• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Musiqa Shou-biznes

    Rossiya estradasining eng badavlat san’atkorlari: ular qancha pul ishlab topadi?

    Mashhur insonlar bilan bog‘liq har qanday ma’lumot muxlislar uchun qiziq. Ayniqsa, gap ularning qancha pul ishlab topishi haqida ketganida bu qiziqish ikki karra ortadi. Quyida O‘zbekistondagi to‘ylarda tez-tez xizmatda bo‘ladigan taniqli rossiyalik xonandalarning moliyaviy ahvoli haqida so‘z yuritamiz.

    Foto: Instagram

    Quyida qaysi loyihalar ularga ko‘proq foyda keltirishini, konsertlar, reklamalar, biznes va investitsiyalardan qancha daromad olishlarini bilib olasiz. Hayratlanarli raqamlarga tayyorlaning!

    Grigoriy Leps

    Foto: Instagram

    Grigoriy Leps sahnada bor mahoratini ishga solgan holda namoyon bo‘ladi, ba’zan unutilmas jonli chiqishlar uchun o‘z ovozini xavf ostiga qo‘yadi. Sog‘lig‘idagi bir necha jiddiy inqirozlarni boshdan kechirgan Grigoriy har safar sahnaga qaytib, muxlislarni o‘zining betakror iste’dodi bilan xursand qiladi.

    Faoliyatini oddiy restoranda chiqishlari bilan boshlagan xonanda Rossiya estradasining haqiqiy ramziga aylandi. Uning afsonaviy taronalari har qanday bayramning tarkibiy qismiga aylandi va karaoke qo‘shiqlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.

    Grigoriy Lepsning atrofidagi mish-mishlar uning talabgirligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Aksincha ommaviy mojarolar va san’atkorning g‘ayrioddiy xatti-harakatlari ko‘pincha uning mashhurligini oshirishga yordam beradi.

    Leps barqaror ravishda eng ko‘p maosh oluvchi rossiyalik ijrochilar toifasiga kiradi, uning bir chiqish uchun gonorari ko‘pincha 120 ming yevroga baholanadi. Grigoriyning Moskva shahrida nufuzli tumanda joylashgan hashamatli kvartirasi bor. Bundan tashqari, san’atkorning Novorijskiy shossesida 1800 kvadrat metr maydonga ega katta dalahovlisi ham bor.

    Musiqiy daromaddan tashqari, xonandaning shaxsiy bizneslari ham foyda keltiradi. Masalan, Grigoriy Lepsga tegishli “Leps Bar” karaoke bari 2024-yil 5-sentyabrda Sankt Peterburgda o‘z faoliyatini boshladi. Shuningdek, xonandaning prodyuserlik markazi va optika do‘koni ham mavjud. Hozirda uning umumiy daromadi 5,3 million dollarga baholanmoqda.

    Basta

    Foto: Instagram

    Rossiyaning eng talabgir rep ijrochilaridan biri Basta zallarni to‘ldirib konsert beradi, muvaffaqiyatli onlayn shoular o‘tkazadi, ijtimoiy tarmoqlarda reklama kontentini joylashtiradi va Moskvada ham bir nechta restoranlarni boshqaradi. Forbes jurnalining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022-yilda uning oylik daromadi taxminan 765 ming dollarni tashkil etgan, san’atkorning yillik daromadi esa kamida 6,5 million dollarni tashkil etadi va ehtimol, hozir bu miqdor oshgan.

    U qimmatbaho xaridlarga bajonidil sarmoya kiritadi. Taxminlarga ko‘ra, Bastaning Moskva shahrida kvartirasi va katta kotteji bor. San’atkorning tezyurar premium avtomobillarga bo‘lgan ishtiyoqi haqida ham unutmaslik kerak: uning garajida Bentley Continental, Rolls-Royce Phantom va Cadillac Escalade kabi modellar bor, ularning har biri egasiga qimmatga tushgan.

