Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol 9-iyul kuni qayta hibsga olindi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Sobiq prezident 2024-yili mamlakatda siyosiy notinchlik keltirib chiqarganlikda ayblanmoqda. U aprel oyida 6 soatlik harbiy tartib buyrug‘i uchun impichmentga uchragandi. Seul markaziy okrugi sudyasi 9-iyul kuni Yun “dalillarni yo‘q qilishi mumkinligidan qo‘rqib”, uni hibsga olishga order bergan. Janubiy Koreyaning hibsga olingan birinchi prezidenti bo‘lgan Yun harbiy holat joriy etishga urinishi tufayli qo‘zg‘olonga rahbarlik qilganlikda ayblanib sud qilinmoqda.
“9-iyul kuni bo‘lib o‘tgan 7 soatlik eshituv chog‘ida maxsus prokurorlar guruhi 5 ta asosiy ayblov bo‘yicha uni hibsga olishga order bergan”, deb xabar berdi Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi.
Ayblovlarga ko‘ra, Yun harbiy holat e’lon qilishdan oldin vazirlar mahkamasi a’zolarining ba’zilarini yig‘ilishga taklif qilmay, ularning huquqlarini poymol qilgan. Sobiq prezident dastlab ayblovlarni rad etish uchun advokatlari bilan birga sud majlisida qatnashgan. So‘ngra hibsga olish to‘g‘risidagi qarorni kutish uchun Seul tergov izolyatoriga olib ketilgan.
U dastlab yanvar oyida hibsga olingandi. Tergovchilar uni Seul markazidagi qarorgohidan hibsga olish uchun barrikadalarni kengaytirib, tikanli simlarni kesib tashlagan. Yun ikki oy o‘tgach, uning hibsga olinishini texnik sabablarga ko‘ra bekor qilganidan keyin ozod qilingan. Ammo sud baribir bekor qilinmagan edi. O‘sha paytda u aybdor deb topilganda, umrbod qamoq yoki o‘lim jazosiga hukm qilinishi ham mumkin edi.
Qayd etilishicha, Yun “harbiy holat e’lon qilinishini oqlaydigan reaksiyani keltirib chiqarish uchun” Shimoliy Koreya ustidan harbiy dronlarni uchirishga buyruq bergan. Bu borada prokurorlar dalillarga ega. Boshqa yuqori lavozimli amaldorlar ham qo‘zg‘olon ko‘tarish va harbiy holat e’lon qilish borasida o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish bilan ayblangan.
Janubiy Koreya qonunchiligiga ko‘ra, prezidentlar qo‘zg‘olonda ayblansa, sud qilinadi. Ammo endi Yun prezident emasligi hisobga olinsa, sobiq prezident boshqa jinoyatlarda ham ayblanib, sud qilinishiga hech qanday to‘siq yo‘q. Mamlakatning yangi prezidenti Li Chje Myong iyun oyida Yunning impichmentidan keyin navbatdan tashqari saylovlar natijasida saylangan edi. U mamlakatda demokratiyani mustahkamlashga va’da bergan. Chje Myong harbiy holat e’lon qilinishi hamda sobiq ma’muriyatning boshqa harakatlarini tergov qilish uchun maxsus advokatlar guruhini tayinlagan.
Izoh (0)