• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Yulduz”ga aylangan muzeylar. Jahonning eng mashhur muzeylari haqida

    18-may butun dunyoda Xalqaro muzeylar kuni sifatida nishonlanadi. Sana munosabati bilan “Daryo” Fransiyaning LesEchos nashrida e’lon qilingan muzeylar haqidagi tahliliy maqolani tarjima tariqasida ayrim o‘zgarishlar bilan taqdim etadi.

    Odatda, juda mashhurlikka erishgan san’atkorlar, sport yulduzlari tomoshabin va mablag‘ yig‘ishda doim yetakchilik qilib keladi. Xuddi shunday muzeylarning orasida ham “yulduzlar” mavjud. Bu millioner muassasalar o‘zlarining muvaffaqiyatlariga haqiqiy ommaviy sanoat mantig‘iga kirishgani uchun erishgan.

    Parijda joylashgan Luvr muzeyi.

    Parijda joylashgan Luvr muzeyi.
    Foto: LesEchos
    2018-yilda Parijda joylashgan Luvr muzeyi o‘z tarixida ilk bor 10,2 million tashrif buyuruvchilarni qabul qilib, rekord o‘rnatdi. 2017-yilda bu ko‘rsatgich 25 foizga kamroq bo‘ldi. 2019-yilga kelib esa ko‘rsatgich 9,6 millionni tashkil qildi. The Art Newspaper nashri har yili dunyoda eng ko‘p tashrif buyurilgan muzeylar ro‘yxatini e’lon qilib boradi. Ushbu ro‘yxatda Luvr muzeyi bir necha yildan buyon yetakchilikni qo‘ldan bermayapti.

    Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyi ham shu yili rekord natijaga erishdi. 2018-yilda muzeyga 7,36 million kishi tashrif buyurgan va bu oldingi yilgiga nisbatan 5 foizga ko‘p degani. 2019-yilda esa muzey tashrif buyuruvchilari soni  biroz pasaygan va 6,5 millionga yaqinni tashkil qilgan. Xo‘sh, bu jamoatchilikning, asosan, katta obro‘ga ega muassasalarga diqqatini qarayotganini anglatadimi? Buning uncha tanish bo‘lmagan yoki kichik muzeylar faoliyatiga qanday ta’siri bor?

    Shubhasiz, xalqaro turizmning rivojlanishi mamlakatga juda katta foyda keltiradi. Bu borada o‘zida bir qancha afzalliklarni birlashtirgan Luvr uchun bonus ham bor: uning kolleksiyalari ulug‘vor tarixiy yodgorlik ichida bir necha asrlik tarixni qamrab olgan, shedevrlar ichra shedevr bo‘lmish “Mona Liza” Luvrda saqlanadi, u dunyoning birinchi raqamli turistik yo‘nalishi bo‘lmish Parijda joylashgan. Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilarning to‘rtdan uch qismi chet elliklardir: Luvrga borish — bu Montmartr yoki Yelisey maydoni kabi joylar qatorida Fransiya poytaxtini kashf qilganingizni tasdiqlash katakchalaridan biridir.

    Lekin Luvr turistik gigantlarning yagonasi emas. Sorbonna Nuvel universiteti professori Fransua Meresning aytishicha, “dunyoda 60-80 tacha ana shunday millioner muzeylar bor”. The Art Newspaper jurnali ro‘yxatining yuqori nuqtalaridan joy olgan Xitoy Milliy muzeyi (7,4 million), Vatikan muzeyi (6,9 million), Briyaniya muzeyi (6,2 million), Tate Modern (6 million), National Gallery of London (6 million), Ermitaj (4,6 million) kabi muzeylar ham bu borada Luvrga raqobatchi bo‘la oladi.

    Luvr muzeyi.