    Filipp Kirkorov

    Foto: Instagram

    Rossiya estradasida sezilarli iz qoldirgan Filipp Kirkorov o‘nlab yillar davomida barqaror yuqori daromad ko‘rsatib kelmoqda. Uning korporativ tadbir uchun gonorari 127 ming dollardan kam bo‘lmagan miqdorda baholanmoqda. San’atkorga to‘lanadigan gonorar miqdori tadbir formati, chiqish davomiyligi va boshqa shartlarga qarab o‘zgaradi. Odatda Kirkorov oyiga uchtadan beshtagacha konsert beradi.

    Forbes ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, xonandaning moliyaviy ahvoli 2024-yil oxirida 4 million dollarga yaqinlashgan. Filipp Kirkorovning ko‘chmas mulki ko‘p va xilma-xil. Misol uchun, xorijiy aktivlar ro‘yxatini Bolgariya kurort shaharchasidagi kvartiralar va quyoshli Mayami (AQSH)dagi uy-joylar to‘ldiradi.

    Kirkorov tijorat faoliyatini ham faol rivojlantirmoqda. Fill fo yu brendi ostida eksklyuziv kiyimlar do‘koni mavjud bo‘lib, unda san’atkorning shaxsiy garderobidagi buyumlar sotiladi. Do‘kon dizaynerlik kolleksiyalarini sotish joyi sifatida ochilgan, ammo xaridorlarni taqdim etilgan modellarning o‘lchamlari va dizayni hayratda qoldiradi va hozirda savdo nuqtasi o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Musiqachi, shuningdek, qurilish sohasiga sarmoya kiritgan, “Quruvchilik qarorlari” kompaniyasida (30%) ulushga egalik qiladi, shuningdek, “RDV S” kompaniyasi tomonidan boshqariladigan “Russkiy xit” radiostansiyasining kichik ulushiga (5%) ham ega. Tijorat faoliyatidan keladigan umumiy yillik daromad ekspertlar tomonidan taxminan besh million dollarga baholanmoqda.

    Sergey Lazarev

    Foto: Instagram

    Sergey Lazarevning xalqaro mashhurligi asosan uning “Yevrovideniye”dagi ta’sirli chiqishi bilan izohlanadi. San’atkorning har bir shousi sirk mahorati elementlari, murakkab texnik yechimlar va hayratlanarli vizual effektlarga ega tomoshadir. Shunga yarasha san’atkorning talabi ham, daromadi ham yuqori. Lazarevning daromadi yiliga 1,2 dan 4,4 million dollargacha o‘zgarib turadi.

    Daromadning katta qismi reklama shartnomalari hisobiga shakllanadi. 2019-yilda Lazarev Jo Malone parfyumeriya brendi bilan shartnoma tuzib, uning rasmiy vakiliga aylandi. Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu bitim san’atkorning byudjetiga yiliga taxminan 65 ming dollar qo‘shadi. Bundan tashqari, uning ijtimoiy tarmoqlarida 4,9 milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan sahifasiga reklama postlarini joylashtirish yiliga 400 ming dollarga yaqin qo‘shimcha daromad keltiradi.

    Olga Buzova

    Foto: Instagram

    2021-yilda Forbes talqini bo‘yicha eng muvaffaqiyatli rossiyalik mashhurlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egalladi, u 3,3 million dollar boylik to‘pladi va Moskva markazida elita ko‘chmas mulkini sotib oldi.

    Olganing daromadlari turli yo‘nalishlardan shakllanadi. Xususiy tadbirlar va korporativ tadbirlarda chiqish qilish narxi 10 mingdan 19 ming dollargacha. Yil davomida shuncha tadbir o‘tkazilganda, uning gastrol faoliyatidan tushgan umumiy daromadi yiliga 382 ming dollargacha yetishi mumkin.

    Televizion shoularda ishtirok etish format va tuzilgan shartnomaga qarab 4 ming dollardan 25 ming dollargacha daromad olish imkonini beradi. Agar gap kanallarning reklama kampaniyalarida yoki maxsus ko‘rsatuvlarda suratga olish haqida ketayotgan bo‘lsa, to‘lovlar oshiriladi.

    Buzovaning ijtimoiy tarmoqlarda reklama postlarini joylashtirish narxi 4-7 yarim ming dollargacha. Faol reklama faoliyati faqat ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish uchun Olgaga oyiga 38 ming dollardan 63 ming dollargacha daromad keltirishi mumkin.

