Madridning “Real” klubi darvozaboni, 25 yoshli ukrainalik Andrey Lunin yozgi transfer oynasida jamoadan ketishi mumkin. Bu haqda MSN nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Luninga Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi jiddiy qiziqib qolgan. “Qizil iblislar” bosh murabbiyi Ruben Amorim rahbariyatga aniq talab qo‘ygan — jamoaga darvozabon sotib olinishi shart. Klubning asosiy maqsadi — “Aston Villa” posboni, jahon chempioni Emiliano Martines bo‘lsa, ikkinchi nomzod aynan Lunin hisoblanadi.
Shu bilan birga, Martines Saudiya Arabistonidan yanada yaxshiroq moliyaviy taklif olgan. Shu bois “Manchester Yunayted” rahbariyati Lunin transferiga e’tiborni kuchaytirishi mumkin.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Andrey Lunin barcha musobaqalar doirasida 14 ta bahsda maydonga tushib, 19 ta gol o‘tkazib yuborgan. Shuningdek, u 6 ta o‘yinda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. Transfermarkt portali ukrainalik darvozabonning qiymatini 18 million yevroga baholanmoqda. Futbolchining “qirollik klubi” bilan shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar amal qiladi.
Izoh (0)