• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Aydan Shenerdan Hande Erchelgacha: jahonga mashhur turk aktrisalari

    Turk seriallari olamida ko‘plab iqtidorli va mashhur aktrisalar bor. Ayrimlari shon-shuhrat sari yo‘lni endi boshlayotgan bo‘lsa, boshqalari allaqachon jahon miqyosidagi yulduzga aylangan. Ushbu maqolada butun dunyoga tanilgan Turkiyaning o‘nta aktrisasi haqida so‘z boradi.

    Foto: kp.ru

    Aydan Shener

    Foto: Serialdan kadr

    Aydan Shener “Choliqushi” serialidagi Feride roli orqali dunyo miqyosida mashhurlikka erishgan. U kino olamiga model yo‘nalishidan kirib kelgan. Mashhur aktrisaning muxlislari serial katta muvaffaqiyatga erishganidan so‘ng uni oldinda ajoyib kino faoliyati kutmoqda, deb o‘ylashgan. Dastlab bu taxminlar o‘zini oqlagan — Aydan doimiy ravishda suratga olish ishlariga takliflar ola boshlagan. Ammo yillar o‘tib, u teatrga ko‘proq qiziqib, kino sohasidan asta-sekin uzoqlasha boshlagan. Shunga qaramay, filmlar va seriallarda ishtirok etishdan voz kechmagan.

    Turk aktrisasi hali ham faol ijod qiladi, ammo so‘nggi yillarda unga asosan ikkinchi darajali rollar taklif etilmoqda (“Sandiq hidi”, “Uch opa-singil”, “Yurak og‘rig‘i”). Aydan Shener shaxsiy hayotini omma e’tiboridan yiroq tutadi. U faqat bir marta turmush qurgan, biroq eri haddan tashqari rashkchi bo‘lgani va hayotga bo‘lgan qarashlari turlicha bo‘lgani sababli ajrashgan. Bu vaqtda ularning qizi atigi uch yoshda edi.

    Nebahat Chehre

    Foto: Serialdan kadr

    1960-yilda Nebahat go‘zallik tanlovida “Turkiya go‘zali” unvonini qo‘lga kiritdi va oradan ikki yil o‘tib, kino olamida debyut qildi. O‘tgan yillar davomida u deyarli yuzga yaqin filmda suratga tushdi. Chehre nafaqat iqtidorli aktrisa, balki mukammal uslub hissiga ega ayol sifatida ham butun dunyoda tanilgan.

    Turk seriallari yulduzi tomoshabinlarga “Taqiqlangan muhabbat”, “Muhtasham yuz yil”, “Iyun oqshomi”, “Pul va gul ishqi” kabi mashhur seriallardagi rollari bilan esda qolgan.

    Nebahat Chehre hayotida ikki marotaba turmushga chiqqan, ammo ikkala nikohi ham ajrim bilan yakunlangan. U farzand ko‘rmagan va o‘zi aytganidek, hech qachon buni istamagan ham. Ish uning hayotdagi asosiy maqsadiga aylangan. So‘nggi yillarda aktrisa serial va filmlarda ko‘rinmayapti, ammo xayrlashuv roli bilan ekranlarga qaytishi mumkinligini istisno qilmaydi.

    Beren Saat

    Foto: Serialdan kadr

    41 yoshli turk aktrisasi Beren Saat kino olamidagi debyutini 2004-yilda amalga oshirgan. 2008-yilda ekranlarga chiqqan “Taqiqlangan muhabbat” serialidagi Bihter roli unga jahon miqyosidagi mashhurlikni olib kelgan. Berenning karyerasi muvaffaqiyatli davom etgan — u “Fatmagul nega aybdor?”, “Gejening qanotlari”, “Muhtasham yuz yil: Ko‘sem imperiyasi”, “Sovg‘a” kabi loyihalarda rol o‘ynagan.

    Ko‘plab hamkasblaridan farqli o‘laroq, Beren qarilikdan qo‘rqadi va shu sababli yoshi katta qahramonlarni o‘ynamaslikka harakat qiladi.

    2014-yildan beri u musiqachi Kenan Do‘g‘ulu bilan turmush qurgan. Er-xotinning farzandlari yo‘q va ular bu boradagi savollarga javob bermaydi.

    So‘nggi yillarda Beren deyarli suratga tushmayapti. Turk seriallari yulduzining aytishicha, hozirgi davrda aktyorlar va prodyuserlarga haqiqiy san’at asarlarini yaratish uchun yetarli erkinlik berilmayapti va u “odatiy” loyihalarda ishtirok etishni istamaydi.