    Luvr muzeyi.
    Foto: Google Photos

    “Bir sanoat va ommaviy mantiq mavjud: davlat va xususiy moliyaviy oqimlar, asosan, eng boy va ko‘zga ko‘ringan tomonga qarab yo‘naltiriladi”, — deya kuzatuvlarini ma’lum qiladi Fransua Meres. Ushbu mexanizm orqali ko‘proq afzalliklarga ega bo‘lganlar boshqalarga nisbatan ustunligini oshirmoqda. Bu Matfey effekti deyiladi. Bu nazariya 1998-yilda sotsiolog Robert King Merton tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u Matfey Injilidagi quyidagi gapga asoslangan: “Kimda bor bo‘lsa, unga beramiz va u mo‘l-ko‘l bo‘ladi, ammo kimda yo‘q bo‘lsa, bor narsasini ham tortib olamiz”.

    Muzeylarga aloqador bo‘lmagan yana bir fenomen: Parij operasi davlatdan 98 million yevro miqdorida subvensiya oladi. Bunga 18 million yevro xususiy kompaniyalar ajratgan summani ham qo‘shish kerak. Shu vaqtda butun regiondagi 20 ga yaqin opera uchun 28,5 million yevro subvensiya ajratiladi.

    2018-yilda Luvr ikki muhim loyihadan ham xalqaro miqyosda o‘z nufuzini ko‘tarishda yaxshigina foyda oldi. Bir tarafdan Beyonse va Jay-Z’lar o‘zlarining kliplarini aynan Luvrda suratga tushirdi. Klip internet tarmog‘ida 150 million tomoshabinni yig‘di va ularning aksariyati yoshlar edi. Guardian nashri Luvrning bir kechada “ajoyib marka”ga aylanganini yozgan edi. Muzey do‘konida o‘z nomi tushirilgan 1600 turdagi narsalar majud.

    Ikkinchi tomondan, Fors ko‘rfazida o‘z nomining paydo bo‘lishi unga yaxshigina foyda berdi: Abu-Dabida  Jan Nuvel tomonidan qurilgan Abu-Dabi Luvr muzeyi 2017-yilda ochildi va ochilganidan buyon bir milliondan ortiq turistni qabul qildi. Shunday qilib Luvrning Yaqin Sharq, Afrika va Osiyo xalqlari oldida shuhrati yanada oshirildi. Luvr muzeyi bugungi kunda 70 dan ortiq hamkorlik loyihalarida qatnashmoqda.

    Brendni targ‘ib qilish — eng yaxshi usul

    Boshqa muzeylar o‘z brendini targ‘ib qilish qanchalik muhimligini allaqachon tushunib yetdi. Iqtisodchi Bruno Frey bu haqda 1998-yilda Nyu-Yorkdagi Guggenhaym muzeyining Bilbaoda o‘z faoliyatini boshlaganidan bir yil keyin o‘zining “Superstar Museum” asarida aytib o‘tgan edi. O‘shandan buyon Londondagi Viktoriya va Albert muzeyi Shotlandiyaning Dandi shahrida filial ochdi va Xitoyning Shenchjen shahrida filial tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib bordi, Pompidu markazi Malaga, Bryusselda va Shanxayda o‘z filiallarini ochishga muvaffaq bo‘ldi.

    Luvr muzeyi.

    Luvr muzeyi.
    Foto: Google Photos

    “Foyda olish uchun globallashuvdan foydalanayotgan ana shunday cheklangan yulduz muzeylar guruhi qarshisida boshqa muassasalar yashab qolishga harakat qilmoqda. Ular ko‘pincha subvensiyalar va ko‘ngillilar yordamiga tayanib qolgan. Fransiyada 1200 ta muzey bo‘lsa, ularga tashrif buyuruvchilarning yarmi 10 ta muzey hissasiga to‘g‘ri kelmoqda”, — deya qo‘shimcha qiladi Fransua Meres.

    Ba’zi elementlar kamtarona qayta muvozanatni boshlab berishi mumkin. Masalan, Luvr muzeyi direktor-prezidenti qabul hajmini oshirish maqsadida 60 million yevrolik hajmdagi ishlarni amalga oshirdi va tirbandlikning oldini olishni kafolatlagan 30 daqiqadan kam vatqda kirishga imkon beruvchi vaqt belgilangan kirish chiptalarini joriy qildi.

