Har bir turk aktrisasining filmografiyasida shunday bir o‘zgacha roli borki, muxlislar ularning ismini eshitishi bilan darhol aynan shu obrazni eslaydi. Ushbu maqolada turk yulduzlarining eng esda qolarli obrazlari haqida so‘z boradi. Maryam Uzerli — Xurram Xurram — “Muhtasham yuz yil” turk serialining bosh qahramoni. Aynan u — oddiy slavyanka bo‘lgan qiz Usmoniylar imperiyasining o‘ninchi sultoni yuragini zabt eta olgan edi. Roksolana Sulton Sulaymonning rafiqasiga va o‘n birinchi sulton — Selimning onasiga aylangan. Xurram roli Maryam Uzerlining filmografiyasidagi birinchi roli bo‘lmagan bo‘lsa-da, aynan shu obraz uni butun dunyoga mashhur qildi. Suratga olish jarayonlari aktrisa uchun oson kechmagan, chunki u hattoki turk tilini ham bilmas edi. Shunga qaramay, qayerda Maryamning ismi tilga olinsa, muxlislar darhol Xurramni eslashadi. Ebru Shahin — Reyyan 2019-yilda yangi turk seriali — “Beqaror” premyerasi bo‘lib o‘tdi va unda aktrisa bosh rolni ijro etdi. Uning qahramoni Reyyan — kamtarin, sokin, odobli va chinakam muhabbatni orzu qiluvchi qiz edi. U Miran bilan tanishgach, nihoyat o‘z baxtini topdim deb o‘ylagan, ammo u yigit uchun faqat qasos olish vositasi ekanini hatto tasavvur ham qilmagan edi. Murakkab muhabbat haqida aytib beruvchi bu ta’sirli va hayajonli hikoya millionlab tomoshabinlarning yuragini zabt etdi. Bu esa, asosan, Ebru Shahinning mahoratli ijrosi tufayli sodir bo‘ldi. “Beqaror”dan keyin aktrisa yana bir nechta loyihalarda suratga tushdi, biroq ko‘plab turk seriallari muxlislari uchun u hanuzgacha aynan Reyyan bo‘lib qolmoqda. Afra Saracho‘g‘lu — Seyran Seyran Shanli — mashhur turk seriali “Qo‘rg‘on sirlari ”ning bosh qahramoni. Aynan uni — o‘jar va hukmdor otasi Qozim og‘a Ko‘rxonlar oilasining erka vorisi Feritga turmushga berdi. Aslida esa Feritning bo‘lajak rafiqasi Seyranning opasi — Suna bo‘lishi kerak edi. Ota-onalar istagiga ko‘ra tuzilgan bu nikoh vaqt o‘tishi bilan chin yurakdan muhabbatga aylandi, lekin u ko‘plab sinovlardan o‘tishga majbur bo‘ldi. Seyran roli Afra Saracho‘g‘luga butun dunyo miqyosida shuhrat keltirdi. Serial tomoshabinlari esa ikki qarama-qarshi fikrga bo‘lindi: birlari Seyranni kuchli, maqsadli, mehribon va g‘amxo‘r yosh ayol deb bilishdi. Boshqalarning fikricha esa, u faqat o‘z manfaatlarini ko‘zlaydigan, tuyg‘ulari bilan o‘zgalarni aldovchi haqiqiy egoist edi. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham, Seyran Korhon-Shanlini muxlislar hech qachon unutmaydi. Sila Turko‘g‘lu — Doa Doa — zamonaviy, ilg‘or qarashlarga ega yosh qiz. Ammo taqdir taqozosi bilan u an’anaviy, dindor va patriarxal oilaning vorisi Fatihga oshiq bo‘ldi. Har ikki tomonning ota-onalari bu munosabatdan mamnun bo‘lishmadi, biroq shunga qaramay, Doa turmushga chiqdi. Aynan shu nikoh uning hayotini ham, dunyoqarashini ham, eriga bo‘lgan munosabatini ham tubdan o‘zgartirdi. “Qizil sharbat” — turk yulduzi Silaning filmografiyasidagi beshinchi loyiha bo‘lib, aynan shu serial uning ijodidagi burilish nuqtasiga aylandi. Suratga olish ishlari boshlanishidan ko‘p o‘tmay, Sila mojaro sababli ko‘p qismli “Ishonch” serialini tark etgan va ko‘pchilik uning karyerasi yakun topdi, deb o‘ylagan edi. Ammo bu taxminlariga qarshi ravishda, Turko‘g‘lu nafaqat faoliyatini davom ettirdi, balki xalqaro miqyosda ham tan olindi. Beren Saat — Bixter Bixter — mashhur turk seriali “Taqiqlangan muhabbat”ning bosh qahramoni. U sevgisiz, ammo boy erkak bilan tuzgan nikohi o‘ziga xos la’natga aylandi, chunki u chinakam muhabbatni erining jiyani bilan boshdan kechirdi. Kimdir Bixterni juda zaif deb hisoblaydi, boshqalar esa uni o‘ylamay ish tutadigan ayol, deb atashadi. Biroq muhabbat uning hayotini do‘zaxga aylantirganini inkor etib bo‘lmaydi. Beren Saat aynan shu obraz orqali butun dunyoga tanildi. Bugungi kunda turk yulduzining filmografiyasida 20 ga yaqin film va seriallar mavjud. Biroq uning o‘zi tan olganidek, Bixter roli uning uchun alohida ahamiyatga ega. Nihon — boy biznesmenning qizi bo‘lib, oddiy oiladan chiqqan yigit Kamolni chin