    Maryam Uzerli

    Foto: Serialdan kadr

    U kino olamidagi debyutini 2004-yilda ijro etgan va bir necha yil davomida Germaniyada kino karyerasini yo‘lga qo‘yishga harakat qilgan, biroq bu urinishlar unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan.

    2011-yilda esa hammasi o‘zgardi — Maryamga “Muhtasham yuz yil” serialida Xurram sulton roli taklif qilindi. Shundan so‘ng u millionlab muxlislar e’tiboriga sazovor bo‘ldi va unga ulkan kino karyerasi bashorat qilindi.

    Ammo Uzerli prodyuserlar bilan kelishmasdan suratga olish maydonini tark etgani sababli tanqidga uchradi va boykot qilinish xavfi ostida qoldi. Shunga qaramay, u kino faoliyatini davom ettirdi — “Tungi malika”, “Asalarilar uyasi”, “Yomonlik dunyoga ustun bo‘lolmas” kabi loyihalarda rol o‘ynadi. Biroq ko‘plab muxlislar uchun Maryam hali ham aynan Xurram sulton bo‘lib qolmoqda — keyingi rollarining hech biri bu obraz soyasidan chiqishga yordam bermadi.

    Maryam Uzerli rasmiy nikohda bo‘lmagan. So‘nggi yillarda u shaxsiy hayoti haqida deyarli hech qanday ma’lumot bermaydi.

    Hande Erchel

    Foto: Serialdan kadr

    Go‘zalligi bilan tanilgan Hande Erchel 12 yildan beri kino sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. U o‘zining birinchi rolini 2013-yilda “Choliqushi” serialida Zahida obrazini ijro etib qo‘lga kiritgan. Hande turk kinosi uchun eng muhim talablar — ko‘p qirrali bo‘lish va mehnatsevarlik ekanini tez anglab yetdi. U doimiy ravishda aktyorlik mahoratini oshirish kurslarida qatnashadi, bu esa uning ijrosini yildan yilga yanada mukammal qiladi.

    Handega xalqaro mashhurlik olib kelgan loyiha — “Qalbim eshigini qoq” serialidir. Biroq bu serialdan oldin ham uning filmografiyasida bir qancha muvaffaqiyatli loyihalar bo‘lgan: “Gunesh qizlari”, “Malikam, endi qara”, “Halqa” va boshqalar.

    Bugungi kunda Hande nafaqat talabgir va muvaffaqiyatli aktrisa, balki dunyo brendlarining elchisi, model va ko‘plab yirik tadbirlarning mehmoni. U bir necha yildan beri milliarder Hakan Sabanji bilan ishqiy munosabatda. Juftlik hozircha turmush qurishga shoshilmayapti.

    Fahriye Evjen

    Foto: Serialdan kadr

    Fahriye Evjen Germaniyada tug‘ilgan va aktrisa bo‘laman deb hech qachon o‘ylamagan. Uning kinodagi yo‘li tasodifan boshlangan — 2005-yilda onasi bilan birga Istanbulga qarindoshlarinikiga mehmon bo‘lib kelganida, unga “Hech qachon taslim bo‘lma” filmida epizodik rol taklif qilishgan. Bu tajriba uni kino olamiga oshno qildi va Fahriye aktyorlikni o‘zining hayotiy yo‘liga aylantirishga qat’iy qaror qildi.

    Unga ilk mashhurlikni “Xazonrez” seriali olib keldi, “Choliqushi”dagi Feride roli esa uni chinakam turk seriallari yulduziga aylantirdi.

    2017-yil iyun oyida Fahriye mashhur aktyor Burak O‘zchivitga turmushga chiqqan. Ular baxtli oila bo‘lib, Karan va Kerem ismli ikki o‘g‘ilni voyaga yetkazmoqda.

    Serenay Sarikaya

    Foto: Serialdan kadr

    33 yoshli turk aktrisasi Serenay Sarikaya kino olamida 2006-yilda debyut qilgan, ammo unga xalqaro mashhurlik 2013-yilda, “To‘lqin” (Medcezir) serialida bosh rolni ijro etganidan keyin keldi. Serenayning faoliyati hozirgacha juda muvaffaqiyatli kechmoqda. U “Oila”, “Shohmoron”, “Rahmat, keyingisi”, “Fi, Chi, Pi” kabi mashhur loyihalarda ishtirok etgan.

    U nafaqat aktrisa, balki mashhur model va bir nechta yirik brendlarning yuzi hamdir. To‘g‘risi, uning ismi ko‘pincha faqat ijodi bilan emas, balki shaxsiy hayoti va jozibali, ba’zida bahsli kiyinish uslubi bilan ham matbuotda paydo bo‘ladi.