    Muzey ashyolari ko‘rgazmasini tashkillashtiruvchi Jan Fransua Gryunfeld Luvr haqida kinoyali ohangda shunday degan: “Luvrda eksponatlardan ko‘ra ko‘proq kallalarni ko‘rasiz. Asarlardan zavq olishni istasangiz, Shatoruga boring!”. Bundan tashqari, yirik muassasalar singari “qolganlar ham, hajmidan qat’i nazar, o‘z tashrif buyuruvchilariga endi qanday murojaat qilishni yaxshiroq biladi, ular o‘zlarini marketing vositalari va buning uchun kerakli bilim-ko‘nikma bilan ta’minladi”.

    Jozibali muzeylar qurish uchun ko‘p mablag‘ sarflagan Fransiya mintaqaviy metropoliyalari yiliga bir necha yuz ming mehmonlarni ham jalb qila oladi. Shunday qilib, katta muzeylarning muvaffaqiyatlari kichik muzeylarning zallarini bo‘shatib qo‘ymaydi.

    The Art Newspaper jurnali tomonidan tuzilgan 2019-yilda eng ko‘p mehmon qabul qilgan san’at muzeylari o‘ntaligi:

    1. Luvr muzeyi — Parij — 9 600 000 (tashrif buyuruvchilar soni);
    2. Xitoy Milliy muzeyi — Pekin — 7 390 000;
    3. Vatikan muzeyi — Vatikan, Rim — 6 882 931;
    4. Metropoliten San’at muzeyi — Nyu York — 6 479 548;
    5. Britaniya muzeyi — London — 6 239 983;
    6. Tate Modern — London — 6 098 340;
    7. Milliy Galereya — London — 6 011 007;
    8. Ermitaj davlat muzeyi — Sankt-Peterburg — 4 956 529;
    9. Museo Reina Sofía muzeyi — Madrid — 4 425 699;
    10. Milliy san’at galereyasi — Vashington — 4 074 403.

    19.05.2020, 19:38   Izoh (0)   97582
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Megan Markl va shahzoda Garri haqida “Qasrdan qochish” nomli filmi suratga olinadi

    12.05.2020, 09:51

    “Xato qilganimni bo‘ynimga olaman”. Yulduz Usmonova hammadan kechirim so‘radi (video)

    08.05.2020, 07:33

    Foto: Sardobadagi kulfat ko‘lami insonlar yuzida aks etgan surat

    06.05.2020, 18:41

    Oliy sud: Yulduz Usmonovaning ishi yuzasidan materiallar sudga kelib tushmagan

    06.05.2020, 13:17

    Qiyofasi va rollari bilan qalblardan joy olgan Burak O‘zchivit haqida faktlar

    05.05.2020, 07:51

    Toshkent shahar IIBB Yulduz Usmonovaning ichki ishlar xodimlarini haqoratlagani holati yuzasidan surishtiruv boshladi

    05.05.2020, 06:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sistit — bu uyat emas!


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT: Sudanni tark etganlar soni 4 mlndan oshdi

    Dunyo | 3 iyun, 16:20

    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar

    Reklama | 3 iyun, 15:00

    Falastinlik mahbuslarning yaqinlari haj ziyoratiga bordi

    Dunyo | 3 iyun, 16:13

    “Mobil aloqa haqi ham kamida 35 ming so‘m”. Jamshid Qo‘chqorov elektr energiyasi narxi past darajada oshirilganini aytdi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 16:09

    Qurbon hayitida Toshkentda jamoat transporti soat 3 dan ishlaydi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 16:04

    Charli Chaplin, Marlon Brando va boshqa Gollivud yulduzlarining nabiralari qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 3 iyun, 15:55

    Isroil Yamandan uchirilgan raketani urib tushirdi

    Dunyo | 3 iyun, 15:45

    Ledi Gaga Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

    Layfstayl | 3 iyun, 15:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.