• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Aziz”, “Quzg‘un”, “Sharaf so‘zi” va boshqa mashhur turk seriallari nima sababdan muddatidan oldin yakunlandi?

    Turkiyaning ko‘plab loyihalari past reyting va boshqa turli xil sabablar tufayli muddatidan avval tugatildi. Ba’zi loyihalarda asosiy rollarni o‘ynagan aktyorlar loyihani tark etadi, bu esa ijodkorlarni loyihani yopishga majbur qiladi yoki reytingi pasayib ketadi. Ayrim loyihalarning yopilishi tomoshabinlarning hayratiga sabab bo‘ldi, muxlislar loyihaning mantiqiy yakunidan mamnun bo‘lgani uchun finalini yaxshi qabul qildi. “Yandeks Dzen” nashri mashhur turk loyihalari haqida ma’lumot berdi.

    “Kurt Seyit va Shura” seriali — 2014-yil

    Kurt Seyit obrazini Kivanch Tatlitug‘, Aleksandra qahramonini Farah Zeynep Abdulla ijro etgan “Kurt Seyit va Aleksandra” seriali muddatidan avval yakunlandi. Yaxshi aktyorlar tarkibiga, syujet asosini tashkil etgan kitobning mashhurligiga, qiziqarli real voqealarga qaramay, loyiha ekranlarda uzoq davom etmadi. Turkiyada ushbu loyiha reytingi pastlagan.

    Farah loyihani tark etgach, Fahriye Evjen ijrosidagi Kurt va uning turmush o‘rtog‘ining hikoyasi oldinga chiqdi. 21 qismdan iborat serial uzoqroq davom etishi kerak edi, biroq u muddatidan oldin yakunlandi. Loyihaning bu tarzda yakunlanishi turk tomoshabinlarining katta hayajoniga sabab bo‘lmadi. Yana bir sabab, Kivanch va Fahriyening xarakter jihatidan bir-biriga mos kelmasligi edi. Suratga olish ishlari tugagach, Kivanch hech qachon Fahriye bilan bitta loyihada o‘ynamasligi aytdi.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    “Agentimga qo‘ng‘iroq qiling” — 2020—2021-yil

    “Agentimga qo‘ng‘iroq qiling” loyihasini eng yaxshi moslashtirilgan seriallardan biri deb hisoblash mumkin, uning syujeti “10 foiz” nomli fransuz loyihasiga asoslangan. Serial kasting agentligi ishini davom ettiradi.

    Agentlar taniqli aktyorlarning talablari, moliyaviy va huquqiy qiyinchiliklar, boshqa murakkabliklar, shuningdek, agentlarning shaxsiy hayotiga professional faoliyat qanday ta’sir qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan film yaratish inqirozlarini yengish uchun kurashadi.

    Loyihaning sodiq tomoshabinlari borligiga qaramay, yopildi va ko‘pchilik serialning davomini tomosha qilish niyatida ekanini bildirdi.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    “So‘nggi yoz” — 2021-yil

    Juda muvaffaqiyatli loyiga bo‘lgan “So‘nggi yoz” seriali kutilmaganda 2-mavsum boshlangandan so‘ng darhol yakunlandi va bundan tomoshabinlarning hafsalasi pir bo‘ldi. Birinchi mavsumda tomoshabinlar prokuror Selim va uning rafiqasi Jananning yoqimli uyg‘unligini, prokurorning o‘z palatasida joylashgan Akgyunga otalarcha ta’sirchan munosabatini kuzatishi mumkin edi.

