Beyonse Parijdagi Stad de Frans’da uchta konsertdan iborat seriyasini yakunlab, tarixga kirdi. Ketma-ket bir necha oqshom stadion to‘liq to‘ldi. Keling, ijrochi qanday rekordlarni o‘rnatganini ko‘rib chiqamiz.

Birinchidan, barcha chiqishlardan tushgan daromad 39,7 million dollardan oshdi. Hech bir erkak, ayol, o‘zga sayyoralik va boshqa hech kim bunchalik ko‘p pul yig‘magan edi. Hech qachon, deb ta’kidlandi stadionning rasmiy bayonotida.
Ikkinchidan, uchta konsertning har biri Beyonsega 13,2 million dollardan ko‘proq daromad keltirdi, sotilgan chiptalarning umumiy soni esa 215 mingni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Yahoo. Bu Beyonseni stadion tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan ayol ijrochiga aylantirdi va xonandaning hisobiga uchinchi rekordni qo‘shish uchun asos bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Beyonse hamon dunyodagi eng muvaffaqiyatli san’atkorlardan biri unvonini saqlab qolmoqda. Millionlab muxlislar uning ijrosidagi mashhur qo‘shiqlarni tinglashga tayyor.
Izoh (0)