• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12980.16
    • RUB161.63
    • EUR14606.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida

    Jahon Chempionati va Yevropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish har qanday futbolchining orzusi. “Manchester Siti” hujumchisi Xulian Alvares yoki “Inter” forvardi Lautaro Martines bu ikki sovrinni bir mavsumda qo‘lga kiritgan futbolchiga aylanishi mumkin. Hujumchilar 2022-yilning dekabr oyida Argentina terma jamoasi bilan Qatarda bo‘lib o‘tgan mundialda g‘olib chiqqandi. Ma’lumot uchun, aynan shu ikki futbolchi terma jamoada asosiy tarkib uchun raqobatlashgandi. Iyun oyida esa ular YCHL g‘olibligi uchun kurashadi.

    Alvares yoki Martines bir mavsumda “mukammal dubl” qayd etgan birinchi futbolchi bo‘lmaydi. Futbol tarixida bunday natijaga to‘qqiz nafar o‘yinchi erishgan. Lekin ularning hech qaysisi Argentina terma jamoasi yoki “Manchester Siti” va “Inter” klublaridan bo‘lmagan. Quyida bir mavsum ichida ham mundial, ham YCHLda g‘olib chiqqan futbolchilar haqida so‘z boradi.

    Zepp Mayer, Frans Bekkenbauer, Hans-Georg Shvartsenbek, Paul Braytner, Uli Hyoness va Gerd Myuller.

    1974-yilda olti nafar germaniyalik futbolchi imkonsiz narsani amalga oshirdi. Ular ikki oy ichida ham Chempionlar Kubogida, ham Jahon Chempionatida zafar quchgan. Avvaliga darvozabon Mayer, himoyachilar Bekkenbauer, Shvartsenbek, Braytner, yarim himoyachi Hyoness va hujumchi Myuller “Bavariya” safida Chempionlar Kubogida g‘olib chiqdi.

    Foto: Getty Images

    Kubok yo‘li myunxenliklar uchun oson bo‘lib chiqmadi. Jamoa birinchi raunddayoq musobaqadan chiqib ketishi mumkin edi. “Bavariya” Shvetsiyaning “Otvidaberg” jamoasi ustidan penaltilar seriyasida g‘alaba qozongan. Ikkinchi raundda esa Drezdenning “Dinamo”siga qarshi aql-bovar qilmas o‘yinlar o‘tkazdi — o‘z maydonida 4:3, mehmonda esa 3:3 hisobi qayd etildi. Chorak finalda esa Bolgariyaning “SSKA” jamoasiga qarshi ishonchli o‘yinlar o‘tkazdi, yarim finalda Vengriyaning “Uypesht” klubini javob o‘yinidagi yirik g‘alaba evaziga dog‘da qoldirdi. Bryussel shahrida o‘tkazilgan “Atletiko”ga qarshi final o‘yinini esa qayta o‘tkazishga to‘g‘ri keldi, chunki jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynagandi. E’tiborlisi, Shvartsenbek 120-daqiqadagi goli bilan “Bavariya”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgandi. Myunxenliklarning haqiqiy triumfi ikkinchi o‘yinda sodir bo‘ldi. Klub Hyoness va Myullerning dubllari evaziga “Atletiko”ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

    1974-yilgi Jahon Chempionati GFRda bo'lib o‘tdi va bu vazifani osonlashtirdi. Birinchi bosqichda GDR, Chili va Avstraliyani mag‘lub etdi, ikkinchi bosqichda esa Polsha, Shvetsiya va Yugoslaviya terma jamoalari ustidan g‘alaba qozondi. Myunxen shahrida o‘tkazilgan Niderlandiyaga qarshi final omadsiz boshlandi. Lolalar yurti vakillari ikkinchi daqiqadayoq penaltidan hisobni ochdi. Tanaffusgacha Braytner va Myullerning gollari nemislarga hisobda oldinga chiqib olishga yordam berdi. Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi va GFR jahon chempioniga aylandi.

    Foto: Getty Images

    Bekkenbauer GFR terma jamoasining ham, “Bavariya”ning ham sardori edi. U mamlakatda 1974-yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Shunga qaramay “Oltin to‘p” uchun kurashda Yohan Kroyffga mag‘lub bo‘ldi. Myuller esa sakkizta gol bilan Chempionlar Kubogi to‘purari bo‘lgandi.

    Kristian Karambyo

    Kristian Karambyo Yangi Kaledoniyada tug‘ilgan, Fransiya terma jamoasida o‘ynagan va faoliyatidagi yulduzlik onlarini Madridda o‘tkazgan. Yarim himoyachi 1998-yilda avvaliga “Real Madrid” bilan Chempionlar Ligasida, keyin esa “uchranglilar” bilan Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

    Foto: Getty Images

    “Real Madrid” Karambyoni 1998-yilning yanvarida “Sampdoriya”dan sotib olgan. Kristian Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidagi barcha o‘yinlarni asosiy tarkibda boshlagan va ilk uchta o‘yinda (“Bayer”ga qarshi chorak finalning ikki o‘yinida va “Borussiya D”ga qarshi yarim finalning birinchi uchrashuvida) gol urgan. “Real” 1:0 hisobida g‘alaba qozongan “Yuventus”ga qarshi final o‘yinida 90 daqiqa maydonda harakat qilgan.

