Anʼanaviy taomlar bo‘yicha xalqaro onlayn qo‘llanma TasteAtlas dunyoning eng yaxshi 50 ta nonushtasi reytingini tuzib, turk nonushtasini 5 balldan 4,8 ball bilan birinchi o‘ringa qo‘ydi.

Pishloq va zaytunlardan tortib tuxum, pishiriqlar hamda murabbolargacha bo‘lgan xilma-xilligi bilan mashhur turk nonushtasi o‘zining rang-barangligi, shirin va sho‘r ta’mlarning uyg‘unligi hamda madaniy marosimi tufayli butun dunyoda tan olingan. Turk nonushtasi yengil hazm bo‘luvchi taomlarni o‘z ichiga oladi va albatta shisha stakanlarda issiq qora choyni ham. Bu esa uni nafaqat taomlanish, balki ijtimoiy marosimga aylantiradi.
Ro‘yxatga oltita turk taomi kiritilgan. Nonushta maʼnosini anglatuvchi “kahvaltı”dan so‘ng, to‘qqizinchi o‘rinni “katmer”, 12-o‘rinni yasmiq sho‘rva, 24-o‘rinni “bo‘rek”, 28-o‘rinni asal va ko‘pirtirilgan qaymoq, 46-o‘rinni esa “go‘zleme” egalladi.

Boshqa yetakchi xalqaro nomzodlar orasida Serbiyaning “komplet lepinja”si, Liviyaning “stunz”i, Eronning “kaleh pacheh”i va Fransiya kruassanlari bor. Ularning barchasi 4,6 yoki 4,5 ball olgan.
TasteAtlas foydalanuvchilarning baholari va mutaxassislarning fikrlari asosida jahon oshxonalarini ro‘yxatga olishi bilan tanilgan.
Izoh (0)