“Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qonunga ko‘ra, issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash choralari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- davlat hisobini yuritish;
- maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash;
- issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish va ularning tutib qolinishini oshirish bo‘yicha faoliyatni qo‘llab-quvvatlash.
Shuningdek, yuridik shaxslar, YTT va jismoniy shaxslar “yashil” loyihalarni amalga oshirish huquqiga ega. O‘zbekiston hududida amalga oshiriladigan “yashil” loyihalar natijasida qisqartirilgan issiqxona gazlari davlat tomonidan to‘liq tasarruf etiladi. “Yashil” loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar uglerod birliklari reyestriga kiritiladi.
Bundan tashqari, qonunda “yashil” loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilgan “yashil” loyihani bajarish natijasida hosil bo‘lgan uglerod birliklari verifikatsiya qilinishi ko‘zda tutilgan.
Toshkent viloyatida isitishda rezina shinalardan foydalangan 8 ta issiqxona jarimaga tortilgan edi. Shuningdek, Toshkent viloyatida dudburondan foydalanish qoidalarini buzgan 103 ta issiqxona faoliyati to‘xtatilgani aytilgandi.
Gaz o‘g‘irlayotgan issiqxonalar
Izoh (0)