    Turli brendlar — kosmetika kompaniyalari, kiyim-kechak va aksessuarlar ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik ham qo‘shimcha foyda keltiradi. Mutaxassislar brendlar bilan hamkorlikdan olinadigan daromadni mahsulot sotish darajasiga qarab yiliga 127 ming dollardan 510 ming dollargacha baholamoqda.

    Shunday qilib, Olga Buzovaning gastrollar, reklama, televizion loyihalar va qo‘shma korxonalardan tushgan foydadan iborat yillik daromadining umumiy bahosi 2 million dollarni tashkil qiladi.

    Timati

    Foto: Instagram

    Timatini hamma reper va Black Star yorlig‘i yulduzi sifatida biladi. Biroq hozir Temurning daromadlari faqat musiqiy karyeraga bog‘liq emas. Leyblda ishlagan paytidayoq reper o‘zini muvaffaqiyatli biznesmen sifatida ko‘rsatgan. Hozir u biznes loyihalarining chegaralarini faqat kengaytirmoqda.

    Yakkaxon musiqiy faoliyatini davom ettirgan holda, san’atkor bir chiqish uchun 70 ming dollar miqdorida gonorar oladi. Temur venchur investitsiyalariga ixtisoslashgan “Raketa” MCHJ kompaniyasini tashkil etdi, bu boshqa faoliyat turlari bilan birgalikda unga yiliga 10 million dollarga yaqin foyda olish imkonini beradi.

    O‘tgan yili uning restoran biznesi daromadi 880 ming dollar miqdorida sof foyda keltirdi. Timati nomi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan va doimiy pul oqimini ta’minlaydigan biznes-loyihalar quyidagi tashabbuslarni o‘z ichiga oladi: 13 by Timati brendi ostida sartaroshxonalar, go‘zallik salonlari va tatu-studiyalar tarmog‘i, 13 Detailing & Car Wash avtomatlashtirilgan avtomobil yuvish tarmog‘i, Black Star Burger bilan hamkorlik shular jumlasidandir. Timatining 2024-yildagi umumiy yillik daromadi taxminan 2 million 200 ming dollarni tashkil etdi.

     Viktoriya Bonya

    Foto: Instagram

    Viktoriya Bonya uzoq vaqtdan beri faqat realiti-shoularda ishtirok etuvchi san’atkor emas, balki ko‘plab tijorat tashabbuslariga ega tadbirkorga aylandi. Bugungi kunda u o‘z brendi ostida mahsulotlarni sotmoqda, tovar va xizmatlarni reklama qilmoqda, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasining monetizatsiyani ham yo‘lga qo‘ygan. Uning sahifasidagi bitta reklama posti 10 ming dollar turadi.

    “Bu mening asosiy daromadim emas. Mening onlayn ta’lim maktabim bor, bundan tashqari, kiyimlarimning markasi ham o‘zimniki. Men ba’zan turli brendlarning kampaniyalarida ishtirok etaman”.

    Matbuot nashrlari va televideniyedagi reklamalar katta mablag‘ keltiradi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bunday suratga olishlar uchun to‘lovlar taxminan 127 ming dollarga yetadi. Bunday daromadlar foydali, ammo beqaror bo‘lib qoladi.

    Viktoriyaning teleekranlardagi muntazam chiqishlari ham moliyaviy asosga ega. Televizion loyihalarda ishtirok etish uning umumiy daromadining salmoqli ulushini ta’minlaydi, bu tahliliy hisob-kitoblarga ko‘ra, yiliga taxminan 893 ming dollarni tashkil qiladi. Shuningdek, Viktoriyaning o‘z kosmetika brendi mavjud bo‘lib, u o‘z vatanidan tashqarida bo‘lsa ham, uni targ‘ib qiladi. Teleboshlovchining umumiy daromadi oyiga 1 million dollarga baholanmoqda.

    23 iyul, 09:50   Izoh (0)   2202
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Rossiya estradasi#Badavlat san’atkorlar#Musiqa#Grigoriy Leps#Filipp Kirkorov#Basta

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.