Yaponiyaning Akita prefekturasida nogironlar uchun mo‘ljallangan muassasaga ayiq hujum qildi. Yirtqich hayvon 73 yoshli ayolga tashlandi. Bu haqda NHK xabar berdi.

Jabrlanuvchi zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan. Hech kim ayiqning muassasa hududiga qanday kirganini ko‘rmagan. Biroq hujum jarayoni video kuzatuv kameralariga qayd etilgan. Politsiya va qutqaruv xizmatlari voqea joyiga yetib kelganida, ayiq allaqachon hududni tark etgan bo‘lgan.
So‘nggi oylarda Yaponiyada ayiqning aholi yashaydigan hududlarga yaqinlashishi bilan bog‘liq holatlar ko‘paymoqda. Iyul oyida Yamagata prefekturasida yovvoyi ayiq aeroport hududiga kirib borib, vaqtincha uchish-qo‘nish yo‘lagining yopilishiga sabab bo‘lgandi. Iyun oyida esa bir nechta odamga hujum qilish holatlari qayd etilgan.
Yaponiyada har yili ayiqning turar joylarga kirib kelishi bilan bog‘liq o‘rtacha 200 ta holat yuz beradi. Ayrim voqealar odamlarning jarohatlanishi yoki halok bo‘lishiga olib keladi. Bunday hodisalar, odatda, qishloq joylarda, tog‘li hududlar yoki o‘rmonzorlar yaqinida joylashgan shaharlarda kuzatiladi.
Izoh (0)