    Loyiha 2-mavsum boshida yakunlandi, uning bir nechta epizodlari ko‘rsatildi, garchi hikoya qiziqarli bo‘lsa-da, ko‘plab qiziqarli hikoyalar va aktyorlar tarkibi kengaytirildi. Muxlislar soni ko‘p bo‘lgan serial nima sababdan to‘satdan tugagani umuman tushunarsiz bo‘ldi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    “Ramo” — 2020—2021-yil

    Mafiya haqidagi so‘nggi seriallardan biri “Ramo” loyihasining suratga olish jarayonlari Adanada bo‘lib o‘tgan. Serialning qahramoni tuman rahbari bo‘lishga qaror qiladi, buning uchun u mahalliy mafiyani boshqaradigan asosiy raqib — Jengiz bilan kurashadi. Guruhga rahbarlik qilib, mintaqa aholisi, qarindoshlari va do‘stlarini Istanbul mafiyasi ta’siridan himoya qilishga harakat qiladi. Ramo (Murat Yildirim ijro etgan qahramon) va Chingizning qizi Sibel (Esra Bilgich ijrosida)ning sevgisi tomoshabinlar e’tiboriga tushgan edi. Shuningdek, Fatosh (Jemre Baysal gavdalantirgan qahramon) va Nejo (Ilxon Shen) turmush qurishga majbur bo‘ladi. Ularning ittifoqlari urushayotgan oilalar o‘rtasidagi sulhning kalitiga aylanadi, ammo keyinchalik ularning munosabati jiddiylashib ketadi.

    40 qism davom etgan serial aslida bir mavsumdan ortiq davom etadigan bu turdagi loyihalarga o‘rganib qolgan turk tomoshabinlarining didiga tushgan bo‘lsa-da, muxlislarning kutilmagan yakundan hafsalasi pir bo‘ldi. Katta ehtimol bilan serial noto‘g‘ri vaqtda chiqqan. Bu vaqt Turkiyada kovid tufayli uzoq vaqt karantin bo‘lgan edi, shou qayta boshlanganidan keyin ko‘plab loyihalar yopildi, chunki aktyorlar to‘xtatilgan loyihalarda ishtirok etishdan bosh tortganligi sababli ijodiy tarkibi sezilarli darajada kamaydi.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    “Hamma narsa nikoh haqida” — 2021—2022-yil

    “Inglizcha ajralish” serialiga moslashtirilgan “Hamma narsa nikoh haqida” muvaffaqiyatli loyihalardan biriga aylandi.  Aktyorlar tarkibi ajoyib, hikoya qiziqarli, unda nikohdagi muammolar va keyingi ajralish jarayonlari haqida hikoya qilinadi. Bosh qahramonlar, ya’ni bir ayol va ikki qizi ishlagan advokatlik idorasi har doim turli sabablarga ko‘ra ajrashishga majbur bo‘lgan ayollar manfaatlarini himoya qiladi. Kutilmagan voqealarga boy qahramonlarning shaxsiy hayotini kuzatish qiziq emas edi.

    Serialning reytingi butun mavsum davomida o‘rtacha bo‘lib, Turkiyada kichik doimiy auditoriyani to‘pladi. Efirda uzoq vaqt qolish uchun reytinglar yetarli emas edi, bunga sabab esa chet eldagi savdolar edi. Qahramonlarning hayoti haqiqatan ham boy va har bir insonning hayotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan haqiqiy voqealar bo‘lgan. Bu yerda sevgi va yo‘qotish bilan xayrlashishning achchiqligi, kulgili vaziyatlar va biznesni tekshirish, olib borish bilan bog‘liq qiziqarli voqealar sodir bo‘ladi.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    “To‘qnashuv” — 2018—2019-yil

    “To‘qnashuv” seriali aktyorlar tarkibini hisobga olgan holda, ambitsiyali loyiha sifatida taqdim etildi: unda Kivanch Tatlitug‘, Elchin Sangu, Alperen Duymaz, Melisa Asli Pamuk ishtirok etgan. Loyiha uzoq davom etmadi, uning 24 qismi namoyish etilganidan so‘ng yopildi va yakuniy voqealardan tomoshabinlarning hafsalasi pir bo‘ldi. Loyihada bosh qahramon o‘ladi va bunday yakun har doim salbiy izohlarga sabab bo‘ladi, chunki muxlislar yomonlik ustidan g‘alaba qozonadigan baxtli yakundan umid qiladi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    “Benuqson ijarachi” — 2022-yil

