• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Yuragimdagi ‘olov’ni 30 yil ko‘mib yashadim” — Zohida Umarova tanqidlarga uchragan “Ovoz” loyihasidagi ishtiroki haqida (video)

    Xonanda Zohida Umarova YouTube’dagi “Daryo lifestayle” kanaliga bergan intervyusida “Ovoz 50+” loyihasidagi ishtiroki va uni qudasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning bunga munosabati haqida gapirdi.

    “Qizimga o‘lim tilashdi”

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    — Kenja qizim Madlen ham “Ovoz” loyihasida qatnashgandi. To‘g‘ri u yosh, balki kamchiliklarga yo‘l qo‘ygandir. Ammo uni haqorat qilganlar, hatto o‘lim tilagan insonlar ham bo‘ldi. Bu ona sifatida menga juda og‘ir botdi. O‘zimni umr bo‘yi gapirishsin, haqorat qilishsin, ammo farzandlarimga tosh otishmasin. Sudlashib haqligimni isbotlamayman, shunchaki qo‘shiqchi ona bo‘lib qizimni himoya qilaman, degan umidda “Ovoz 50+” loyihasida ishtirok etdim. Ammo qizimdan ham ko‘proq o‘zim negativlar bo‘roniga uchradim, deydi Zohida Umarova.

    “Ozodbek Nazarbekov menga kim bo‘ladi?”

    — “Vazir bilan quda bo‘lganingiz uchun hakamlar hayʼati sizning ishtirokingizni yuqori baholashdi”, degan gaplar ham bo‘ldi. Bir narsani aytib o‘tay, men na loyiha boshlanishida, na yakunida Ozodbek Nazarbekov  bilan gaplashdim. U Yorqinxo‘ja Umarovning qaynotasi, menga kim bo‘ladi? U ham sanʼatkor, men ham sanʼat vakiliman. O‘rtadagi tafovut shundaki, u mendan 5-10-yildan keyin katta sahnaga chiqqan sanʼatkor. Men Ozodbek Nazarbekovni hali xalq tanimasidan avval “Yurt qadri” qo‘shig‘im bilan tinglovchilarga tanilib ulgurgandim. Ozodbek Nazarbekovga ehtiyojim yo‘q, hech qachon undan biror loyihada ishtirok etish haqida so‘ramayman. Chunki mening nomusim, orim bor. Keyin yana bir gap, men Ozodbek Nazarbekovga qiz uzatmaganman, agar shunday bo‘lganida undan nimanidir so‘rashim mumkin edi. Shukrki, o‘g‘lim Yorqinxo‘ja erkak kishi hech qachon uning oriyatini yerga urib, yordam so‘ramayman, deydi Zohida Umarova.

    “Yuragimdagi ‘olov’ni 30 yil yuragimga ko‘mib yashadim”

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    — Men salkam 30 yildan keyin yana sahnaga qaytdim. Shuncha yil davomida ulkan lavani yuragimga ko‘mib yashadim. Sababi, ayol sanʼatkorga juda qiyin, u ko‘p mashaqqatlarni yengib o‘tishi kerak. Katta farzandlarim ketma-ket dunyoga kelishgan. Deyarli ikkita chaqaloqni bir vaqtda katta qilganman. Turmush o‘rtog‘imning o‘limidan keyin ro‘zg‘orning og‘irligi yelkamga tushgan. Men o‘zim uchun vaqt ajratolmaganman. Ammo bir daqiqa ham sanʼatdan ketgan inson emasman. Yuragimda hamisha “Men sanʼatga qaytaman va yana qo‘shiq kuylayman”, degan maqsad yashagan. Meni sahnada ko‘rgan insonlar g‘azablanishmasin, shunchaki shu ayol ham 30 yillik maqsadlarini amalga oshiryapti deb qarashsin, deydi Zohida Umarova.

    “Qaysi sanʼatkor jaraq-jaraq pul topadi?”

    — Sababini bilmayman, ammo sanʼatkorlarni ko‘p pul topadi, deb o‘ylashadi. Shu savol meni ko‘p o‘ylantiradi, qaysi sanʼatkor jaraq-jaraq pul topadi? To‘g‘ri, tadbirkorligi yoki qo‘shimcha bizneslari bor sanʼatkorlarning moddiy yashashi yaxshidir. Ammo faqat sanʼatning ortidan kun ko‘radigan va o‘z kuchi bilan sahnaga chiqqan xonandalarda unday emas. Masalan, o‘g‘lim Yorqinxo‘ja Umarov bitta hovlini qurgunicha 4 yil sarfladi. To‘yga boradi, topganini olib keladi. Tezroq uyni qurib, o‘g‘limni uylantiray deb men harakat qilaman. Yana bir gap, sanʼatkor sevimli bo‘lish uchun yillar sarflaydi, baʼzan umrini ketkazib ham sevimli bo‘lolmagan sanʼatkorlar bor, deydi Zohida Umarova.

    “Keliniga yon bosadigan qaynonaman”

    — O‘g‘lim bilan kelinimning munosabatlariga aralashmaslikka va hamisha betaraf bo‘lishga harakat qilaman. Kelinim juda yosh, bolalarcha beg‘ubor. Baʼzi vaziyatlarda esa uning yonini olishimga ham to‘g‘ri keladi. Chunki o‘zim ham bir paytlar yosh bo‘lganman va atrofimdagi insonlarning qo‘llab-quvvatlashiga ehtiyoj sezganman. O‘ylaymanki, qaynonalar qizlari ham kimningdir qo‘lida ekanligini, kelin esa boshqa bir insonning suyukli farzandi ekanligini o‘ylab ish tutishsa, hech qanday oilaviy muammolar yuzaga kelmaydi. Chunki, ko‘p narsa qaynonaga bog‘liq. Kelinimdan hamisha rizoman, yosh bo‘lsa-da, ro‘zg‘orni uddalaydi, unga juda yaxshi tarbiya berishgan. Pishirgan har narsasini menga ilinadi, deydi Zohida Umarova.

    Suhbatni to‘liq holda quyida tomosha qilishingiz mumkin.

    1 avgust, 13:54   Izoh (0)   3057
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 15:06

    Yevropa shaharlari markazlarida ijara narxi qancha va so‘nggi 5 yil ichida qanchalik o‘zgargan?

    Sayohat | 2 avgust, 14:55

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.