Turk seriallarining ko‘plab muxlislari sevimli filmlarini tomosha qilishga vaqt topolmasliklaridan tez-tez shikoyat qilishadi. Bunday holatlarda qisqa turdizi loyihalari yordamga keladi. Ularning ba’zilarini bir kechada bemalol ko‘rib chiqish mumkin.
“Sevgi 101” (2020)
Eda, Usmon, Sinan va Kerem — maktab qoidalariga butunlay zid xulq-atvorga ega muammoli o‘quvchilar. Direktor va aksariyat o‘quvchilar ularga qarshi, faqatgina ustoz Burju bu bolalarni qo‘llab-quvvatlab, ularga yordam berishga harakat qiladi. Kutilmaganda muammoli o‘quvchilar sevimli o‘qituvchisi boshqa ishga o‘tkazilishini bilib qolishadi. Eda va uning do‘stlari uchun bu faqat bir narsani anglatadi — Burju ketgandan so‘ng, ularni maktabdan chetlatishadi. Biroq o‘smirlar, agar o‘qituvchisi oila qursa, qayerda ishlashni davom ettirishni o‘zi tanlashi mumkinligini bilib olishadi. Shunda ular Burjuni jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bilan uchrashtirishga qaror qilishadi. Muammo shundaki, Burjuning allaqachon sevgilisi bor, bolalar esa o‘z rejalarini amalga oshirish uchun a’lochi Ishikning yordamiga muhtoj bo‘lishadi.
“Dunyo va men”
Tolga va Ilkin anchadan beri munosabatda bo‘lib, ideal juftlikdek ko‘rinadi. Ular yosh, go‘zal, badavlat va nima istashlarini aniq bilishadi. Biroq ularning munosabatlarida anchadan beri iliqlik yo‘qolgan. Tolga hozirgi loyihasi haqida o‘ylaverganidan sevgilisiga e’tibor bermay qo‘ygan. Ilkin munosabatlaridagi olovni qayta yoqish uchun qo‘lidan kelgancha harakat qiladi, ammo natija bo‘lmaydi. Shunda qiz ijtimoiy tarmoqlarda soxta profil yaratib, begona nom bilan Tolga bilan yozisha boshlaydi. Virtual muloqot shunchalik chuqurlashadiki, endi Ilkin Tolga oldida o‘sha ayol rolini o‘ynay oladigan qizni topishi kerak.
“Dilemma” (2024)
Neslihan Turxan mashhur teleboshlovchi bo‘lib, o‘z dasturida eng xavfli jinoyatlarni fosh etadi. U har bir jinoyatchi jazosini olishi kerakligiga qattiq ishonadi. Oxirgi efirda u hatto o‘z o‘g‘li aybdor bo‘lganda ham uni ayamasligini aytadi. Neslihan bu so‘zlari bashoratga aylanishini xayoliga ham keltirmagan edi. Ko‘p o‘tmay, uning yagona o‘g‘li Jan bir qizning o‘limida asosiy gumondorga aylanadi. Endi butun mamlakat teleboshlovchini diqqat bilan kuzatib, bu vaziyatdan qanday chiqishini taxmin qilishga urinmoqda: o‘z tamoyillariga sodiq qolib, jinoyatchini qamoqqa tiqish uchun barcha choralarni ko‘radimi yoki onalik tuyg‘usiga bo‘ysunib, o‘g‘lini har qanday yo‘l bilan himoya qiladimi.
“Ertangi kun kelmaydigandek” (2024)
Hakan siyosiy tadqiqotlarga ixtisoslashgan mashhur va muvaffaqiyatli jurnalist. Kutilmaganda, tahririyat uni tez-tez shov-shuvlarga sabab bo‘ladigan yosh, muvaffaqiyatli aktrisа Manola bilan suhbat o‘tkazish uchun yuboradi. Hakanga bu yangi topshiriq mutlaqo yoqmaydi, biroq undan bosh tortishning iloji yo‘q. Manola o‘zi bilan suhbatlashadigan jurnalist haqida eshitgan. Hikoyaning har ikkala qahramoni ham bir-biriga shubha bilan qaraydi. Ammo Hakanning ovozidagi kibrni sezgan aktrisa u bilan xavfli o‘yin o‘ynashga ahd qiladi.
“So‘roq” (2024)
Metin Yaziji — Jihan Novog‘lu bilan hamkorlikda ishlaydigan tajribali tergovchi. Kutilmaganda ayolning otasi vafot etadi va uning qizlari, shu jumladan Jivanning o‘zi ham gumon ostiga olinadi. Bolalikda u va singillari uydagi dahshatli zo‘ravonlikka bardosh berishga majbur bo‘lganlari sababli otalarining o‘limi ular uchun ayriliq emasdi. Metin bu ishni tekshirishga kirishadi va marhumning merosxo‘rlaridan biri aybdor ekanligiga ishonch hosil qiladi.
“Bozor”
Kenan Akın — juda shuhratparast va muvaffaqiyatli aktyor bo‘lib, u o‘zining yolg‘izligi va qo‘rquvlarini ichkilik bilan yengishga odatlangan. Uning onasi — mashhur ruhshunos nafaqat o‘g‘liga yordam bera olmaydi, balki uning muammolarini yanada og‘irlashtiradi. Bir kuni suratga olish maydonida Kenan filmdagi hamkasbi deb o‘ylab, hijobli qizni o‘pib qo‘yadi. Biroq u qattiq adashgandi. Munevver - tasodifan bu yerga kelib qolgan edi. Uni deyarli majburan turmushga berishgan va dahshatli nikohdan qutulish uchun u marhumа onasining dugonasidan yordam so‘rashga kelgandi. Tasodifiy uchrashuv katta janjalga aylanib, bu voqeadagi barcha qahramonlar uchun butunlay yangi hayotning boshlanishiga sabab bo‘ladi.
“O‘qituvchi” (2020)
Akif maktabda o‘qituvchilik qiladi. Hamkasblari uni hurmat qilishsa-da, o‘quvchilari uni juda bo‘shang odam deb hisoblashadi. Hech kim sodda o‘qituvchi butun bir sinfni garovga olishga qodir ekanligini tasavvur ham qila olmasdi. Biroq Akif bunday keskin qarorga bejiz kelmaydi. Maktabdagi eng a’lochi o‘quvchilardan birining o‘z joniga qasd qilgani unga tinchlik bermasdi. Bu qiz nohaq ravishda doping qabul qilganlikda ayblanib, o‘zini o‘ldirgandi. O‘qituvchi kimlardir qizni shafqatsizlarcha masxaralab, hayotdan voz kechishga majbur qilgan, deb hisoblaydi. O‘quvchilarni garovga olib, u sodir bo‘lgan voqea qanday bo‘lganini bilishga qaror qildi.
Izoh (0)