    “Benuqson ijarachi” seriali nostandart syujeti bilan turk tomoshabinlarining e’tiborga tushdi. Loyiha ekranlarda uzoq qolmadi va reytingining pastligi sabab 6 epizoddan so‘ng yakunlandi. Kuchli aktyorlar tarkibiga qaramay, FOX telekanalining xarizmatik serial juftligi loyihani yakunladi.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    “Farishtalar ertagi” — 2022-yil

    “Farishtalar ertagi” ham ajoyib aktyorlar tarkibidan iborat. Loyiha Zolushkaning boy va muvaffaqiyatli qizga aylanishi haqida hikoya qiladi, u intriga yordamida bo‘lsa ham, nufuzli va taniqli oilaning ikki o‘g‘lining sevgisini qozonib, yuqori lavozimni egallaydi. Serial qahramonlarining taqdirini tomosha qilish ham kulgili, ham hayajonga sabab bo‘ladi va ular ko‘p muammolarga duch kelganidan afsuslanadi. Shunga qaramay kanal loyihani tugatdi, bunga esa reytinglar sabab bo‘ldi.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    “Quzg‘un” — 2019-yil

    “Quzg‘un” serialining yakunlanish sababi “So‘nggi yoz” loyihasiga o‘xshab ketadi. Muvaffaqiyatli birinchi mavsumdan so‘ng, aql bovar qilmaydigan narsa sodir bo‘ldi. Ikkinchi faslning 4 qismiga borib loyiha yakunlandi. Serial hammasi bo‘lib 21 qismdan iborat. Serial juftligi Kuzgun va Dila, loyiha syujetini oldindan aytib bo‘lmaydi. Biroq bolaligida qo‘shnisini sevib qolgan jajji bolakay bir orzu bilan qaytadi – otasining o‘limiga, sindirilgan hayotiga sababchi bo‘lgan insonlardan o‘ch olmoqchi bo‘ladi. Ssenariy mualliflari oxirgi epizodda Kuzgun  qarindoshlarining taqdiri qanday bo‘lganini eslatib, barcha hikoyalarni yakunlaydi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    “Sharaf so‘zi” — 2020-yil

    “Sharaf so‘zi” loyihasining 4 qismi namoyish etilgandan keyin tugatildi. Serialning oxiri kutilmagan va asossiz edi. Loyihaning boshlanishi ta’sirli bo‘ldi, boy oilaning merosxo‘ri Jihan Adabeylining Liviyadagi mafiya guruhi o‘g‘lining kelini Isro bilan kutilmagan to‘yi tomoshabinlarni hayratda qoldiradi. Jihan qizning otasiga Isro qiyin ahvolga tushib qolsa, unga yordam berishini aytadi. Qizni Liviyadan faqat Turkiya elchixonasida bo‘lib o‘tgan nikohga kirish orqali olib chiqish mumkin edi va uning xodimlari bunga guvoh bo‘ladi.

    Jihan qizni qutqarish uchun Isro bilan nikohdan o‘tadi va uni psixopatik kuyovdan qutqarib, u bilan birga o‘z oroliga joylashadi.

    Biroq Adabeylilar oilasining o‘zida ham o‘ziga xos psixopatlari (Jihanning onasi, kelin Yasemin) bor, ular hamma narsaga, hatto qotillikka ham tayyor, shuning uchun Isro ularning hayotidan abadiy yo‘qoladi.

