• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Markaziy Osiyo

    Anomal issiq havo Markaziy Osiyoga katta xavf solmoqda — Jahon banki

    Tadqiqotga ko‘ra, mintaqada havo harorati ortib borishi insonlar hayoti va iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazadi. Yaqin kelajakda iqlim o‘zgarishi yomon oqibatlar yaratishidan jiddiy xavotir mavjud.

    Foto: sia.az
    Foto: sia.az

    Issiqlik muammosi kuchaymoqda

    Jahon banki Yevropa va Markaziy Osiyoning 70 ta shahrini qamrab olgan navbatdagi tadqiqoti natijalarini eʼlon qildi.

    Tadqiqotda yozilishicha, 2023-yilda mintaqada havo harorati ko‘tarilishi 87 mingdan ortiq ish o‘rni yo‘qolishiga olib kelgan. Shundan 22 mingdan ortig‘i O‘zbekistonda, 18 mingga yaqini Ozarbayjonda qayd etilgan.

    2050-yilgacha Yevropa va Markaziy Osiyodagi yirik shaharlarda issiq kunlar soni uch barobargacha oshishi mumkin. Harorat to‘lqinlari qariyalar, bolalar va kam taʼminlangan aholi uchun katta xavf tug‘diradi. Bunday holatlarda tez tibbiy yordam bo‘limlari va shifoxonalarga yuklama keskin ortadi, surunkali kasalliklar ko‘payadi.

    Haddan tashqari issiq harorat ishlab chiqarish uskunalari, elektr tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazadi. Yetkazib berish zanjirlariga salbiy taʼsir qiladi. Odamlar va ishchilar faoliyatini sekinlashtiradi (jismoniy va aqliy samaradorlik pasayadi).

    Shu bilan birga, ish soatlari kamayish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Ayniqsa, bu qurilish, transport, turizm sohalarida ko‘proq kuzatilishi mumkin. Transport tizimlari ishdan chiqishi, qurg‘oqchilik, yong‘inlar xavfi, havo sifati yomonlashuvi va energiya taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

    2090-yilga borib Markaziy Osiyoning bir qancha yirik shaharlari, jumladan, Ostona va Toshkentda havoning issiqligi tufayli umumiy o‘lim yiliga 10 mingdan 23 mingtagacha yetishi mumkin.

    Yana qanday oqibatlar kutilmoqda?

    Yevropa va Markaziy Osiyoda yashovchi aholining 70 foizi shaharlarda istiqomat qiladi. So‘nggi 20 yilda o‘n minglab odamlar issiqlik bilan bog‘liq sabablar tufayli halok bo‘lgan. Agar hech qanday chora ko‘rilmasa, issiqlik oqibatida iqtisodiy yo‘qotishlar 2050-yilga borib yalpi ichki mahsulotning (YIM) 2,5 foizigacha yetishi mumkin.

    Mintaqaning to‘qqizta shahri, shu jumladan Turkmanistonning Ashxobotida issiqlik sabab yillik iqtisodiy yo‘qotishlar YIMning 2 foizidan oshish ehtimoli katta.

    Qirg‘izistonda ekstremal harorat har yili 200 kilometrga yaqin yo‘llarning shikastlanishiga olib keladi. Bu esa taʼmirlash uchun katta xarajatlarni keltirib chiqaradi va transport infratuzilmasiga bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatni izdan chiqaradi.

    Ashxobodda jazirama bilan bog‘liq ortiqcha o‘limlar barcha yosh guruhlari uchun yiliga har 100 ming kishiga 25-28 holatni tashkil etadi. Ostona, Bishkek va Toshkentda esa bu ko‘rsatkich 19–21 tagacha yetadi.

    Nima qilmoq kerak?

    Tadqiqotda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Sameh Vahba masala yuzasidan fikr bildirgan. Uning taʼkidlashicha, harorat ko‘tarilishi va issiq to‘lqinlar tobora odatiy holga aylanar ekan, shaharlarda yashash qiyinlashadi. 

    “Lekin bir jihat borki, shaharlarda harakat qilish imkoniyati mavjud. Yaʼni ko‘proq daraxt ekish, maktab, kasalxona va turar joylarni passiv sovitish tizimlari bilan jihozlash zarur”, degan ekspert.

    Hisobotda yozilishicha, issiqlik taʼsirini kamaytirish uchun shaharlarda quyidagi choralarni ko‘rish kerak:

    • erta ogohlantirish tizimlarini yaratish;
    • tez tibbiy yordam xizmatlarini rivojlantirish;
    • aholi ehtiyoj sezayotgan joylarda sovitish markazlari tashkil etish;
    • issiqqa chidamli qurilish materiallaridan foydalanish,
    • infratuzilmani rejalashtirishda ekstremal ob-havo sharoitlarini hisobga olish.

    Tahlilda muvaffaqiyatli yechimlar uchun aniq siyosiy iroda, muvofiqlashtirish va barqaror moliyalashtirish zarurligi keltirilgan.

    Jahon banki katta shahar iqtisodchisi Megxa Mukim yechimlar borasida tavsiyalar bergan.

    “Shaharlar va hokimiyatlar issiqlikdan himoya bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, moliyalashtirish va joriy etishda yetakchilik qilmoqda. Lekin ularga aniq vakolatlar, barqaror moliya manbalari va milliy organlar bilan kuchli hamkorlik kerak”, deya fikr bildirgan ekspert.

    Xalqaro moliya tashkiloti mutaxassislari xulosasiga ko‘ra, issiqlik kutilmalariga hozirdan tayyorlanish muhim ahamiyatga ega. Chunki vaqtida qilingan harakat kelajakda nafaqat insonlar hayotini saqlab qoladi, balki shaharlar farovonligini mustahkamlaydi.

    17 iyul, 19:10   Izoh (0)   7633
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Jahon banki#Anomal issiq#havo#Markaziy Osiyo#havo harorati ortib borishi#xavf

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    25 iyun, 23:38

    O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish bo‘yicha hech qanday yakuniy qaror qabul qilinmagan — Pensiya jamg‘armasi

    26 iyun, 12:38

    Qirg‘iziston aholi daromadlari o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘ringa chiqdi

    2 iyul, 18:55

    O‘zbekistonda aholining suvdan qancha qarzi borligi ma’lum bo‘ldi

    11 iyul, 15:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.