo‘lib, 69 nafar lavozimidan nohaq bo‘shatilgan xodim o‘z ishiga qayta tiklangan.
Izoh (0)