    Bir oydan keyin yarim himoyachi Fransiya mezbonlik qilgan Jahon Chempionatida ishtirok etgan. Biroq Kristian chorak finalgacha zaxira o‘yinchisi bo‘lgan. Yarim finalda esa jarohat tufayli 30-daqiqada almashtirilgan. Shunga qaramay Braziliyaga (3:0) qarshi final uchrashuvida 60 daqiqaga yaqin maydonda harakat qilgandi.

    Roberto Karlos

    Himoyachi Roberto Karlos klublar o‘rtasidagi eng qimmatli Kubokni “Real Madrid” safida 2001/02-yilgi mavsumda qo‘lga kiritgan. Bir yarim oy o‘tib esa Braziliya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan.

    Foto: Getty Images

    Roberto Karlos u paytda 30 yoshda edi va faoliyatidagi eng yaxshi vaqtlarini o‘tkazayotgandi. “Real” Chempionlar Ligasining birinchi bosqichida “Roma”, “Lokomotiv” va “Anderlext” joylashgan guruhdan o‘tgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda “Panatinaikos”, “Sparta” va “Portu”ni dog‘da qoldirdi. Chorak finalda “Bavariya”, yarim finalda esa azaliy raqib “Barselona” mag‘lub etildi. Finalda esa “qaymoqranglilar” “Bayer” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

    2002-yilgi Jahon Chempionatida Braziliya Roberto Karlos bilan Turkiya, Kosta-Rika va Xitoy o‘rin olgan guruhda g‘olib chiqqan, keyin esa pley-offda Belgiya, Angliya va Turkiyani yengdi. Finalda braziliyaliklar Germaniyani mag‘lub etdi – 2:0. Chap qanot himoyasida harakat qiladigan futbolchi to‘liq o‘yin o‘tkazdi.

    2002-yilda Roberto Karlos “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi mumkin edi. Biroq ovoz berishda vatandoshi Ronaldodan biroz ortda qoldi va ikkinchi o‘rinni egalladi.

    Rafael Varan

    Himoyachi 2018-yilda Rossiyadagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Undan avvalroq “Real” bilan Chempionlar Ligasini yutgandi. “Qaymoqranglilar” “Tottenhem”, “Inter” va “APOEL” bilan bir guruhdan o‘rin oldi va ikkinchi o‘rinni egalladi. “Qirollik klubi” 1/8 finalda “PSJ”ni, chorak finalda “Yuventus”ni, yarim finalda “Bavariya”ni musobaqadan chiqarib yubordi. Finalda esa “Liverpul” 3:1 hisobida taslim etildi.

    Foto: Getty Images

    Varan Rossiyada bo‘lib o‘tgan mundialda Fransiya terma jamoasining barcha o‘yinlarida ishtirok etdi — birinchi daqiqadan oxirgi daqiqagacha. Chorak finaldan o‘rin olgan Urugvayga qarshi o‘yinda g‘alaba to‘pini kiritdi. Fransuzlar Daniya, Peru va Avstraliya o‘rin olgan guruhdan chiqdi. Pley-offda gollarga boy o‘yinda Argentina 4:3 hisobida mag‘lub etildi. Chorak finalda Urugvay, yarim finalda esa Belgiya bilan dog‘da qoldirildi. “Lujniki”da bo‘lib o‘tgan finalda Didye Desham shogirdlari xorvatlarni 4:2 hisobida mag‘lub etib, chempionga aylandi.

    “Manchester Siti” futbolchisi Xulian Alvares yoki “Inter” forvardi Lautaro Martines oltin dublga erishgan tarixdagi o‘ninchi futbolchiga aylanishi mumkin.

    Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” va “Inter” o‘rtasidagi YCHL finali 10-iyundan 11-iyunga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi. 

    10.06.2023, 17:40   Izoh (0)   14150
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “PSJ” Lionel Messiga o‘rinbosar sifatida “Manchester Siti” yetakchisini olib kelmoqchi 

    10.06.2023, 16:55

    “Tarix yozish imkoniyatimiz bor”. YCHL finali oldidan Gvardiola va Inzagining fikrlari

    10.06.2023, 12:49

    Nodirbek Abdusattorov Norway Chess—2023 so‘nggi turida norvegiyalik Magnus Karlsenni mag‘lub etdi

    10.06.2023, 11:18

    Ronaldodan o‘zib ketgan futbolchi. Polshada tug‘ilib, Germaniya futboli afsonasiga aylangan Miroslav Kloze haqida

    10.06.2023, 00:54

    “PSJ” Ilkay Gundo‘g‘anni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

    09.06.2023, 16:06

    “Barselona” Xavining yangi shartnoma borasidagi talablarini qondirishga tayyor emas 

    09.06.2023, 13:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiyada hayvonot bog‘ida chaqmoq urishi oqibatida 13 kishi jarohat oldi

    Dunyo | 14 may, 23:55

    “Rossiya-Ukraina mojarosining yakuni butun Yevropa taqdirini hal qiladi” — Fridrix Merts

    Dunyo | 14 may, 23:40

    Robert De Niro “Oltin palma yaprog‘i”ni qo‘lga kiritdi va Donald Trampni tanqid qildi

    Kino | 14 may, 23:25

    Turkiya hukumati Tramp tashrifini 15-mayda emas, balki yaqin kunlarda kutmoqda — OAV

    Dunyo | 14 may, 23:16

    “Daryo” dayjesti: 14-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 14 may, 22:50

    Vaqt sinovidan o‘tgan: bosh rollarni qayta-qayta ishonib topshiriladigan 5 ta kino juftlik

    Layfstayl | 14 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.