    Loyihada yaxshi operator ishini, ajoyib dengiz manzaralari, Turkiyaning go‘zal joylari, ichki tafsilotlar, kundalik hayot xususiyatlari, serialning birinchi qismidan sezilgan bosh qahramonlar o‘rtasidagi haqiqiy to‘qnashuvni ko‘rish mumkin. Biroq loyiha e’lon va bayonotlarsiz yakunlandi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    “Aziz” — 2022-yil

    “Aziz” tarixiy serialidan katta natija kutilgandi, biroq loyiha namoyish etilganidan keyin uning reytingi asta-sekinlik bilan pastlab bordi. Biroq raqamlarning pasayishiga qaramay, loyiha keyingi mavsumda yangilanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Tarixiy kinoepopeyani yaratuvchilar, aktyorlar jamoasi 2-mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Murat Yildirim AQSHda, rafiqasi klinikada bo‘lganligi uchun suratga olishni boshlay olmaydi, shuning uchun loyiha kechiktirildi. Keyinroq Murat loyihada rol o‘ynashdan bosh tortdi, bu esa asosiy mavsumning o‘rtasida o‘z taqdiridan chiqib ketgan sobiq hamkorlar tomonidan ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘ldi. Loyihaning birinchi fasli 28 qismdan iborat edi.

    Inson xotirasi shunday xususiyatga ega — u tugallanmagan harakat va hodisalarni uzoq vaqt davomida saqlaydi. Nega inson uzoq vaqt davomida baxtsiz sevgini unuta olmaydi? Chunki u tugallanmagan, uzilib qolgan, davomi yo‘q edi. Siz o‘nlab insholarni a’lo baholar bilan yozishingiz mumkin, biroq past ball olganingiz esda qoladi, chunki siz uni tugatmagansiz. Siz minglab jumboqlarni hal qilasiz, lekin uzoq vaqt davomida bitta hal qilinmagan jumboqni unutolmaysiz.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Turk seriallarini ham xuddi shu holat bilan solishtirib ko‘rish mumkin. Agar tomoshabin ko‘pincha serialning kutilmagan yakuniga duch kelishi kerak bo‘lsa, uning xotirasida yangi mahsulotlarga nisbatan noxolis munosabat qoladi. Tomoshabin yangi loyihalarga ehtiyotkorlik bilan yondashadi, chunki ular yakunini yoki hech bo‘lmaganda mantiqiy yakunlangan yakunni ko‘ra olishiga ishonchi qolmaydi. Vaqtni behuda sarflash achinarli bo‘ladi.

    18.04.2023, 15:33   Izoh (0)   7132
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Filmdagi personajlari sabab raqamli texnologiyalar yordamida yoshartirilgan aktyorlar (foto)

    17.04.2023, 21:49

    Warner Bros “Garri Potter” asari bo‘yicha serial suratga olmoqda (video)

    14.04.2023, 13:32

    Zuhra Ashurova egizagi bo‘lmasa ham nima sababdan unga bunday ism qo‘yilgani haqida so‘zlab berdi (video) 

    12.04.2023, 14:39

    “Shrek”dagi eshak oddiy qahramon emas: mashhur multfilmlardagi chuqur ma’noga ega personaj va detallar 

    11.04.2023, 15:41

    “Dengiz qo‘shig‘i”, “Kichkina shahzoda” hamda qiziqarli syujeti bilan kattalarni ham o‘yga toldiradigan boshqa multfilmlar

    11.04.2023, 13:35

    Faqat “Garri Potter” emas: sehr va afsungarlik haqidagi ajoyib filmlar

    11.04.2023, 09:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil uzoq tanaffusdan so‘ng Bayrut hududiga zarba berdi

    Dunyo | 6 iyun, 16:00

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari va murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risidagi prezident farmoni e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 15:25

    Muhabbat va nafrat orasi bir qadam. “Yolg‘onchi” Tramp va “telba” Mask o‘rtasidagi mojaro ijtimoiy tarmoqlarni portlatdi

    Dunyo | 6 iyun, 14:00

    Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

    Sport | 6 iyun, 13:54

    Osiyodan yana bir terma jamoa ilk marta mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi

    Sport | 6 iyun, 12:36

    Endilikda ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil bo‘yi kompensatsiya beriladi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 12:35

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dehli shahrida “Markaziy Osiyo - Hindiston” ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.