• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    U shunchaki omadli emas. Zinedin Zidan qanday qilib 1 yil avval rasvo o‘yin ko‘rsatgan “Real”ni chempionga aylantirgani haqida

    Zinedin Zidan qo‘l ostidagi “Real” jamoasi La Liga 2019/20-yilgi mavsumi chempionligini qo‘lga kiritdi. Rossiyalik jurnalist Vadim Lukomski fransiyalik dahoning joriy mavsumdagi uslubini tahlil qilib chiqdi. “Daryo” ushbu maqolani o‘zbek tilida taqdim etadi.

    Foto: La Liga

    Foto: La Liga

    Zinedin Zidanning chempionlik qo‘lga kiritilgandan keyingi ilk reaksiyasi: “Bu faoliyatimdagi eng yaxshi kunlardan biri. Chempionlar Ligasi — bu Chempionlar Ligasi, biroq mana bu sovrin uchun ko‘proq xursandman, chunki La Liga bu — ajoyib”.

    Murabbiylik davridagi to‘rt mavsum davomida Zidan 11 ta sovrin yutib oldi (uchta Chempionlar Ligasi, ikkitadan Yevropa Superkubogi, Ispaniya Superkubogi, klublar o‘rtasidagi JCh va La Liga). Ammo so‘nggi sovrinning o‘rni umuman boshqacha. Jurnalist quyida nima uchun La Liga 2019/20-yilgi mavsumi fransiyalik murabbiy uchun faoliyatining cho‘qqisi ekani haqida fikr yuritadi.

    1. Zizuning “Real” boshqaruvida ilk bor paydo bo‘lishi juda katta muvaffaqiyat keltirgandi. U ajoyib ishlar qilgandi, biroq hozirgisidan butkul boshqacha edi. Zidan dastlabki “Real”da makromenejment edi — maydondagi mayda detallar jamoaning o‘zini o‘zi boshqarishi orqali hal qilinardi.

    O‘sha vaqtdagi “Real” o‘zini o‘zi boshqara olishining isboti sifatida Serxio Ramosning Xulen Lopetegi iste’fosidan keyingi gaplaridan ham bilib olish mumkin. Ispaniyalik futbolchi jamoaga Antonio Kontening olib kelinishi borasidagi xabarlarga quyidagicha javob bergandi: “Hurmat o‘rnatilmaydi, aksincha, qozoniladi. Biz barcha musobaqalarda g‘olib chiqdik, turli murabbiylar qo‘l ostida o‘ynadik — “Real”da murabbiylik bilimlaridan ko‘ra kiyinish xonasidagi boshqaruv muhimroq”.

    Keskin, ammo haqiqatga yaqin. Nima demoqchi ekani ayon: “Real” o‘yinchilari futbolni yetarli darajada chuqur anglaydi, o‘yinlarni o‘qiy oladi va o‘zlariga nima kerak ekanini biladi — ayrim jabhalarda ular hech bir murabbiyning fikriga qo‘shilmaydi. Zidan aynan shunday jamoa bilan muvaffaqiyat qozongandi. Murabbiy mazkur taktik formulalarni yaxshi tushunar va futbolchilarning alohida salohiyati evaziga umumiy konsepsiyani rivojlantirardi.

    Bunga yaxshi misol sifatida Kazemironing tarkibga biriktirilishini ko‘rsatish mumkin (Massimiliano Allegrining fikricha, Zidanning yutug‘i ham aynan shunda). Bu tarkibni balansga keltirdi. Mazkur yo‘lda murabbiyning falsafasi ikkinchi planga o‘tadi, har bir futbolchiga qulay sharoit yaratish muhim vazifaga aylanadi. Eshitilishidan oddiy tuyulsa-da, biroq barcha yulduzlarga asosiy tarkibdan joy topib berish ancha qiyin.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Hamma ham buni taktik ish uslubiga kiritmaydi (Zidanning iqtidori tan olinmasligiga sabablardan biri), biroq bu haqiqiy murabbiylik san’ati (buni qanday nomlash va qaysi kategoriyaga kiritishning farqi yo‘q). Mazkur uslubning haqiqiy ustasi — Karlo Anchelotti. Unda chizgilar o‘zgarib turadi (ayrim vaqtlarda u aralash-quralash bo‘lib ketadi), biroq har safar yulduzlar ochib beriladi — aynan shuning uchun italiyalik mutaxassis Chempionlar Ligasida ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishgan. U yerda ko‘pincha natijani o‘yin tuzilishidan ko‘ra, yulduzlar va epizodlar hal qiladi.

    2020-yilga qaytamiz. Ramos hamon o‘z joyida va muhim vazifani bajaradi, biroq jamoaning o‘zini o‘zi boshqarish tizimi tugagan (yoki jamoa kamida bu tizim sehriga ishonmay qo‘ygan). Zidandan o‘yindan o‘yinga butkul boshqacha ish ko‘lami talab qilindi. Fransiyalik mutaxassis esa raqiblarini mukammal tahlil qila oldi.

