Namanganda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi va Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan tashkillangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirni “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev kuzatib bordi.
Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan ushbu anjumanda huquq-tartibot idoralari vakillari, tadqiqotchilar, tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va ularning savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirok etdi.

Foto: Oqilxon Mamajonov
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy tadqiqotlar bo‘limi bosh mutaxassisi Burhon Dehqonovning taʼkidlashicha, universitet olimlari tomonidan olib borilayotgan tahlillar mamlakatda kontrafakt va sertifikatlanmagan tovarlarga qarshi kurash borasidagi izchil saʼy-harakatlar tufayli tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi yildan-yilga kamayib borayotganini ko‘rsatmoqda.
.jpg?_t=1750303372)
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy tadqiqotlar bo‘limi bosh mutaxassisi Burhon Dehqonov
Foto: Oqilxon Mamajonov
Jumladan, 2024-yilda ushbu ko‘rsatkich 19 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 9 foizga tushdi. Biroq mazkur noqonuniy aylanmaning byudjet tushumlariga salbiy taʼsiri yuqoriligicha qolmoqda. Xususan, joriy yil 5 oyi yakuni bo‘yicha byudjetning bu yo‘nalishdagi to‘lanmagan soliqlar bo‘yicha yo‘qotishlari 195 milliard so‘m atrofida taxmin qilinmoqda. Bu summaning 80 milliard so‘mi Farg‘ona vodiysi viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
.jpg?_t=1750303372)
Foto: Oqilxon Mamajonov
Muhokamalarda ishtirok etgan “Turon” istiqbolli loyihalarni rivojlantirish markazi bosh mutaxassisi Ahmadbek Fayziyevning bildirishicha, O‘zbekistonda 2021-yildan boshlab raqamli markirovka tizimi joriy etilgan bo‘lib, tizim 6 ta mahsulot, xususan, tamaki mahsulotlarini ham qamrab olgan.
.jpg?_t=1750303372)
“Turon” istiqbolli loyihalarni rivojlantirish markazi bosh mutaxassisi Ahmadbek Fayziyev
Foto: Oqilxon Mamajonov
Ushbu tizim soliq idoralari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki import qilishdan boshlab, yakunda isteʼmolchiga yetib borishini ham inobatga oladi. Tizim yordamida “Asl belgisi” va soliq mobil ilovalari yaratilgan bo‘lib, ular orqali aholi mahsulotning haqqoniyligini bevosita tekshirish imkoniga ega.
.jpg?_t=1750303372)
Foto: Oqilxon Mamajonov
Namangandagi tadbir davomida viloyatda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan tadbirlar ham tahlil etildi.

Foto: Oqilxon Mamajonov
Jumladan, Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida ushbu yo‘nalishda 58 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, shundan 9 tasi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, 49 tasi maʼmuriy tartibda hal etilgan. Qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 1,7 milliard so‘mlik tamaki mahsulotlari noqonuniy muomaladan olingan. Fosh etilgan jinoyatlarning 6 tasi kontrabanda, qolganlari noqonuniy sotish faoliyati bilan bog‘liq.
.jpg?_t=1750303372)
Foto: Oqilxon Mamajonov
Xususan, Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi, bojxona va YHXB xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobil kuzatuvga olinib, Namangan shahri, Soli Adashev ko‘chasidagi joylashgan yashash xonadonida tamaki mahsulotlarini tushirayotgan vaqtida qo‘lga olinib, tegishli hujjatlar va aksiz markasiz jami 20 ming quti, qiymati 219 million so‘mlik tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Foto: Oqilxon Mamajonov
“Toshkent—vodiy” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan avtomashinada haydovchi, Farg‘ona viloyatida yashovchi fuqaro xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari va aksiz markasi bo‘lmagan 4980 quti, qiymati 149,4 million so‘mlik tamaki mahsulotlarini Toshkentdagi Chorsu bozoriga sotish maqsadida olib ketayotganda ushlangan va tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
.jpg?_t=1750304071)
Foto: Oqilxon Mamajonov
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
.jpg?_t=1750303372)
Foto: Oqilxon Mamajonov
Namangan viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan 2025-yilning o‘tgan davrida boshqa huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda 25 ta holatda qariyb 1,3 milliard so‘mlik 137 547 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Foto: Oqilxon Mamajonov
Mazkur holatlar bo‘yicha aybdor shaxslarning tegishli javobgarlikka tortilishini taʼminlash maqsadida boshqarma tomonidan o‘tgan 5 oy davomida 5 ta jinoyat va 20 ta maʼmuriy ish qo‘zg‘atilib, ish hujjatlari yuzasidan tegishli protsessual harakatlarning amalga oshirilishi taʼminlanmoqda.

Foto: Oqilxon Mamajonov
Boshqarma tahlillariga ko‘ra, viloyat hududiga tamaki mahsulotlari qo‘shni davlatlar orqali noqonuniy ravishda olib kirilmoqda va asosan Namangan shahrida joylashgan “yama”larga yetkazib berilmoqda.
.jpg?_t=1750303372)
Foto: Oqilxon Mamajonov
Namangan viloyati soliq idoralarida 2025-yilning shu kuniga qadar “Soliq hamkor” mobil ilovasi orqali fuqarolar murojaatlariga asosan 966 ta tadbirkorlik subyektlarida sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, 318,8 million so‘mlik tamaki mahsulotlari daliliy ashyo sifatida olingan va 172,5 million so‘mlik moliyaviy jarimalar qo‘llangan.
.jpg?_t=1750303372)
Foto: Oqilxon Mamajonov
Shu bilan birga, soliq idoralari tomonidan olib borilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari natijasida tamaki mahsulotlari chakana savdosi faoliyatini olib borish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlar soni ortib bormoqda. Jumladan, 2024-yilda ularning soni 81 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilda 63 taga oshib, 144 taga yetgan.
.jpg?_t=1750303372)
Foto: Oqilxon Mamajonov
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Namangandagi anjuman davomida O‘zbekistonda noqonuniy tamaki mahsulotlari aylanmasi qarshi kurash choralari o‘zining ijobiy samarasini berayotgani qayd etildi. Biroq kelgusida bunday saʼy-harakatlarni yanada kuchaytirish va erishilayotgan natijalar salmog‘ini oshirish talab etiladi.
.jpg?_t=1750303372)
Foto: Oqilxon Mamajonov
Izoh (0)