dildan sevib qolgan. Ammo u boshqa bir erkakka —Amirgа turmushga chiqishga majbur bo‘ladi. Nihon uchun Amir bilan tuzilgan nikoh hayotidagi eng og‘ir sinovga aylandi, ayniqsa, uning qalbida har doim faqat bitta inson — Kamolga bo‘lgan sevgi yashab kelganini hisobga olsak. Ularning yana birlashuvi nafaqat qahramonlar, balki “Sevgi iztirobi” seriali tomoshabinlari uchun ham chinakam tuhfa bo‘ldi. Albatta, hech kim serial finalida Nihonni nima kutayotganini tasavvur ham qilolmagan edi. Neslihan Atagul yaratgan bu obraz — chiroyli, jasur, yorqin va beg‘ubor sevgi bilan yonib yashagan ayol — muxlislarning qalbida o‘chmas iz qoldirdi. Turk aktrisasi bu rolni shu darajada mukammal ijro etdiki, ko‘plab tomoshabinlar hanuzgacha uni Nihon sifatida eslab qolishmoqda. Hande Erchel — Eda Yulduz “Qalbim eshigini qoq” serialining bosh qahramoni. Aynan u Serkan Bolat kompaniyasi o‘qishini to‘lamagan qiz bo‘lib, biznesmenga o‘z da’volarini yuziga aytishdan qo‘rqmagan. Eda juda maqsadli va qattiqqo‘l qiz edi, o‘z orzusiga erishish uchun hamma narsaga tayyor edi. Ammo u bilan Serkan o‘rtasida tuzilgan kelishuv kutilmagan oqibatlarga olib keldi. Hande Erchel hali ham ba’zi muxlislari uchun faqatgina Eda obrazining timsolidir. Aktrisa ushbu rolni a’lo darajada ijro etdi, biroq uning filmografiyasida boshqa ham ko‘plab qiziqarli loyihalar mavjud. Demet O‘zdemir — Sanem Sanem — orzulari ko‘p, jozibali, yosh qiz bo‘lib, ota-onasi bosimi ostida reklama agentligida ishlashga majbur bo‘ladi. Albatta, u aynan shu yerda o‘z taqdirini uchratishini tasavvur ham qilmagan edi. Can bilan tanishuvi Sanemning hayotini tubdan o‘zgartirdi va unga nafaqat sevgilisi, balki to‘laqonli oilani ham sovg‘a qildi. “To‘rg‘ay” seriali aktrisaning filmografiyasidagi birinchi loyihasi emas edi — uning ismi turk seriallari muxlislari orasida allaqachon mashhur edi. Ammo aynan Jan Yaman bilan yorqin juftlik hamda oson va qiziqarli syujet tomoshabinlarni ayniqsa o‘ziga tortdi. Shu sababli ko‘pchilik bugungi kunga qadar Demet O‘zdemir nomini faqatgina Sanem bilan bog‘laydi. Jemre Baysel — Injila Injila — “Meni asra” serialining bosh qahramoni. Yetimlikda ulg‘aygan, baxtsiz qiz butun ongli hayotini hashamatli uyda yashovchi, o‘jarligi va isterik xarakteri bilan ajralib turadigan Nazning “jonli o‘yinchog‘i” sifatida o‘tkazgan. Naz — hashamatli uyning egasi bo‘lgan boboning suyukli nabirasi, Injilaning esa xolasi shu uyda xizmatkor bo‘lib ishlagan. Injila Nazning barcha buyruqlarini so‘zsiz bajarib kelgan, uning uchun yolg‘on gapirgan va o‘z hayotidan voz kechgan. Biroq hammasi o‘zgaradi: Injila Nazning kuyovi bo‘lishi kerak bo‘lgan Metega oshiq bo‘ladi va oradan ko‘p o‘tmay, Naz unga bekamu ko‘st ayol emas, balki tug‘ishgan opasi ekani ma’lum bo‘ladi. Umuman olganda, “Meni asra” — turk kinosi olamidagi eng ko‘p tanqid qilingan seriallardan biri. Serial suratga olinayotgan paytda Jemre Baysel allaqachon tajribali aktrisa edi, biroq bu uni kuchli tanqidlardan asrab qololmadi. Ba’zi tomoshabinlar Injilani juda sun’iy, ikkiyuzlamachi va pastkash deb baholashdi, hatto bu sifatlarni aktrisaning o‘ziga ham ko‘chirishdi. Jemre Bayselning filmografiyasi ancha keng bo‘lsa-da, ko‘plab tomoshabinlar hanuzgacha uning nomini faqat Injila obrazi bilan bog‘lashadi. Birje Akalay — Asli Asli Chinar — o‘z ishiga butun qalbi bilan sodiq bo‘lgan shifokor ayol, lekin shaxsiy hayotida esa juda baxtsiz. Taqdir uni Farhod bilan uchrashtiradi — bu uchrashuv Aslining hayotini butunlay o‘zgartiradi. Tomoshabinlar ko‘z o‘ngida Asli qo‘rqoq va bosim ostida yashayotgan ayoldan jasur, haqiqat uchun kurashishga tayyor bo‘lgan arslon yurakli ayolga aylana boshlaydi. U o‘zini ham, yaqinlarini ham himoya qilishga tayyor edi. “Qora-oq sevgi” seriali nafaqat muxlislar uchun, balki Birje Akalayning o‘zi uchun ham alohida ahamiyatga ega. Aynan shu serial tomoshabinlarga aktrisaning Ibrohim Chelikkol bilan mukammal duetini taqdim etdi. Ko‘plab muxlislar uchun esa Birje Akalay abadiy Asli sifatida eslab qolingan.
×![Lightbox Image]()
Izoh (0)