    Luka Modrichning top-saviyaga chiqishi — mana shu ishning natijasi. Modrich kamroq o‘ynay boshladi (tetiklikni saqlagan holda), Zidan esa undan maksimal darajada foyda keladigan o‘yinlarda (pressingda o‘ynaydigan jamoalarga qarshi) foydalandi. Aksincha raqibni pressingda sindirish kerak bo‘lgan vaqtlarda Fede Valverde paydo bo‘ldi. Ikkisi ham yuqori “planka”ni ushlab turdi. Barakalla, ammo aynan Zizu ular uchun qulay sharoitli o‘yinlar topa oldi.

    Mavzuga doir: “Real”da Kroos-Modrich juftligini parchalagan “mitti qushcha” haqida

    Xuddi shunday prinsip asosida Marselo va Ferlan Mendini ham rotatsiya qildi (biri — hujum quroli, boshqasi — ishonch). Yoki yangi misollardan biri: Rodrigo va Marko Asenio so‘nggi uchrashuvlarda o‘naqay — chapda, chapaqay — o‘ngda va buning aksi bo‘lgan o‘yin uslubida harakat qildi. Birinchi variant qanotlarni kuchaytirishga qaratilgan bo‘lsa, boshqasi tayanch zonasini mustahkamlaydi.

    Bu juda kichik detallar va “Real”ning har bir o‘yinini kuzatib bormaydiganlar uchun tushunarsiz, biroq uning samaradorligi juda katta ustunlik berdi. Zidanning mikromenejmenti ajoyib bo‘ldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2. Zidanning La Ligaga bo‘lgan munosabatini inobatga olish muhim. Uning uchun bu sovrin — birinchi o‘rinda. Va gap Yevrokuboklardagi muvaffaqiyatlardan to‘yib qolishda emas. Sovringa qadar fransiyalik mutaxassis shu o‘ylarini tushuntirgandi: “Men uchun La Liga — eng muhim va eng qiyin musobaqa. Chempionlar Ligasida bor-yo‘g‘i 12 o‘yin bor, La Ligada esa — 38 ta.

    Zidanning mantig‘i yangilik emas: uzun mavsumda tasodiflar kam bo‘ladi, katta ehtimol bilan eng yaxshi jamoa g‘alaba qozonadi — aynan mana shunday musobaqa murabbiy ishi va jamoa evolyutsiyasini baholashda qo‘l keladi. Chempionlar Ligasida ham tasodifiy g‘alabalar deyarli yo‘q, ammo unda katta ehtimol bilan eng yaxshi jamoa emas, balki, musobaqa davomida omadi chopgan kuchlilardan biri zafar quchadi.

    Mavzuga doir: Zidan “Real” boshqaruvidagi 11-sovringa ega chiqdi. U har 19 o‘yinda bitta sovrin yutmoqda

    Albatta, bu fikrga qarshi argumentlar ham bor (masalan, kuchli jamoalar yig‘ilgan Chempionlar Ligasidagi raqobat saviyasi), biroq bu holatda Zidanning pozitsiyasi muhimroq sanaladi. U La Ligaga alohida e’tibor qarayotganini tan olishi hurmatga loyiq.

    Hozirda Zidanda ikkita chempionlik sovrini bor. Ularni qo‘lga kiritishdagi qiyinchiliklar turlicha bo‘lgan, bu safar u keragidan ortiq bo‘ldi.

    Birinchidan, jamoa mavsumiga 30+ gol uradigan Krishtianu Ronalduning o‘rnini to‘ldira olmadi (“Real” o‘tgan galgi chempionlik mavsumida 106 ta gol urgan, bunisida esa — 70 ta).

    Ikkinchidan, mavsum startida Zidan jamoaning yangi yetakchisi sifatida Eden Azarni qabul qilib oldi, biroq jarohatlar va individual muammolar sabab belgiyalik futbolchi yetakchilik roliga yaqin ham kela olmadi. Hammasini yo‘lma-yo‘l qayta qurishga to‘g‘ri keldi.

    Bu yangi futbolchilar bilan boyitilgan boshqa pozitsiyalarga ham taalluqli. Luka Yovich — mutlaq omadsiz transfer. Eder Militao — biror fikr bildirish qiyin (markaziy himoyadagi raqobatni inobatga olish kerak, balki braziliyalik futbolchi o‘zini ko‘rsatar), biroq hozircha muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi. Faqat Ferlan Mendi munosib o‘ynay oldi. Rodrigo ham bor, biroq u bu yoshida yetakchilik roliga da’vogarlardan emasdi.

    Buni chempionlik transferlari deb bo‘lmasdi. Zizu so‘nggi o‘n yil ichida eng yomon mavsumni o‘tkazgan “Real”dan yangi jamoa tuzishi kerak edi. Aynan bir yil avval rasvo o‘yin namoyish qilgan futbolchilar bilan (xarid qiliganlar bilan emas), muvaffaqiyatga poydevor yasadi.

