• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Avgustdan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar oshirildi. Miqdorlar qanchaga yetdi?

    Joriy yil 1-avgustdan O‘zbekistonda bazaviy hisoblash miqdori 10 foiz oshirilib, 412 ming so‘m etib belgilandi (avval 375 ming so‘m edi). Bu yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar ko‘tarilishiga olib keladi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksga ko‘ra, haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzgan taqdirda unga turli miqdorlarda jarimalar qo‘llanadi. “Daryo” ulardan ayrimlarini yangi qiymati qanchadan to‘g‘ri kelishini hisoblab chiqdi.

    Belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirish BHMning 1 baravari (412 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortiladi.

    Belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirish BHMning 5 baravari (2 million 60 ming so‘m) miqdorida jarima yoziladi.

    Belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda oshirish BHMning 9 baravari (3 million 708 ming so‘m) miqdorida jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.

    Eng yuqori jarimalardan biri avtotransport vositasini mast holda boshqarganlik uchun BHMning 25 baravari, yaʼni 10 million 300 ming so‘m jarima belgilangan. Avtomobil oynasini texnik reglamentga mos bo‘lmagan tartibda, tegishli ruxsatnomasiz qoraytirish (tonirovka) uchun ham shuncha miqdorda jarima yoziladi.

    Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, BHMning qirq baravari miqdorida (16 million 480 ming so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.

    • Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish BHMning 15 baravari (6 million 180 ming so‘m) miqdorida;

    • Avtotransportni boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning shu vositalarni boshqarishi BHMning 5 baravari (2 million 60 ming so‘m) miqdorida;

    • Avtotransportni boshqarish vaqtida telefondan foydalanish BHMning 3 baravari (1 million 236 ming so‘m) miqdoridagi jarimaga sabab bo‘ladi.

    Kodeksda yana ko‘plab yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarimalar belgilangan. Jumladan, to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun BHMning 2 baravari (824 ming so‘m) miqdorida jarima yoziladi. Temiryo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzganlik uchun BHMning 3 baravari (1 million 236 ming so‘m) miqdorida jarima qo‘llaniladi. Bunda haydovchi transportni boshqarish huquqidan 1 yil-u 6 oydan 3 yilgacha mahrum qilinadi.

    Shu bilan birga, yo‘llarda guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashish BHMning 3 baravari, svetoforning taqiqlovchi signalida to‘xtash chizig‘ini bosib kirish BHMning ikkidan bir qismi (206 ming so‘m) miqdorida jarima qo‘llashga sabab bo‘ladi.

    Agar haydovchi svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tsa, unga nisbatan BHMning 2 baravari (824 ming so‘m) miqdorida jarima yoziladi.

    Kodeksda yana kichikroq miqdordagi jarimalar ham ko‘plab qoidabuzarliklar uchun belgilab qo‘yilgan. Masalan, avtomobil tovush signalini sababsiz chalganlik uchun BHMning 1 baravari (412 ming so‘m) miqdorida, avtotransportni piyodalar yo‘lkalaridan yurgizganlik uchun BHMning ikkidan bir qismi (206 ming so‘m) miqdorida jarima bor.

    Yo‘l belgilari yoki yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etmaslik yoki avtotransportlarni quvib o‘tish BHMning ikkidan bir qismi miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi.

    Yana bir qoidabuzarlik turi yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning avtotransportni boshqarishidir. Buning uchun haydovchiga nisbatan BHMning 1 baravari miqdorida jarima yoziladi.

    Shuningdek, ishonchnomalarni, avtotransportni boshqa shaxsga o‘tkazish va ijaraga berish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazmasdan (hisobga qo‘ymasdan) boshqarish BHMning 1 baravari miqdorida, avtotransport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polislarisiz boshqarish BHMning 2 baravari miqdorida jarimaga tortilishga sabab bo‘ladi.

    31 iyul, 23:51   Izoh (0)   3699
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hikmatilla Ubaydullayev Prezident administratsiyasiga qaytdi

    31 iyul, 20:56

    E’zozxon Karimova maktabgacha va maktab ta’limi vaziri etib tayinlandi

    31 iyul, 19:25

    Rossiyaga ishlashga ketib, qiyin ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi 

    31 iyul, 18:00

    Bo‘stonliqda yana o‘rmon yong‘ini: uni o‘chirishga 100 nafar xodim, vertolyotlar jalb etildi

    31 iyul, 17:37

    O‘zbekistonda “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi ishga tushiriladi

    31 iyul, 17:31

    Yangiyo‘lda erkak ayolni ayovsiz kaltaklagani aks etgan video yuzasidan izoh berildi 

    31 iyul, 17:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.