“Manchester Siti” himoyachisi Riko Lyuis 2025-yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida yana ikki o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda ESPN nashriga tayanib Championat xabar berdi.

Lyuis guruh bosqichining 1-turida “Vidad”ga qarshi bahsning 88-daqiqasida qizil kartochka olgan edi. U to‘pga qo‘pol tarzda tashlanib, harakat davomida raqib hujumchisi Samuel Obengning yuziga oyog‘i bilan zarba bergan. Shu sababli 20 yoshli futbolchi keyingi o‘yin — BAAning “Al-Ayn” jamoasiga qarshi bahsda (6:0) ishtirok etmadi.
FIFA intizomiy qo‘mitasi ushbu voqeani ko‘rib chiqib, Lyuisni yana ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qildi. Bu esa uni guruh bosqichining so‘nggi turi — “Yuventus”ga qarshi o‘yindan hamda 1/8 final bahsidan chetlatadi.
Ma’lumot uchun, “shaharliklar” guruh bosqichidagi dastlabki ikki bahsda ham g‘alaba qozonib, 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Ularning navbatdagi o‘yini 27-iyun kuni “Yuventus”ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Izoh (0)