    Serenay tanqidlarga e’tibor bermaslikka harakat qiladi va o‘zi to‘g‘ri deb bilgan yo‘ldan yurishda davom etadi. U turmush qurmagan va farzandi yo‘q. So‘nggi oylarda u musiqachi Mert Demir bilan uchrashmoqda, ammo ko‘plab tanqidchilar bu munosabatni sun’iy va shov-shuvli marketing yurishi, deb hisoblamoqda.

    Demet O‘zdemir

    Foto: Serialdan kadr

    Go‘zal aktrisa Demet O‘zdemir kino olamidagi debyutini 2013-yilda, “Men senga sirni ochaman” serialida amalga oshirgan. 2015-yilda esa u “Qulupnay ifori” serialida Asli rolini ijro etib, chinakam yulduzga aylangan.

    Ammo ko‘plab muxlislar Demetning “To‘rg‘ay” serialidagi Sanem obrazini eng yaxshi rol deb  hisoblaydi. Bu serialda u Jan Yaman bilan birga suratga tushgan. Demet — haqiqiy mehnatkash aktrisa bo‘lib, har yili o‘z filmografiyasini yorqin loyihalar bilan boyitib boradi.

    U “Qizil xona”, “Sevgi taktikasi”, “Farah ismli ayol”, “Eshrefning orzusi” kabi mashhur seriallardagi ijrosi bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish.

    2022-yilda Demet qo‘shiqchi Og‘uzxan Kochga turmushga chiqqan, ammo 2023-yil bahorida ajrashgan. Ularning farzandlari bo‘lmagan. Ajrashgandan so‘ng Demet o‘zining shaxsiy hayotini ommadan qat’iy himoya qilmoqda.

    Ebru Shahin

    Foto: Serialdan kadr

    Ebru Shahin atigi 8 yildan beri kino sohasida faoliyat yuritadi, ammo u allaqachon dunyo bo‘ylab turk seriallari muxlislari orasida mashhur. U 2017-yilda “Mening otam” nomli to‘liq metrajli filmda Nilufar rolida debyut qilgan.

    Unga xalqaro shuhrat keltirgan obraz — bu “Beqaror” serialidagi Reyyan roli bo‘lgan. Keyinchalik u “Afsona”, “Asrlik mo‘jiza”, “Shahzoda”, “Sirli bog‘” kabi loyihalarda ham suratga tushgan.

    Hozirda Ebru yangi takliflarni ko‘rib chiqmoqda va ekranlarga qaytishga tayyorlanmoqda. 2022-yil yozida u basketbolchi Jedi Osmanga turmushga chiqqan. Ularning hali farzandlari yo‘q, ammo bo‘sh vaqtlarining deyarli barchasini birga o‘tkazishadi va ko‘p sayohat qilishadi.

    Afra Sarachog‘lu

    Afra Sarachog‘lu san’at yo‘lini modellikdan boshlagan. U 14 yoshida onasining yordami bilan model agentligi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Kinematografiyadagi debyuti 2015-yilda bo‘lib o‘tgan. Uning ilk mashhurligiga sabab bo‘lgan serial — “Fazilat xonim va qizlari” bo‘lgan.

    Ammo u haqiqiy kino yulduziga aylanishi “Qo‘rg‘on sirlari” serialidagi Seyran roli bilan bog‘liq. Bugungi kunda aktrisaning filmografiyasida 10 dan ortiq loyiha mavjud. U “Ikkinchi imkon”, “Yomon yigit”, “Sevgi emasmi?”, “Yaxshi o‘yin”, “Xolavachchalar”, “Ustoz”, kabi loyihalarda ham rol o‘ynagan.

    2025-yil kuzida Afra bosh rolni ijro etadigan yangi serial — “Pera” premyerasi rejalashtirilgan.

    Afra turmushga chiqmagan va farzandi yo‘q. U hozirda o‘z faoliyatiga to‘liq e’tibor qaratmoqda. U uzoq vaqt aktyor Mert Yazichio‘g‘lu bilan munosabatda bo‘lgan, ammo “Qo‘rg‘on sirlari” serialidagi suratga olish ishlari boshlanganidan so‘ng ular ajralishgan.

    Keyinchalik Afra va serialdagi hamkasbi Mert Ramazon Demir o‘rtasida munosabatlar borligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Dastlab ular buni inkor etgan, keyinchalik esa juftlik ekanliklarini tan olishgan. Ular bir-biriga ijtimoiy tarmoqlarda obuna bo‘lib, keyin esa obunani bekor qilishgan. Serial yakunlangach esa ularning yo‘llari ajralgan. Bu munosabat haqida o‘zlari hozirda hech qanday izoh bermayapti.

    26 iyul, 12:20   Izoh (0)   2662
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Turk#serial#aktrisa

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.