    Foto: “Real Madrid”

    Foto: “Real Madrid”

    3. “Real”da qolganlaridan ustun turadigan uslub yo‘q, biroq u istalgan vaziyatda o‘zini ko‘rsata oladi. Bu jamoani boshqa top-klublardan ajratib turadi.

    U “Bavariya” yoki “Manchester Siti” kabi pozitsion hujum qilmaydi, “Liverpul” kabi hududiy pressing yoki “Atalanta”ga o‘xshab personal pressing ishlatmaydi, “Atletiko” saviyasida pozitsion himoyalanmaydi, qarshi hujumlarda “Latsio” kabi harakat qilmaydi (ha, hozirda Simone Inzagi jamoasi bu borada — top darajada) va o‘yinni Lionel Messi kabi daho atrofida qurmaydi.

    Pressing ayrim vaqtda boshqalaridan ajralib turadigandek bo‘ldi. Alohida o‘yinlarda “Real” bosim amalga oshirishda ajoyib harakat qildi, unda asosiy yulduz Federiko Valverde bo‘ldi. Biroq “Real” pressing-mashina bo‘la olmadi. Zidan g‘oyalardan qachon voz kechishni bilardi — tig‘iz taqvimda bunday o‘yin uslubi bilan ketma-ket 10 marta g‘alaba qozonib bo‘lmasdi. Fransiyalik mutaxassis bu sharoitga ajoyib moslashdi — “Real” so‘nggi o‘yinlarda raqibni o‘ziga chorlagan holda qarshi hujumda harakat qildi. Shuningdek, Zizu o‘yin vaqtida har safar vaziyatdan kelib chiqib to‘g‘ri qarorlar chiqardi.

    Mavzuga doir: Ramosdan Zidangacha. “Real”ni Ispaniya chempioni qilgan 7 inson haqida

    Bunday adaptatsiya — “Real”ning muvaffaqiyati siri. Biror uslubni muqim ushlamagan, biroq deyarli barcha holatda kuchli jamoa murabbiyning nozik individual yurishlarisiz g‘alaba qozona olmaydi. Aynan u kerakli yo‘lni tanlaydi. Zidan juda ko‘p vaziyatda nishonni to‘g‘ri ko‘zlay oldi.

    ***

    Shu o‘rinda Zidan bilan “Yuventus”da birga o‘ynagan va o‘shandan beri qalin do‘stiga aylangan Alessandro del Pyeroning so‘zlarini keltirish to‘g‘ri bo‘ladi: “Men Zidan bilan murabbiylik kasbi haqida gaplashdim. U bu sohada faoliyat olib borish uchun ko‘p narsalarni o‘rganish kerakligi, Fransiya va Ispaniyaga borib jamoalarni kuzatgani va boshqa murabbiylarni kuzatib borgani haqida gapirdi. Biroq, o‘ylashimcha, murabbiylik ishida unga Italiya kuchli ta’sir qilgan. Anchelotti va Lippi unga ulkan ta’sir o‘tkazgan”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Zidanning birinchi “Real”i — bu Anchelottining niqobi. Joriy mavsum biz butkul boshqacha jamoani ko‘rdik — bu Lippining niqobi. Zidan hech kimning uslubidan to‘liq nusxa ko‘chirib olmaydi — u uslublarni o‘ziga moslashtiradi va ulardan qanday mohirlik bilan foydalanishini barchamiz bilamiz.

    Zidan — bir-biriga butkul teskari bo‘lgan italiyalik top-murabbiylarning ideal mutanosibligi. Ha, aytgancha, fransiyalik mutaxassis faoliyatining avvalida Marselo Byelsa va Pep Gvardiolaga shogird tushganini unutmaslik lozim.

    Balki, Zizu dunyoning eng yaxshi murabbiyi emasdir (baribir Kloppning “Liverpul”dagi yoki Gasperinining “Atalanta”dagi ishi — juda kuchli), biroq turfa xillik borasida aniq top-murabbiy. U har bir niqobda mukammal. Dunyodagi hech bir murabbiyning rivojlanishi uniki kabi qiziqarli emas.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    21.07.2020, 23:59   Izoh (0)   35106
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pep Gvardiola Premyer Ligada Aleks Fergyusonning rekordini yangiladi

    21.07.2020, 23:31

    Ronaldu “Oltin butsa” uchun kurashda Levandovski bilan oradagi farqni qisqartirdi. Yana 5 ta gol Krishtianuni g‘olibga aylantiradi

    21.07.2020, 22:52

    UEFA prezidenti: Hatto Ikkinchi jahon urushi vaqtida ham futbol to‘xtab qolmagan edi

    21.07.2020, 22:03

    “Real” Zinedin Zidanga muddati chegaralanmagan shartnoma taklif qiladi

    21.07.2020, 21:17

    Konor Makgregor Monako malikasi bilan suv velosipedida 180 kilometrlik turda qatnashadi

    21.07.2020, 20:39

    “Ufa” Oston O‘runovni sotishga qaror qildi. Unga Samvel Babayan boshqarayotgan klub ham da’vogar

    21.07.2020, 20:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.