“Barselona” prezidenti Joan Laporta yozgi transfer oynasi davomida klub olib borayotgan siyosat va kelgusidagi rejalar haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, kataloniyaliklar yangi mavsum oldidan boshqa transferlarni amalga oshirmaydi.

Laportaning so‘zlariga ko‘ra, yangi bosh murabbiy Hansi-Diter Flik asosiy e’tiborni klub akademiyasi va tarkibdagi bor futbolchilarga qaratmoqchi:
“Barselona” endi yangi futbolchilarni xarid qilmaydi. Bizda yaxshi tarkib bor, murabbiy esa asosiy jamoani zaxiradagi yosh futbolchilar bilan kuchaytirmoqchi. Shu sababli ayni paytda boshqa futbolchilar bilan muzokaralar olib borilmayapti, — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.
“Barselona” yozgi transfer oynasi davomida uch nafar futbolchini xarid qildi. Ular “Manchester Yunayted”dan 27 yoshli ingliz hujumchisi Markus Reshfordni keyinchalik to‘liq xarid qilish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
Shuningdek, klub “Espanyol” darvozaboni — 24 yoshli ispaniyalik Joan Garsiyani 25 million yevro evaziga sotib oldi. Bundan tashqari, 19 yoshli shvetsiyalik Runi Barji uchun Daniyaning “Kopengagen” klubiga 2,5 million yevro to‘ladi.
Izoh (0)