Madridning “Real” klubi rasmiy saytida bayonot e’lon qilib, La Liga doirasidagi “Vilyarreal” – “Barselona” uchrashuvini AQSHda o‘tkazish rejasini keskin tanqid qildi.

“Real Madrid” futbol ishqibozlariga murojaat qilib, Ispaniya chempionatining 17-turi doirasidagi “Vilyarreal” – “Barselona” uchrashuvini mamlakat hududidan tashqarida o‘tkazish taklifini qat’iyan rad etishini bildirgan.
Klub bayonotida ta’kidlanishicha, bu qaror ishtirokchi jamoalar bilan oldindan maslahatlashmasdan qabul qilingan va ikki davrali liga tizimida amal qiladigan hududiy tenglik tamoyilini buzadi. Bu holat musobaqa muvozanatini izdan chiqarib, ayrim jamoalarga adolatsiz ustunlik beradi.
Musobaqaning halolligi shuni talab qiladiki, barcha uchrashuvlar bir xil sharoitda o‘tkazilishi kerak. Buni bir tomonlama o‘zgartirish raqiblar o‘rtasidagi tenglikka putur yetkazadi, natijalarning qonuniyligiga shubha uyg‘otadi va shaffoflikni ochiqdan-ochiq cheklaydi. Bu esa natijalarni soxtalashtirish xavfini yuzaga keltiradigan, qabul qilib bo‘lmas holatga yo‘l ochadi, — deyiladi “qirollik klubi” bayonotida.
Ma’lumot uchun, “Barselona” va “Vilyarreal” jamoalari La Liga uchrashuvini xorijda o‘tkazishni rejalashtirmoqda hamda bu orqali tarixda qolishmoqchi. 11-avgust kuni Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) ushbu g‘oyani ma’qullagan. Hozirda tomonlar UEFAning ushbu bahsga “yashil chiroq” yoqishini kutmoqda.
Izoh (0)